Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2-BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida, barcha mamlakatlarda 
inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish 
tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘lmasa, 
ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste’mol qiladigan ne’matlarning o‘zi 
bo‘lmaydi. Har qanday jamiyatda insoniyat iste’molsiz yashay olmaganidek, ishlab 
chiqarmasdan ham turolmaydi. Bu masala hozirgi kunda jahon mamlakatlarining 
katta muammosiga aylangan. Chunki, dunyoda ro‘y berayotgan jahon iqtisodiy 
inqirozlari, aholi sonining oshib borishi va boshqa sabablarga ko‘ra, aholi jon 
boshiga to‘g‘ri keladigan maxsulotlar miqdorining o‘sish sur’atlari susayishi, bu 
ko‘rsatkichning ayrim mamlakatlarda sezilarli darajada pastligi kuzatilmoqda. 
Dunyo mamlakatlari reytingida bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston ham 187 ta 
mamlakatlar ichida 134-o‘rinda turishi ham yaxshi ko‘rsatkich emas. Agar aholi 
sonining oshib borishi va har bir kishining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabi 
oshib borishini hisobga olsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish 
o‘ta jiddiy va dolzarb hayotiy masala ekanligi hammaga ayon bo‘ladi. Shuning 
uchun ham mamlakatimiz prezidenti va xukumati mustaqillikka erishgan kundan 
boshlab to hozirgi kungacha ishlab chiqarish jarayonini
1
aholi turmush darajasi va 
sifatini oshirishning asosiy manbai va yo‘li deb qarab uni rivojlantirishga alohida 
e’tibor berib kelmoqda.
Aholining o‘sib boruvchi talablarini mavjud imkoniyat va resurslarimizni real 
hisobga olgan holda 2030 yilgacha YaIM hajmini 2 baravardan ko‘proq oshirish 
vazifasi qo‘yilgani va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiyalar 
hajmining asosiy qismini ishlab chiqarishni, unda qo‘llaniladigan yangi texnika va 
texnologiyalarni rivojlantirishga sarflanayotgani bu sohaga qaratilgan katta 
e’tiborning dalilidir. Buning ustiga O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “ishlab chiqarishni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-
1
Ishlab chiqarish jarayoni dеganda moddiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatishni birgalikda qaraladi. 


45 
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan 
faol investitsiya siyosatini olib borish”
1
vazifasi qo‘yilgani muammoning 
jiddiyligidan dalolat beradi. 
Biroq, bugungi kunda Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yozilgan ayrim ilmiy 
ishlar, risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishlab chiqarish jarayonining 
mazmun-mohiyatini yoritish tamomila e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir 
tomondan, ko‘pgina o‘quvchi yoshlarning, jumladan, talabalarning mahsulotlar 
(tovarlar va xizmatlar) qayerda, kimning mehnati bilan, kim tomonidan, qanday 
ishlab chiqarilishini, uni qanday rivojlantirishni, shu sohalarda kishilarning ter 
to‘kib qilayotgan mehnatlarining ahamiyatini tushunmaslikka olib keladi, ikkinchi 
tomondan, iqtisodiyotga qiziquvchi va u bilan shug‘ullanuvchi barcha kishilarning 
butun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab 
chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘ladi, uchinchidan esa
butun jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini 
tushunmaslikka olib keladi. Xolbuki inqiroz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
o‘zining turlari, sifati, hajmi bo‘yicha talabga javob bermasligi ya’ni muomaladagi 
pul agregati ya’ni pul miqdori bilan tovarlar va xizmatlar hajmi, turlari va sifati 
o‘rtasidagi nisbatning buzilishi sababli kelib chiqadi. Ishlab chiqarishni 
rivojlantirish esa bunday inqirozlarning oldini olish omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari, 
uning infratuzilmasi va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan iqtisodiy 
munosabatlar va muammolar bayoni beriladi. Ishlab chiqarishning omillari va 
infratuzilmasi tavsifi, maqsadi va mazmuni ochib beriladi, uning natijalari va 
samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni ham yoritiladi va «ishlab chiqarish 
imkoniyatlari» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Shuningdek, AQSh, Yevropa va 
Rosiiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan keyingi qo‘shilgan mahsulot nafliligi 
va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining 
pasayib borish qonuni kabi g‘oyalar bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik jihatlari 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “o‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 


46 
ochib beriladi. Bu yerda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har 
taraflama rivojlantirilishi, bu jarayonlarni modernizatsiyalash, tarkibiy jihatdan 
o‘zgartirish, 
diversifikatsiyalash 
hamda 
muvozanatli 
va 
mutanosibli 
rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning 
muhim yo‘li sifatida qaraladi. Undan tashqari, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz 
Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasining mazmuniga, unda belgilangan 
ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish vazifalarini, ularni amalga oshirishning 
natijalarini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish