407
Bugungi kunda oila bilan ishlashning umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud
emas. Ko‘pchilik uni oilaviy terapiyaga tenglashtiradi va hatto oilaning barcha
yoki bir necha a’zolarini bir butun holda ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadigan alohida
usullar bilan cheklaydi. Biroq oilalar bilan keng qamrovli ma’noda amaliy ish olib
borish kelajak nuqtayi nazaridan belgilanadi.
Oila bilan ishlashni insoniy mavjudotga ularning yaqin va ancha keng muhiti
bilan munosabatlari doirasida yondashish, ularning yordamga bo‘lgan ehtiyojlari
nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish sifatida ifodalash mumkin. Bunday yondashuv
diqqat markaziga oilani qo‘yadi va uni “qiziqishning yagona predmeti” sifatida
ta’kidlaydi. Bu aslo alohida inson nimagadir bo‘ysunishi kerak degani emas, bu
hatto ijtimoiy ishchi butun oila bilan shug‘ullanishi lozim degani ham emas. Bu
insonni tushunish va unga shu insonning o‘zi bir bo‘lagi bo‘lgan
yaqin
insonlarining hiyla umumiy tizimi kontekstida yordam ko‘rsatish mumkin,
deganidir. Bunday tizimning eng muhimi, odatda, oila bo‘ladi. Bu yana shuni
ko‘rsatadiki, oila insonni doimo uning yaqin muhiti bilan ko‘rib chiquvchi ijtimoiy
ish qiziqishining an’anaviy doirasida turadi. Oila bilan ishlash na oila va uning
a’zolari, na oilaviy turmush tarziga ta’sir ko‘rsatuvchi ancha keng muhiti bilan
cheklanmaydi. U nafaqat oddiy odamlar uchun, balki oila mansub bo‘lgan hiyla
yirik ijtimoiy kuch va tizimlar uchun ham ahamiyatli bo‘lgan odam, oila va
yaqinlarining o‘zaro munosabati birmuncha muhim ekanligini ko‘zda tutadi.
Shuning uchun u umumiy xarakter kasb etadi.
Oila bilan ishlovchi mutaxassis katta miqdordagi rollarni ijro etishi va
turli
kattalikdagi tizimlar bilan ishlashi mumkin. U dastur muallifi ham, ijtimoiy
analitik ham, agentlikda boshqaruvchi ham bo‘lishi mumkin. Biroq u diqqatni
asosan alohida inson, oila yoki guruhga bevosita xizmat ko‘rsatishga jamlaydi.
Oila bilan ishlash sog‘liqni saqlash, psixik salomatlik, bolalar farovonligi,
gerontologiya, huquqiy tizim,
mehnat faoliyati va albatta, oilaviy agentliklarni
kiritgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida ham olib borilishi mumkin.
Ba’zi amaliyotchi mutaxassislar oila bilan ishlashda asosiy e’tibor hozirgi
vaqtga qaratilishini talab qilib turib olsalar, boshqalari aksincha, asosiysi avlodlar
orasidagi aloqani o‘rganish, deb hisoblaydilar. Biroq ularning ko‘pchiligi doimo,
hatto eng kam darajada bo‘lsa ham tarixga murojaat qiladilar, bu esa ularga oilaning
ichki olamini tushunishda yordam beradi. Oilalar bilan muayyan kontekst va aniq
maqsad asosida ishlaydigan ijtimoiy ishchilar ulardan kelib chiqib, avlodlar orasidagi
aloqalar rolini tadqiq etishga qanday o‘rin ajratishni hal qiladilar.
Ba’zi vaziyatlar o‘zgarishning asosiy maqsadi bo‘lishi mumkin bo‘lgan oilada
tug‘iladigan munosabatlarni o‘rganish asosi deb hisoblanadi.
Er-xotin juftligi, oilalar
yoki odamlarning bir butun guruhi bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar ularga tadqiqotchi,
ba’zida esa o‘z shaxsiy oilalari genealogiyasining haqiqiy eksperti bo‘lishlariga
yordamlashadilar. Ular afsonalar, rivoyatlar, o‘z oilasining sirlarini o‘rganadilar, tarixiy
xatolarni fosh etadilar va h.k. Bu turdagi tadqiqotlar natijasida mijozlar oila ichidagi
mavjud munosabatlarni qanday o‘zgartirishni o‘rganadilar. Ijtimoiy ishchi mijozlarga
axloqning turli imkoniyatlarini o‘rganishda yordamlashadi, oila a’zolari bilan
munosabatni o‘zgartirishning turli strategiyalarini taklif qiladi, qo‘llab-quvvatlashni
408
ta’minlaydi va natijasini kuzatishga ko‘maklashadi. Hatto oila tarixini bunday
chuqur o‘rganish talab etilmaydigan hollarda ham u bilan ba’zi
tanishuvlar foydali
bo‘ladi, agar oila kritik vaziyatga tushib qolsa yoki agar ijtimoiy ishchi muammoga
duch kelgan ko‘pgina boshqa vaziyatlarda ham tezda hal bo‘ladi.
Muayyan e’tiborni talab qiluvchi uchinchi yo‘nalish oila tizimining
zamonaviy holati hisoblanadi. Aniq vaziyatdan chetga chiqqancha ijtimoiy ishchi,
uning fikricha, oila bilan ishlashning diqqat jalb qilinishi zarur bo‘lgan aspektini
tanlashi mumkin. Mijozning muammosini aniqlash uchun uning ehtiyoji, tajribasi,
shuningdek, ijtimoiy ishchining tajribasi va nazariy asosi, uning muammolar,
ularni yechish lozim bo‘lgan muddatlar, madaniy darajasi,
oilaning qandaydir
sinfga mansubligi, ijtimoiy xizmatlar bilan muloqotdagi ilgarigi tajribasi, oilaning
tuzilmasi va boshqa ko‘plab tasavvurini inobatga olish zarur. Oiladagi o‘zgarishlar
zaruriy hisoblanadi, agar:
1) oila yomon uyushgan;
2) oila va atrof olam yoki oila a’zolari, turli avlod, turli jins vakillari orasida
kerak bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri chegaralar mavjud;
3) oilada iyerarxiyaning parchalanishi kuzatiladi;
4) xato uchburchak yoki ittifoq yaratilgan, masalan, agar bola er-xotinlik
tizimida kattalardan birining o‘rnini bosayotgan bo‘lsa.
Ko‘pchilik oila va er-xotin juftligiga agar oilaviy muloqot jarayonida
yetarlicha e’tibor ajratilsa, yordamlashish mumkin. Qat’iy tartibli yoki oila
a’zolaridan biri ekstremal yoki shafqatsiz axloqli bo‘lgan oilani o‘zgartirish uchun
asos yaratishda hiyla murakkab yondashuvlar zarur.
Oila tizimining tuzilmaviy, tashkiliy va kommunikativ tomonlari kuzatish va
boshqa usullar yordamida baholanadi. O‘z faoliyatining asosiy sohasi oila deb
hisoblovchi ijtimoiy ishchilar mijozlar bilan muloqotda
oilaviy aloqalarning
stereotipiga ta’sir ko‘rsatishga urinarkanlar mijozlar bilan rasmiy uchrashuvlarda
bo‘lganidek, uyga tashrif buyurishda ham faol va insoniy bo‘lishga intiladilar.
Ijtimoiy ishchi oilaning o‘zligi kabi, atrof olamni ham yangicha his qilishiga muhit
yaratishga harakat qiladi. Oilani tashvishga soluvchi muammoga yangicha
yondashuv yordamida uning a’zolari o‘zlari va o‘z muammolariga yangicha
qarashni boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: