14-Mavzu. Ochiq iqtisodiyotda Mendell-Fleming modeli (2 soat) Reja: 1-ma’ruza



Download 234,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.01.2023
Hajmi234,15 Kb.
#905544
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-мавзу Документ Microsoft Word



14-Mavzu. Ochiq iqtisodiyotda Mendell-Fleming modeli (2 soat) 
Reja: 
1-ma’ruza 
13.1. Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko‘rinishlari.
13.2. Mandell-Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli. 
13.3. Qayd etilgan valyuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat. 
13.4. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat. 
 
Tayanch iboralar: 
ochiq iqtisodiyot, ochiq iqtisodiyot ko‘rinishlari, ochiq iqtisodiyot 
modeli, ichki muvozanat, tashqi suvozanat, qayd etilgan valyuta kursi, suzib yuruvchi valyuta 
kursi. 
13.1. Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko‘rinishlari
To‘liq makroiqtisodiy model – ochiq iqtisodiyot modelidir. 
Ochiq iqtisodiyot
– shunday iqtisodiyotki, u: 
a) mamlakat ishlab chiqarayotgan tovarlari va xizmatlarining ma’lum bir qismini eksport va 
import qilishini; 
b) mamlakat jahon moliya bozorlarida kredit olishi va kredit berishini anglatadi. 
Kichik ochiq iqtisodiyot 
– katta bo‘lmagan mamlakat iqtisodiyotidir. Kichik ochiq iqtisodiyot 
modeli kapital harakati schyoti va joriy operatsiyalar schyotini o‘z ichiga oladi. Bunday iqtisodiyot
jahon bozorida katta ulushga ega emas va jahon foiz stavkasiga amalda ta’sir ko‘rsata olmaydi 
Katta ochiq iqtisodiyot 
– ko‘lami yirikligi sababli foiz stavkasi mamlakatning ichida ro‘y 
berayotgan jarayonlarning jiddiy ta’sirida shakllanadigan iqtisodiyotdir. 
Katta ochiq iqtisodiyot - jahon jamg‘armalari va investitsiyalarining katta qismiga egalik 
qilayotan yirik mamlakat (AQSH, XXR, Germaniya, YAponiya, Rossiya va boshq.) 
iqtisodiyotidir. Bunday mamlakatlar jahon moliya stavkasiga ta’sir ko‘rsata oladi. 
Iqtisodiyotning ochiqligi darajasi odatda mamlakatning tashqi savdosi hajmiga yoki
hukumatning siyosiy liniyasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti nisbatan 
ochiq hisoblanadi, chunki u tashqi savdoga juda bog‘langan. AQSH iqtisodiyoti esa nisbatan 
yopiqdir, chunki tashqi savdo uning rivojlanishi uchun hal etuvchi rol o‘ynamaydi. 
Ochiq iqtisodiyot xalqaro hisob-kitoblarda xorijiy valyutadan foydalanishni ko‘zda tutadi. U 
to‘lov balansida, xususan joriy operatsiyalar balansi va kapital harakati balansida o‘z aksini topadi. 

Download 234,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish