Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Tuf peschaniklar (qumli tuflar) magma massasining otilib chiqishi
jarayonida ana shu magma yon atrof jinslarining mayda qum donalari
bilan qorishib qotishidan hosil bo‘ladi.
Tuf  konglomeratlar  (silliq  shag‘alli  tuflar)  magma  massasi  bilan
silliqlangan shag‘altosh bo‘laklarining qo‘shilib qotishidan, 
tuf brekchiya-
lar (chaqiq toshli tuflar) esa chaqiq, silliqlanmagan yon-atrof jins bo‘lak-
larining qo‘shilib qotishidan paydo bo‘ladi.
Terrigan-vulqon jinslari, intruziv va sof-vulqon jinslaridan ko‘pincha
g‘ovakligi, hajm og‘irligining kamligi, siqilishga bo‘lgan qarshiligining
(mustahkamligining) yuqori bo‘lmasligi bilan ajralib turadi.
Magmatik tog‘ jinslari qurilish nuqtayi nazaridan mustahkam jinslar
hisoblanib, ularning mustahkamligi ana shu jinslarni tashkil qilib turgan
minerallarning turi hamda miqdoriga bog‘liq.
Agar ularning tarkibida kvars, oraklaz, albit minerallari ko‘p bo‘lsa,
o‘ta mustahkam jinslar hisoblanadi. Bordi-yu ular nordon plagioklaz,
rogovaya obmanka, piroksen, biotit minerallaridan tashkil topgan bo‘lsa,
o‘rta  mustahkam;  olivin,  pirit  minerallaridan  tashkil  topgan  bo‘lsa,
mustahkam bo‘lmagan tog‘ jinslari qatoriga kiradi. Chunki u yoki bu
minerallarning  ko‘p,  oz  bo‘lishi  tog‘  jinslarining  nurash  jarayoniga
berilish qobiliyatini o‘zgartiradi. Ma’lumki, tog‘ jinsi nurash jarayoniga
qanchalik beriladigan va nuragan bo‘lsa, u qurilish nuqtayi nazaridan
shunchalik yomon jins hisoblanadi. Intruziv va effuziv tog‘ jinslari bir-
birlaridan rangi, mineralogik, kimyoviy tarkibi, strukturasi va tekstura-
laridan tashqari fizik, fizik-mexanik xossa va xususiyatlari jihatidan ham
farq qiladi.
Ularning  ana  shu  fizik,  fizik-mexanik  xususiyatlari,  birinchidan,
ularning paydo bo‘lish holati, tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan mineral-
lar, minerallarning joylashish tartibi, kimyoviy xossalariga bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchidan,  tog‘ jinslari  tarqalgan  hududning  iqlimi,  tabiiy  sharoiti,
geologik  va  tektonik  tutgan  o‘rni,  yer  sathida  yotgan  chuqurligiga
bog‘liqdir. Shuning uchun ham u yoki bu intruziv, vulqon-effuziv tog‘
jinslari  nurash  jarayoniga  turlicha  uchrashi,  ya’ni  ularda  tarqalgan
yoriqlarning  katta-kichikligi,  yo‘nalishlarining  har  xilligi  natijasida
dastlabki  fizik,  fizik-mexanik  xossa  va  xususiyatlari  ham  turlichadir.
Eng avvalo, zichligi, g‘ovakligi butunlay yangi qiymatlarga ega bo‘ladi.
Vulqon jinslari tarqalgan hududlarning (Tyan-Shan, Pomir, Kavkaz,
Ural,  Sibir  platformasi,  Boltiq  bo‘yi  hamda  Sayan-Oltoy  bukilma
oblastlarida va b.) geologik tuzilishini tahlil qilish natijasida bu jinslarni
hosil  qilgan  magma  Yer  tarixiy  taraqqiyotining  turli  davrlarida  yer
qobig‘ining darz ketib, yorilgan joylaridan vulqon holatda otilib chiqqan-
ligi aniqlangan. Hozirgi vaqtda 4000 ga yaqin so‘ngan, 624 ta harakatdagi
vulqonlar borligi olimlar tomonidan aniqlangan. Bu vulqonlar Yer sha-


6 0
rining Tinch okean oblasti, O‘rta Yer dengizi mintaqasi, Atlantika minta-
qasi va Sharqiy Afrika meredial mintaqasi bo‘ylab joylashgan. Harkat-
dagi vulqonlar Gavay, Kamchatka, Kuril orollaridaligi ma’lum.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish