Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/105
Sana26.01.2023
Hajmi5,01 Kb.
#903165
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
Bog'liq
UMK TSQI

 
Nazorat uchun savollar 
1. Raqamli signal protsessorlarda unumdorlikni oshirishning barcha ma’lum 
usullarini sanab o‘ting. 
2. Bajariladigan vazifasiga ko‘ra siljituvchilar nimalarga bo‘linadi? 
3. Akkumlyator nima vazifani bajaradi? 
4. Maxsuslashtirilgan manzilning generatsiya qurilmalarini bayon qiling. 
5. Registr fayllarini ko‘rib chiqing. 


101 
8-MA’RUZA. SIGNAL PROTSESSORLARIDA MA’LUMOTLARNI 
TAQDIM ETISH VA ISHLOV BERISH 
8.1. Signal protsessorida xotira va shinani tashkil etishdagi parallelizm 
Xotirani tashkil etishda, shinalar topologyasida parallelizm hisobiga, 
shuningdek dasturlar va buyruqlar darajasida parallelizm hisobiga parallel ishlov 
berish vositalarning mavjudligi SP arxitekturasining o‘ziga xos xususiyati 
hisoblanadi. Parallelizmning ushbu darajalarini ko‘rib chiqamiz [23- 25]. 
Xotirani tashkil etishdagi parallelizm. 
Yagona xotira maydoni mustaqil “X 
buyruqlar xotirasi” va “U ma’lumotlar xotirasi”ga bo‘lishda Garvard arxitekturali 
protsesorlar xotirani tashkil etishda parallelizmga o‘tishda birinchi qadam 
hisoblanadi.
Shu bilan birga, real vaqtda tizimlarda kirish o‘zgaruvchilarining katta 
oqimini qayta ishlashda, ishlov berish tezligi joriy natijalarning qabul qilish 
darajasida bo‘lishini ta’minlashi kerak. Bunday tizimlarda ichki xotira unchalik 
katta bo‘lmaydi, asosiy e’tibor hisoblash tezkorligiga va tezkor xotira va ALU 
o‘rtasidagi ma’lumot almashish tezligiga qaratilgan. Ushbu muammoni hal qilish 
uchun protsessorlarning Garvard arxitekturasi qo‘llaniladi. 
Garvard arxitekturasida protsessorning ichki xotirasi alohida kirish vositasiga 
ega bo‘lgan buyruqlar xotirasi va alohida ma’lumotlar xotirasiga bo‘linadi. Ushbu 
usul buyruq va ma’lumotlarning parallel ravishda murojaat qilishni, ularni bir 
vaqtning o‘zida ijro etuvchi qurilmalarga yuklash bilan ta’minlashga imkon berdi. 
Buyruqni olish va ma’lumotlarni olish davrlari bir vaqtning o‘zida bajariladi. 
Garvard arxitekturasining takomillashtirilgan versiyasida buyruqlar va ma’lumotlar 
uchun alohida shinalar joriy etildi va yuqori tezlikda qiymat qilishning ta’minlandi. 
Garvard arxitekturasining keyingi rivojlanishi, o‘zgartirilgan Garvard arxitekturasi 
bo‘lib, unga ko‘ra operandlar nafaqat ma’lumotlar xotirasida, balki dasturlar bilan 
bir qatorda ko‘rsatmalar xotirasida ham saqlanishi mumkin. Masalan, raqamli filtrni 
amalga oshirishda filtr koeffitsiyentlari dastur xotirasida va kirish signallarining 
qiymatlari ma’lumotlar xotirasida saqlanishi mumkin. Koeffitsiyentlar va 
ma’lumotlarni bitta mashina davrida o‘qib olinishi mumkin. 


102 
Motorola firmasining DSP56002 modeldagi signal protsessor bunga misol 
bo‘la oladi. Xotiraning bunday qurilishi grafik ilovalari uchun (X va U 
koordinatalari), OIX filtrlarni amalga oshirishda va TFO‘ algoritmlarini bajarishda 
juda qulay.
O‘sha markadagi signal protsessorlarning keyingi modellarida DSP56300 
operativ xotira (OXQ-X va OXQ-U – har biri 2K so‘z hajmli) bilan bir qatorda 4K 
so‘z hajmli dasturning kesh-xotirasi paydo bo‘ldi. Kesh-xotiraning paydo bo‘lishi 
ishlov berish tezligini ancha oshirdi, shuning uchun kesh-xotira SPning boshqa 
barcha markalarida qo‘llaniladi. TMS markasining SPsida kesh bilan bir qatorda ikki 
kirishli xotiraning qo‘llanilishi olg‘a qo‘yilgan yana bir qadam bo‘ldi. Xotiraga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish o‘rnatilgan kotrolleri hisoblashlar va xotira bilan ma’lumot 
almashlash protsedurasini vaqtga moslashtirish imkonini berdi.
Parallelizm tamoyilining keyingi rivojlanishida registr xotiraning turli 
variantlarda keng qo‘llanilishi muhim o‘rin tutadi. Ko‘pincha arxitekturada umumiy 
vazifalarni bajaruvchi registrlar qo‘llaniladi, u yerda ishlov berishning oraliq 
natijalari qo‘llaniladi. Akkumlyatorlar, to‘plovchilar, suruvchi registrlar, registr 
fayllar ko‘p funksional registrlar hisoblanadi.
Xotirada 
parallelizmdan 
amaliy 
foydalanishga 
siklli 
manzillashda 
qo‘llaniluvchi sirkulyar bufer misol bo‘la oladi. Bu ma’lumotlar xotirasidagi 
yacheykalar to‘plami bo‘lib, ularga sikl bo‘yicha murojaat qilinadi, ya’ni buferga 
yozilagan ma’lumotlarga murojaat bir va boshqa yo‘nalishda yopiq doira bo‘yicha 
amalga oshiriladi. Bunday sirkulyar bufer tutilishlar liniyasini tashkil etishda ham 
qo‘llanilishi mumkin.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish