“Quyosh yashiringan bo ‘Isa ham, kunduzning yorug'i hali ta-*
mom so ‘nmagan edi. Allaqanday mayin, muloyim jimjitlikni atrofda
sigir, buzoqlarning та ’rashi, daraxtlar orasidan qushlarning ora-
sirayangrab, yana bir zumda tingan sayrashi seskantiradi. Hamma
narsa horg'in, mudrashga boshlagan k a b i... Allaqanday payonsiz
g'arib oqshom... ”.
Mazkur parchada “
yashiringan”, “s o ’nmagan”, “muloyim,
mayin jim jitlik”, “seskantiradi” “xorg'in, mudrash"
kabi so‘z va
so‘z birikmalari ijodkor tomonidan o‘ziga xos uslubda foydalanilib,
shunday manzara xosil qiladiki,
u bosh qahramon YoMchining
misoli umr oqshomiga o‘xshaydi. Adib yuqorida biz qayd etgan
so‘zlarga olam-olam ma’no yuklaydi. Yo'lchi umrining tongi
beg‘ubor bolaligi, kunduzi, erkin, tashvishsiz yorug4, qismi tugab,
go‘yo mavhumliklar to‘la oqshomi boshlangandek. U bir parcha
yeridan ajraladi, onasi, singlisi va o‘zini boqish uchun hech vaqosiz
qoladi, najod izlab tog‘asinikiga keladi. Ammo ...
uning quyoshi
mana shu tog‘asinikida (umrining oqshomida) so‘nadigandek
(uning quyoshi Gulnor edi). Agar bu bir tomondan ayriliqdan darak
bo‘lsa, hali kunduzning yorug‘ligi tamom so‘nmagani qandaydir
umiddan nishona edi. Hali tamom so‘nmagan kunning yorug‘ligi
balki uning Gulnomi uchratishi, zulm ila haqsizlikka to‘la, har
tomondan zahar yog‘ilib turganda baxt degan narsadan umidvor
bo‘lishlik tuyg‘usimikan!? Hatto qushlarning
yangroq sayrashi
ham kishini havotirga soladi, ulaming tuyqusdan jim bo‘lib qolishi
qandaydir mash’um intiho arafasidek tuyuladi. Yo‘lchining baxt
qushi - Gulnor ham avji sayroqlik pallasida to‘satdan jim bo‘lib
239
qoladigandek. Hamma narsaning horg‘inligi, mudrab ketayotgan,
kechgacha to‘nka kavlagan (hayot zarbalaridan tinkasi qurigan)
Yo‘lchining tiriklik, tiyrakligi tugab, hayot bilan vidolashish onlari,
abadiy uyquga ketish oldidan mudroqligiga ishora emasmikan.
Va, nihoyat, so‘nggi jumla “allaqanday poyonsiz g‘arib oqshom”.
Yo‘lchi garchi o‘z tog‘asining xonadonida bo‘lsa
ham negadir
о‘zini begona yurtda, begona kishilar orasiga tushib qolgan musofir-
g‘aribdek xis etadi. Chunki, u bu yerda o‘ziga bir jonkuyami
uchratmaydi (tog‘asi, tog‘avachchalari, Nurining unga qay ko‘z va
qay maqsadda nazar solganlarini ko‘z oldingizga keltiring). О‘zini
g‘aribdek sezgan Yo‘lchining tog‘asinikidagi g‘arib oqshomi qan-
cha davom etar ekan? Ijodkor mavhumlik, oldidagi qorong‘ulik
qachon, qanday tugashidan xabarsiz Yo‘lchining bu oqshomini
“poyonsiz” ekaniga ishora qiladi, xatto, bu ikki so‘z
orasiga tinish
belgi ham qo‘ymaydi, bu bilan oqshomni ham poyonsiz, ham
g‘arib emas, balki g‘aribligining poyoni yo‘qligini ta’kidlamoqchi
bo‘ladi.
Tabiiyki, bor umidlari qirqilgan inson uchun о‘zlarining bu
damlari hech tugamaydigandek tuyuladi. Ammo shunday paytlarda
ham inson uchun qanday dir umid uchqunlari pay do bo‘ladi.
Yo‘lchi Mirzakarimboy tog‘asinikida qancha vaqt turgan bo‘l-
sa, umrining g‘arib oqshomi shuncha muddat davom etadi. Tog‘a-
sinikiga kelishi, uning quyoshi botishi bo‘lsa, quyoshning hali
so‘nmagan yog‘dusi, - umid uchqunlari Gulnorga bo‘lgan pokiza
sevgisi edi. Ammo ufqqa bosh qo‘ygan quyoshning botishi, kunduz
o‘mini zulmat egallashi qanchalar haqiqat bo‘lsa, Yo‘lchining ham
bu g‘arib oqshomida Gulnoming zavol topishi ham shunchalar
haqiqat,
chunki qora kuchlar, vaxshiy insonlar unga yashashlikka
imkon bermaslari aniq. Biz bu parchada ijodkorning - Oybekning
uslubi nafaqat individual hamda mantiqan teran,
badiiyati yuksak
ekanining guvohi bo‘lamiz. Birgina jumla
Do'stlaringiz bilan baham: