14-Mavzu. Ochiq iqtisodiyotda Mendell-Fleming modeli (2 soat) Reja: 1-ma’ruza



Download 234,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana30.01.2023
Hajmi234,15 Kb.
#905544
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-мавзу Документ Microsoft Word

 
 
 
 
 
13.4. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat 
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitidagi byudjet-soliq siyosati savdo, demak, to‘lov balansi 
uchun pul-kredit siyosatiga nisbatan katta ahamiyat kasb etadi. Aynan byudjet-soliq siyosatidan 
tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish birinchi planga chiqadi. 
Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning oshishiga olib keladi. 
Ma’lumki xarajatlarning ortishi importning o‘sishini rag‘batlantiradi va savdo balansini
yomonlashtiradi. To‘lov balansining taqchilligi yuzaga kelishiga foiz stavkasining pasayishi 
sababli kapitalning mamlakatdan chiqib ketishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Lekin egiluvchan valyuta 
kursi sharoitida taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o‘sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy 
valyutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valyuta qadrsizlanadi. Bu qadrsizlanish mamlakat 
eksportchilarining raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi. 
Eksportning ortishi mamlakatimiz mahsulotiga bo‘lgan talabning o‘sishini anglatadi va pul 
massasining dastlabki o‘sishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi. 
Demak, pul-kredit siyosati ichki daromadlarga bevosita (pul taklifining o‘sishi orqali) va
bilvosita (almashinuv kursining pasayishi hamda eksportning o‘sishi orqali) ta’sir ko‘rsatadi. 
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida davlat xarajatlarining ortishi ichki va tashqi 
muvozanatga ikki yo‘nalishda: daromad orqali va foiz stavkasi orqali ta’sir ko‘rsatadi. 
Daromadlarning ortishi (multiplikator samarasi orqali) importni ko‘paytiradi, savdo balansini 
yomonlashtiradi va milliy valyutaning kursini pasaytiradi. Davlat xarajatlarining ortishi, 


shuningdek, hukumat olayotgan qarzlarini ko‘paytirayotganligini anglatadi, bu esa foiz 
stavkalarining ortishiga olib keladi. YUqoriroq foiz stavkalari esa xorijdan kapital oqib kelishini 
rag‘batlantiradi. Bu esa milliy valyuta kursini oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. 
YAkuniy natija esa kapitalning mobilligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Kapitalning past mobiligi sharoitida byudjet ekspansiyasi daromad orqali ko‘proq ta’sir 
ko‘rsatadi. Kapitalning uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda oqib kelishi savdo balansining 
taqchilligini qoplay olmaydi va oqibatda valyuta kursi pasayadi. 
SHunday qilib, pul siyosatining ichki daromadga aniq ijobiy ta’siridan farqli ravishda byudjet-
soliq siyosati kapitalning past mobilligi sharoitidagina samarali bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, pul va byudjet–soliq siyosatining, tashqi balansni saqlab turgan holda 
ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan, nisbiy samaradorligini baholashimiz 
mumkin. 
Ma’lumki, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki monetar siyosat amalda “falajlangan”
bo‘ladi va faqat byudjet-soliq siyosatigina samara beradi. Va bu samara kapitalning mobilligi 
ortishi bilan ko‘payib boradi. 
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida ichki ishlab chiqarish hajmiga, shubhasiz, kapitalning 
mobilligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar pul-kredit siyosati ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 234,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish