120
dollari, shunda ularning valyuta juftligining foreksdagi koʻrinishi
EUR/USD boʻladi. Foreksda daromad olish uchun ushbu valyutalardan
birini arzonga sotib olish va yuqoriroq kursda sotish yoki yuqoriroq
kursda sotib, keyin arzon kursda sotib olish talab etiladi. Agarda
treyder narxning harakatlanish yoʻnalishini toʻgʻri
tahlil qilib aniqlay
olsa, unda u daromad koʻradi, aks holda u oʻz mablagʻining bir qismini
yoʻqotadi. Shu tarzda treyder nafaqat valyuta kursining oshishidan,
balki pasayishidan ham daromad olishi mumkin.
Haqiqiy savdo hisob-varagʻi ochilgandan soʻng savol tugʻiladi:
“Foreksda valyuta kurslarining farqida spekulyatsiya harakatlarining
barcha turlari toʻgʻrisida bilmasdan turib qanday qilib pul ishlash
mumkin?”. Umuman va yaxlit holda Foreks
bozorida savdo qilish
mutlaqo oson. Agar treyder kotirovkalarning harakati yoʻnalishini
oddiygina oldindan tahlil qilish orqali yoki taxmin qilish orqali aniqlay
olsa, unda uning savdosi muvaffaqiyatli va daromadli boʻladi. Agar
treyder yevroning qiymati pasayayotganini sezsa, u darhol EUR/USD
valyuta juftligida dollarni sotib olishi lozim yaʼni treyder SELL
pozitsiyasini ochadi (bunda u yevroni sotadi) va foyda oladi, agar
uning taxmini oʻzini oqlamasa, mablagʻining bir qismini yoʻqotadi.
Sezgiga qarab savdo qilish koʻpincha foyda keltirsa
ham professional
treyderlar faqatgina sezgiga tayangan holda operatsiyalarni amalga
oshirishmaydi. Lekin uning yordamida Foreksda maʼlum darajada pul
ishlab olishi mumkin! Professional treyderlar ishlash vaqtida turli xil
vositalar toʻplamlaridan foydalanishadi: OAVlaridagi axborotdan
tortib (fundamental tahlil asoslari) to juda koʻp
miqdordagi
indikatorlar, maslahatchilar va ekspertlargacha.
Foreks dunyodagi eng yirik bozor boʻlishiga qaramasdan uning bir
qator afzallik va kamchiliklari mavjud.
Foreks bozorining afzalliklari
orasida eng muhimlari xususida
toʻxtalib oʻtamiz.
- barqarorlik, chunki Foreks indeksining
tushib ketishidan va
bozordagi yagona tovar boʻlgan valyutaning oʻziga xosligi tufayli
moliyaviy inqirozga uchrashdan himoyalangan;
- tovarning likvidligi. Valyutani toʻla hajmda va kerakli qiymatda
sotilishida muammolar yuzaga kelmaydi,
chunki xalqaro Foreks
bozorida xaridorlar juda koʻp;
121
- kunu tun foydalanish imkonining mavjudligi. Istagan payt va
internetga kirish mumkin boʻlgan istagan joyda bitim tuzish mumkin;
- oʻzgaruvchanlik ancha past darajada. Valyuta narxlarining har
kunlik oʻzgarishlari 1%dan oshmaydi;
- birinchi badal uncha katta emas.
Hatto bir dollar bilan ham
Foreksda ish boshlash mumkin;
- bozorga yangi kirganlar va boshqalar uchun DEMO hisob-
varagʻini ochish mumkinligi.
Foreks bozorining ayrim kamchiliklari:
- savdo intizomi darajasi uncha yuqori emas. Yoʻqotishlarni
treyderning oʻzidan boshqa hech kim nazorat qilmaydi;
- bitim hajmlarini notoʻgʻri tanlash tufayli mablagʻ yoʻqotish
ehtimoli mavjud.