644
2. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy
ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul
birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi
qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi;
pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy
tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi
davlat idoralari.
3. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul
muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd
pulsiz
hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda
pul agregati deb yuritiladi.
4. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan
pul miqdori muayyan davr
davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi, pul birligining
aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
5. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, u
pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog‘oz pul birliklarining
qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o‘sishida
ifodalanadi.
6. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi
farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to‘liq
foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi
natijasida kelib chiqadi. Taklif inflyatsiyasi ishlab
chiqarilayotgan mahsulot
birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishi
natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o‘sish sur’atiga ko‘ra inflyatsiyaning
o‘rmalab
boruvchi, jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab
kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi.
7.
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va
ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish
645
va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari
bilan qaytarish
shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizatsiya
ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab
chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari;
korxonalar foydasi;
bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa
ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablag‘laridan
iborat.
8. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini
tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Ular kredit
munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o‘z ichiga olib, kredit
muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib,
o‘z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq
otgan shaxobchalarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: