5-Mavzu: Organik birikmalarning tuzilishi, klassifikatsiyasi, asosiy sinflarining nomlanishi Reja



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana25.01.2023
Hajmi0,51 Mb.
#902822
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-maruza (2)

 

uglevodorodlarlar nomenklaturasi (asiklik, siklik, terpen) va 

(asosiy 
geterosiklik sistemalar) nomenklaturasidan tashkil topgan. 
IUPAC - 1965 QOIDASI
 
C, H, O, N, Gal, S, Se, Te, va C tutgan xarakteristik guruhli organik 
birikmalar nomenklaturasidan tashkil topgan. 
IUPAC qoidalari Jeneva nomenklaturasi prinsiplari va belgilashlariga 
asoslangan, lekin prinsiplarni qo’llashda L’ej nomenklaturasi qoidalarini 
tartiblashtirilgan va rivojlantirilgan. 
Asiklik birikma asosida albatta eng uzun uglerod zanjirlar tanlanadi, shu bilan 
birgalikda normal va tarmoqlangan yon zanjir nomenklaturasi yaxshilab ishlab 
chiqilgan. Radikallarning kattalik tartibi o’rnatilgan, nomlashdagi tartibi va asosiy 
zanjir 
yoki 
sikldagi 
atomlarni 
nomerlashda 
uglevodorodlar 
hosilalari 
nomenklaturasida harakteristik guruhlar to’g’risida tushuncha kiritilgan, bu termin 
bilan xamma uglerodmas o’rinbosarlar birlashtirilgan. 
Harakatchan guruhlar kattalik tartibi o’rnatilgan, ularni nomlashda ham, 
modda asosida ham, atomlar nomeri tartibini aniqlash yotadi. 
Har bir harakatchan guruh uchun 2 usulda - prefiks va suffiks bilan nomlash 
belgilangan. 
Nomlashda faqat karrali bog’lar va bitta harakatchan guruh suffiksida bo’ladi, 
qolganlari prefiks bilan belgilanadi. 
Kimyoviy tuzilish nazariyasi o‘sha vaqtgacha to‘plangan nazariy va tajriba 
materiallarini muayyan tizimga soldi. Tuzilish nazariyasi belgilangan 
xossalarga ega bo‘lgan yangi organik birikmalarni oldindan aytib berish va ularni
sintez qilish yo'llarini belgilab berdi. Organikkimyoning keyingi rivojlanishi 
tuzilish nazariyasining to‘g‘riligini isbotladi.
Stereokimyoviy va kvant-kimyoviy tushunchalar bilan boyitilgan tuzilish 
nazariyasi hozirgacha organik kimyoning nazariy poydevori bo‘lib kelmoqda. 
A.M.Butlerov tomonidan taklif etilgan tuzilish nazariyasi o‘z davrining yetuk 
ilmiy xulosasi bo'lishi bilan birga organik molekulalardagi bir qator holatlarni 
izohlab berishga ojizlik qilar edi. Oddiy sharoitda metan, etan kabi uglevodorodlar 
gaz holatda bo‘ladilar. Ulardagi bittadan vodorod atomi gidroksil yoki karboksil 
funksional guruhlariga almashinishi natijasida hosil bo‘lgan metil spirti, etil
spirti, sirka kislotasi, propion kislotasi kabi mahsulotlar suyuq holatda bo’lishi
sabablarini izohlab bera olmas edi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
Kimyoviy tuzilish nazariyasi rus olimlari A.M.Zaysev, V.V.Markovnikov,
A.Y.Arbuzov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. 1874-yilda niderlandiyalik 


fizik Ya.Vant-Goff va undan mustaqil ravishda fransiyalik kimyogar J.Le Bel
to‘yingan uglerod atomining fazoviy tuzilishi — o'rinbosarlarning tetraedrik 
joylashuvi haqidagi farazni ilgari surdilar. Asimmetrik uglerod atomi va optik
izomeriya (ko‘zgu izomeriyasi) haqidagi tushuncha optik faol moddalar
mavjudligini tushuntirish imkoniyatini berdi. Shunday qilib kimyo fanlari ichida 
yangi nazariy soha — stereokimyoga asos solindi. 
Biroq, molekulada atomlar qanday qilib bir-biri bilan bog‘lanadi va
molekulalar muayyan fazoviy tuzilishga ega bo’lishini tushuntirib bera
oladigan tasavvur yo‘q edi. Atom tuzilishi kashf etilgandan va kimyoviy 
bog'ning elektron nazariyasiishlab chiqilgandan keyin kimyoviy bog’ tabiatini 
o'rganishdagi yangicha tushunchalar paydo bo‘ldi. 
Organik moddalardagi kimyoviy bog’larni tushuntirish uchun 1916- yilda 
G.Lyuis va V.Kossel tomonidan noorganik moddalar uchun ishlab chiqilgan 
dublet-oktet prinsipi qo‘llanilgan. Lyuisning izohlashicha molekula hosil bo‘lishi 
uchun atomlar o‘rtasida har ikkala atom uchun umumiy bo’lgan juft elektronlar 
mavjud bo’ladi. Natijada atomlar o‘zaro tortishib molekulani hosil qiladi. 
Kosselning fikricha esa molekula hosil bo'lishi uchun musbat va manfiy
zaryadga ega bo’lgan ionlar o‘zaro tortishishlari evaziga molekula hosil bo’ladi. 
Shunday qilib, Lyuis kovalent bog’ni molekula hosil bo’lishini, Kossel esa ion
bog’i molekula hosil bo’lishini nazariy jihatdan asoslab berdilar. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish