ETlarni sanoat korxonalarida qo'llash ish unumini va mutaxassislarning
malakasini oshirish imkonini beradi.
Bilimlarni to'plash va uzoq vaqt saqlash ETlarning eng muhim afzalligi
hisoblanadi. ETlar axborotlarga nisbatan obyektivdir. Bu o'z navbatida
o'tkazilayotgan tajriba sifatini oshiradi, juda ko'p bilimlarni talab qiladigan
masalalarni hal etishda xatolikning yuzaga kelishini kamaytiradi.
ET larni yaratilishida bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi. Bu awalambor
foydalanuvchining ishlab chiqiladigan tizimga qanday talab qo'yilishini
bilmaganligidan kelib chiqadi.
Shuningdek psixologik tartibda, ya'ni bilimlar
bazasini yaratishda ekspert «mashina mening o'rnimni egallashi mumkin» degan
asnoda ish tutib, bilimlar bazasini keng bo'lishiga intilmasdan, balki bunga
qarshilik qilishi mumkin. Lekin, bu qo'rqishlar asossizdir, chunki ET fikr yuritish
qobiliyatiga ega emasdir. Bu esa ular bilimlarini
oshirish mumkin emasligini
ko'rsatadi. Keyingi vaqtlarda mustaqil o'qib, bilim olish imkoniyatiga ega bo'lgan
tizimlar ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda.
Sun'iy intellektning dasturlashtirishga ta'siri.
Biror bir masalani yechishda
inson miyasi o'zida bor bilim-ning barchasini ishga solmasdan, shu masalaga
taalluqli bilimlar-nigina ishga soladi. Ma'lum bir masalani echish uchun, anoanaviy
yo'l bilan ham dastur (DASTUR) tuzish mumkin yoki sun'iy inetellekt usulida ham
dastur tuzish mumkin. Vaholanki, sun'iy intellekt usulini qo'llash masalani
yechishni ancha yengillashtirar va tezlashtirar ekan. Tuzilgan dasturlarning alohida
olingan qismi aniq bir ishni bajaradi. Biroq sun'iy intellekt asosida tuzilgani
alohida xususiyatga ega. U xarakter jihatidan inson intellektiga yaqin, ya'ni ozgina
o'zgartirishlar yoki ozgina qism informatsiya dasturni
butun strukturasini
o'zgartirmaydi. Bu holat (гибкость) dasturlash jarayonida yuqori samara beradi,
dasturlash «tushunish» yoki «fikr» qilish imkoniyatini beradi.
Sun'iy intellekt masalani yechish jarayonida inson fikriga tayanadi. Inson
miyasini ishlash prinsipi juda murakkab jarayon bo'lib, olimlar bu qiyin intellekt
mexanizmini o'rganishmoqda. Biroq, sun'iy intellekt tizimida dastur tuzish uchun
etarli bilimlar mayjud.
Bilimlar bazasi.
Sun'iy intellekt sitemasida bilimlar bazasi muhim o'rin
egallaydi. Shu sohaning ilg'or mutaxassisi Stenford universiteti professori Edvard
Feyganbaum
bilimlar asosida, Komp’yuter ga tuzilgan intellektual dastur juda
qiyin bo'lib, bunda ekspertga murojaat etishni ta'kidlaydi. O'zi sun'iy intellekt
atamasi aniq bir tushuncha bo'lmay, biz uni sinonimi sifatida «Ekspert tizimlar» va
«Bilimlarga asoslangan tizimlar» tushunchalarini ishlatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: