“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi farmonida ham:“Jahonda COVID-
19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori
O‘zbekistonda ham aholining sog‘ligi, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot
kechirish darajasi zaif ekanligini; COVID-19 koronavirus infeksiyasi, avvalo,
yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga
chalingan fuqarolarimizning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani; Natijada, bugungi
pandemiya oramizdan ko‘plab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan ko‘z yumishiga
476
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 19 февралдаги “Жамиятда ижтимоий-маънавий
муҳитни соғломлаштириш, маҳалла институтини янада қўллаб-қувватлаш ҳамда оила ва хотин-қизлар
билан ишлаш тизимини янги даражага олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони -
https://president.uz/uz/lists/view/3368
477
www.lex.uz
478
https://yuz.uz/news/salomatlik-ilmi
416
sabab bo‘lganligi ko‘rsatilib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini hayotga keng
tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi vazifalar
belgilab berilgan:
“har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta,
o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa
tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-
sharoitlar yaratish;
ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va
hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘
miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini
iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan, alkogol’ va tamaki
mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish,
ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, shu
jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;
sanitariya-gigiyena
qoidalariga
rioya
etilishini
oilalar,
mahallalar,
maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush
tarzining ajralmas qismi sifatida targ‘ib qilish;
maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim
muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika
bazasini shakllantirish”
479
kabilar ko‘rsatib o‘tilgan.
Oila tizimi yaxshi hayot tarzini ta’minlab bera oladigan bo‘lishi uchun u har
bir oila a’zosiga o‘z o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatini berishi va undan
mamnuniyatni his etishi lozim. Bu talabni bajarish oilangiz tarozisi tayanchini
boshqarish va almashtirish qobiliyati mavjudligini ko‘rsatadi. Tayanch – bu
sizning tuyg‘uingiz, tartib-qoida va muloqot uslubingiz. Ish jarayonida
oilangizning qaysi qismlardan iborat ekanligi haqida o‘ylab ko‘ring. Uni asosiy
ikki guruhga ajratish mumkin: kattalar va bolalar, erkaklar va ayollar. Hattoki eng
yuqoridan qaralsa ham, ko‘plab insonlar bir lahzali muloqot jarayonida bir-
birlariga ko‘p ma’lumotlarni berishlari mumkin.
Bir inson hamma narsani berishi zarurligi haqida qoida yo‘qki, qolganlar
faqat uning orqasidan foyda ko‘radilar, o‘z kuchi va qobiliyatini oila uchun
baxshida qiladigan, boshqalar uchun yashaydigan, ma’lum bir insonni tanlash
orqali esa ba’zi oilalar o‘zlarini barbod qiladilar. Bizning kundalik hayotimizda
kimdir shunday yo‘l tutsa, buni har doim ham beminnat qila olmaydi, masalan,
hayotining bitta davri mobaynida er, ikkinchi davrida xotini yoki farzandlari.
Bugungi kun oilasining maqsadi – har bir insonning rivojlanishi vazifasi
bunga erishish uchun barcha tizimlardan foydalanish bilan yakunlanadi.
479
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 30 октябрдаги “Соғлом турмуш тарзини кенг
татбиқ этиш ва оммавий спортни янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-6099-сонли
фармони- https://lex.uz/docs/5077667
417
Kattalar bolalarning rivojlanishi uchun qanday imkoniyat yaratadilar?
Bolalar kattalarning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadilarmi? Erkaklar
ayollarning rivojlanishi uchun qanday qilib sharoitlar yaratishi mumkin yoki
aksincha erkaklar ayollar uchun? Qanday qilib bir inson ikkinchisiga yordam
beradi? Yuqorida sanab o‘tilgan savollar juda muhim. Oila bu savollarga javob
berish orqali yanada farovon bo‘lishi mumkin.
Bu guruhlardan har biri: kattalar va bolalar, erkaklar va ayollar, shuningdek,
ular o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu xususiyatlarni muhokama etish, ularni turli-
tuman ekanligini anglash va ichki mexanizmlari bizning hayot haqidagi
tasavvurlarimizni kengaytiradi. Farovonlikka erishish va gullab-yashnaydigan
inson bo‘lish uchun oilani doimo nazorat qilish, o‘zgartirish va qaytadan qurish
zarur. Buni esa faqat ochiq tizimda amalga oshirish lozim.
Oilalar bilan ishlashda ijtimoiy ish xodimi quyidagi maqsadlarga erishish
uchun o‘z kuchlari va resurslaridan foydalanishni anglab yetishi va vakolatlarga
e’tibor qaratishi lozim:
1. Ijtimoiy xodim oilaning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga asoslanib,
oila tomonidan erishilishi mumkin bo‘lgan ijobiy maqsadlarini aniqlashi kerak.
2. Oila bilan kelishilgan holda yaqin qarindoshlari, do‘stlari yoki oila
ijtimoiy tizimiga kiruvchi boshqa insonlarni xizmatlarni rejalashtirish va amalga
oshirishda ishtirok etishlariga chorlash zarur.
3. Oilaga va ularning ijtimoiy tarmoqlari a’zolariga bevosita muammolarni
hal qilish va ijobiy natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan yordam va xizmatlar
hamda shunday maqsadlarga erishishga madad bera oladigan qo‘shimcha xizmatlar
to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etishi kerak.
4. Oilaning ijtimoiy tarmog‘i a’zolariga axborot berishda kimga va qanday
axborot berish mumkinligi borasida oilaning xohishiga rioya qilishi zarur.
5. Oila va ijtimoiy tarmoq a’zolari bilan kelishilgan holda qo‘yilgan
maqsadlarga erishishda kim va qanday rol o‘ynashlarini aniqlab olish zarur.
6. O‘z harakatlarida ijtimoiy xodim o‘z hayotlariga nisbatan qaror qabul
qilinishida oila a’zolarining individual huquqlarini tan olishi va o‘z fikrlarini
o‘zgartirishda oila a’zolarining huquqlarini hurmat qilishi kerak.
7. Oila a’zolari qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘zlari taqdim eta
oladigan yordam va xizmatlarga nisbatan o‘z fikrlarini aytishlari har tomonlama
rag‘batlantirilishi kerak.
8. Oila a’zolarining hissiyotlari, ehtiyojlari va xavotirlarini muhokama
qilishlari uchun ularga yetarli vaqt, imkoniyat berilishi va yordam ko‘rsatilishi
kerak. Bundan tashqari, agar ular tashvishlanayotgan yoki yordamga muhtoj
bo‘lsalar oilani va amalga oshirish rejasi boshqa ishtirokchilarini savollar berishga
va tushunib olishga hamda rejani amalga oshirish va ularni hal qilish yo‘lida
yuzaga kelgan qiyinchiliklarni muhokama qilishga chorlashi zarur. Ushbu
hissiyotlar, ehtiyojlar, xavotir va masalalarga javoban harakatlarni amalga
oshirganda o‘z fikrini aytish huquqini hurmat qilish darkor.
9. Oila a’zolari va xizmatlar rejasini amalga oshirishga jalb etilganlarga
ishlab chiqilgan xizmatlar rejasi asosida malaka egallashlarida, o‘z rollarini amalga
418
oshirishlarida va olingan natijalarni mustahkamlashda doimiy va har tomonlama
ko‘mak berilishi kerak; Ko‘mak ishtirokchilar o‘z qadrlari va o‘zlariga nisbatan
hurmatni his qilishlariga imkon yaratadigan tarzda berilishi kerak.
10. Oila a’zolari va rejani amalga oshirishga jalb etilganlarga qo‘yilgan
maqsadlarga erishishdagi yutuqlar haqida axborotlar taqdim etilishi kerak;
axborotlar oilaning va manfaatdor ishtirokchilarning uni qabul qilishga tayyorligi
darajasiga qarab, ushbu axborot bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
qiyinchiliklar va oqibatlarini hisobga olib taqdim etilishi zarur.
11. Rejani amalga oshirishga qatnashgan barcha ishtirokchilar monitoring va
baholash jarayoniga jalb etilishlari kerak, bunda qo‘yilgan maqsadlarga erishishda
har kim o‘z hissasini va boshqa ishtirokchilarning hissalarini baholashlari mumkin
bo‘ladi. O‘z navbatida, ijtimoiy xodim yutuqqa erishishda har bir ishtirokchining
hissasini baholashi va tan olishi, shu tarzda ularning tarafdorliklarini kuchaytirishi
lozim.
Ijtimoiy xodim erishilganlarning barchasini yoki oila bilan keyingi ishlar
olib borishda o‘zgartirish/kuchaytirish zarur bo‘lganlarning barchasini yozib
boradi. Baholash va natijalarni kuzatish jarayonida rollarni almashtirish mumkin.
Baholash natijalari huquqqa ega va ularni olishga muhtoj bo‘lganlarga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |