O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/156
Sana28.01.2023
Hajmi3,22 Mb.
#904767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
O`UM Amaliy geografiya

 
Tibbiy-geografik tadqiqotlar 
Tibbiy geografiya geografik muhitning, ya'ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning aholi 
salomatligiga ta'sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o'rganadi. 
Hozirgi paytda tibbiy-geografik tadqiqotlar ikkita yirik yo'nalishda olib borilmoqda. 
Birinchi yo'nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta'siri baholanadi va bashorat qilinadi. 
Ikkinchi yo'nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy o'choqlari aniqlanadi. 
Atrof-muhitning tozaligi ko'p jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U tabiiy va 
sun'iy omillar ta'sirida ifloslanadi. Atrof-muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga shamol (havodagi 
chang miqdorining ortib ketishiga olib keladi), vulkan otilishi (atmosferaning vulkan tutunlari va 
kullari bilan ifloslanishi), sellar, qurg'oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chigirtka bosishi, 
surilmalar va h.k. kiradi. 
Aholi zich joylashgan sanoat hududlarida sun'iy omillar ta'sirida atrof-muhit (zavodlar, 
fabrikalar, metallurgiya, kimyo zavodlari, konlar, issiqlik elektrostansiyalari, transport kabilar) 
ko'proq ifloslanadi. 
Atrof-muhitning og'ir metallar bilan ifloslanishi inson salomatligiga kuchli salbiy ta'sir 
etadi. Masalan, qo'rg'oshin asab tizimi, jigar va buyrakni zaharlaydi. Simob ko'proq jigar va 
buyrakda to'planadi, modda almashinuvini bo‘zadi, kadmiy bolalar nutqining bo‘zilishiga olib 
keladi, mishyak o'pka va teri rakini keltirib chiqaradi. Qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan 
pestitsidlardan har yili jahonda 1 mln kishi zaharlanadi, ulardan taxminan 15—20 ming kishi 
hayotdan ko'z yumadi. Avtomobillardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioaktiv moddalar 
o'pka rakini keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortib ketishi organizmda 
kislorod yetishmovchiligiga sabab bo'ladi hamda asab va yurak-qon tomir tizimlarini ishdan 
chiqaradi. 
Har bir hududning mahalliy tabiiy-geografik sharoiti inson salomatligiga turlicha ta'sir 
etishi mumkin. Havodagi kislorod miqdori, havo bosimi, harorat va namlikning o'zgarishi qon 
bosimi kasalligi bor bemorlarda miya va yurak faoliyati bilan bog'liq turli asoratlar paydo qiladi. 
Atmosferadagi kislorod miqdorining ortishi gipertoniya krizlari va miya insultlarining 
ko'payishiga olib keladi. Kislorod miqdorining ortishi asosan qishda ko‘zatiladi. Tog‘'larda 
balandga chiqqan sari har 10 m da bosim 1 mm simob ustuniga kamayadi va inson organizmiga 
tushadigan og'irlik (bosim) ortadi. 



Havoda namlik qanchalik yuqori bo'lsa, issiq harorat insonga shunchalik kuchli ta'sir etadi. 
Nisbiy namlik 50 foiz, havo harorati 16—18 °C bo'lishi inson organizmi uchun qulay sharoit 
hisoblanadi. Havo harorati 24 °C, nisbiy namlik 44-60 foiz, shamol tezligi sekundiga 0,7-1 m 
bo'lganda inson organizmi uchun juda qulay sharoit vujudga keladi. 
Suvda, tuproqda va ba'zi mahsulotlarda yod elementining yetishmasligi buqoq kasalligini 
keltirib chiqaradi. 
Virusli kasalliklarga odam, hayvon va o'simliklarda uchraydigan juda ko'p yuqumli 
kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qo'zg'atadigan gripp, qizamiq, suvchechak va chinchechak, 
virusli gepatit, poliomielit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha 
mukammal o'rganilgan. Ko'pchilik hollarda teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi 
aniqlangan. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish