420
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ixtisoslash-
tirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining manfaatlarini himoya qilish
yuzasidan, shuningdek, sudda aliment undirish, ota-onalarni ota-onalik huquqidan
mahrum qilish yoki tiklash to‘g‘risidagi da’vo arizalari yuzasidan huquqshunosga
asoslantirilgan material tayyorlashga ko‘maklashish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning
huquqlari buzilganligi yoki ularga nisbatan yomon munosabatda bo‘lganlik
holatlari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan hollarda, ularning hayotiy vaziyatini
baholash, himoya va reabilitatsiya qilish choralarini tashkillashtirish va amalga
oshirish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan ishlash
vazifalari, shakllari va uslublarini, zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan,
axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim resurslaridan foydalangan holda shaxsiy va
ijtimoiy muammolarni hal etish usullarini belgilash;
bolalar va yoshlarning qiziqishlari va ehtiyojlarini, qiyinchiliklari va
muammolarini, ziddiyatli vaziyatlarini, ularning xulq-atvoridagi qiyinchiliklarni
aniqlash, o‘z vaqtida bola, yoshlar va ularning oilasiga ruhiy-ijtimoiy ko‘mak
berish hamda qo‘llab quvvatlash;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va xodimlarining
ijtimoiy ko‘nikmalari va tashabbuslarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni,
ijtimoiy loyihalar va dasturlarni amalga oshirish hamda ularni ishlab chiqishda
ishtirok etish;
vasiylik va homiylik hamda bolalarni oilalarga tarbiyaga berishni (patronat)
rasmiylashtirishda bolalar va oilalarga taalluqli hujjatlarni tayyorlashda ishtirok
etish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda oilalarga
tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar va yoshlar uchun yozgi sog‘lomlashtirish va
dam olishini ta’minlash choralarini tashkil etish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat
hamda homiylar tomonidan berilgan kiyim-bosh, poyabzal va boshqa zarur jihozlar
bilan ta’minlanishini nazorat qilish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini kasbga yo‘nalti-
rishga oid ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
hisobotlar, statistik ma’lumotlar, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbi-
yalanuvchilarining batafsil ro‘yxatlarini shakllantirish, ota-ona qaramog‘isiz
qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida ma’lumotlar bazasiga
kiritish;
sog‘lomlashtirish, tarbiyalash va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tka-
zishda ishtirok etish, ota-onalar, shu jumladan, tutingan ota-onalarga uslubiy va
maslahat yordami berishni tashkil etish
483
.
Do'stlaringiz bilan baham: