Ilgari aytilganidek, muhokama qilinayotgan texnologiyalami tatbiq etish
innovatsion sharoit maktab muammolarini dolzarblashtirishdan boshlanadi. Buning
asosi innovatsion pedagogika bo‘lib, u talabalami innovatsiya asosiy bo‘limlari
bilan tanishtiradi. Bular: neologiya, aksiologiya, varaksiologiya. Bu kursning asosiy
vazifasi faqatgina o‘qituvchi innovatsion faoliyatining sabab, omil, to‘siqlarini
ochib berishgina emas, balki yangilikni qabul qilish uchun
psixologik tayyorgarlikni
yuzaga keltirish, pedagogik innovatsiyalami qabul qilishni ham rivojlantirdi. Ijodiy
faoliyat psixologik qonuniyatlami yechish, izlash, tanlash mexanizmini o'rganish,
treningli ta’lim sharoitida amalga oshiriladi. Dastuming asosi shaxsning o‘zini
ijodiy rivqjlantirish tamoyilidan iborat. Qachonki subyekt o‘z faoliyatida
faqatgina
namoyon bo'lib va ko‘rsatibgina qolmay, balki ijodkorlik qilsa va aniqlasa, uning
faoliyati vo‘nalishiga qarab uning o'zini aniqlash va shakllantirish mumkin
(S .L.Rubinshteyn).
Innovatsion pedagogika asoslari bo'yicha dasturning asosiy bo‘limlari
innovatsiya, yangilik, ta ’limning innovatsion jarayonlari, o ‘qituvchi
innovatsion faoliyati tuzilishi, yangilik kiritish texnologiyasi tushunchalarini
ochib berishga mo'ljallangan.
Ushbu kursda o'ziga xoslik sifati bilan ajralib turuvchi pedagogik
g'oyani ta ’riflashga mualliflar turli ta ’lim modellari orqali yondashgan.
Eng avvalo ommaviy pedagogik harakatlar, gumanistik pedagogik
rivojlanishgaturtki bergan konsepsiya va ta’lim metodlari o'rganib chiqiladi,
talabalar turli o'quv yurtlarini o'rganadilar, ularning maqsadi, tashkiliy
tizimi o'ziga xosligi, ta ’lim va tarbiya mazmuni, amaliy tajribalarini
o'rganish bilan shug'ullanadilar.
Asosiy e ’tibor mualliflik dasturi, ta ’lim va tarbiya konsepsiyalari yaratish
darajasida pedagogik tajribalar ishlab chiqish va o'tkazish texnikasiga
qaratiladi. Talaba amaliy faoliyati konsepsiyalarini o'rga-nish, qoida,
m e’yoriy-huquqiy hujjatlar, haqiqiy muqobil o'quv yurtlari bilan tanishish
kabi ishlar olib boriladi.Bakalavriat,aynim agistraturada bo'lajak pedagoglar
shu kabi konsepsiya ishlab chiqish bo'yicha ijodiy jam oaga jalb etiladilar.
Kurs dasturi 120 soatga m o'ljallangan bo'lib, 10 ta nazariy bo'lim lardan
iborat va m a’ruza, seminar, laboratoriya m ashg'ulotlari, mustaqil tadqiqot
ishlarini tashkil etishni ko'zda tutadi. M a’ruza m ashg'ulotlarida innovatsion
pedagogika asosiy muammolarini yagona tushunishini ta ’minlovchi, keyingi
mustaqil ishlari uchun metodologik va ilmiy asoslar yaratuvchi eng umumiy
nazariy savollar o'rganiladi.
Kursni yana-da mukammal o'rganishni belgilaydigan muhim nazariy
bo'lim innovatika asosiy qoidalariga bag'ishlangan.
Ta’limda yangiliklar kiritish mohiyati nimadan iborat? Ularni qanday
tahlil qilish kerak?
120
xususiyatiari aniqlanadi. Ya’ni, o ‘qituvchining shaxs sifatida yuzaga
kelgan harakat usullari bilan unga aniq bir vaziyatda ko‘rsatilgan haqiqiy
talablar o'rtasidagi shaxsiy xususiyatdagi qarama-qarshiliklar. Shunday
qilib, muammoning mohiyati hal etish jarayonida men ifodasi bilan (ya’ni,
intellektual va shaxsiy iboradagi) yangilik kiritish jarayonining talab hamda
harakatlari o ‘ziga xosligi o ‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklardan
iborat bo‘ladi. Bu qarama-qarshilik mustaqil natijada yangilik ochishga olib
keladi va bir vaqtning o ‘zida fikrlashni qayta tashkil etish, shaxsning faol
qayta shakllantirishdan iborat shaxsiy va intellektual rivojlanish sifatida
sodir boMadi. Ijodiy faoliyatda yangilikning yaratilishi shaxsda maxsus
yangiliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, u o'qituvchi o ‘zi haqidagi
tasavvuri o ‘zgarishidan iborat bo‘ladi.
Refleksiv innovatsion amaliyot
0‘qituvchi ijodiy imkoniyatlarini
rivojlantirishga qaratilib, bunda pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish
qobiliyatigina emas, balki o ‘z-o‘ziga, o ‘z mehnatiga, bolalarga, har qanday
muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o ‘ziga xos ijodiy
munosabatda bo'lishtushuniladi. Bular
0‘qituvchi uchun muhim ahamiyatga
ega, chunki zamonaviy vaziyatlar murakkabligi dinatizmi undan odatiy
mutaxassislik ko‘nikmalardan xoli boMish, erkinlikni talab qiladi. Shu bilan
birga o ‘qituvchi innovatsion faoliyatini ko‘rsatuvchi xususiyatiari bu yuzaga
kelgan vaziyatda maksimal ravishda erkin boMish va maktabda yangilikni
joriy qilishni o ‘zi belgilay olish qobiliyati hisoblanadi. Bu bosqichda
innovatsion harakatlar rivojlanish jarayonini biz shunday tasavvur qilamiz:
yangiliklarni yaratish va joriy
Do'stlaringiz bilan baham: