2-mavzu. ESHKAK ESHISH ТАЛШ
2.1. Eshkak eshishning yuzaga kelishi
Eshkak eshish qadim zamonlardan buyon insonlar hayotida m u
him rol o'ynaydi. Daryolami, k ollarni va shunga o‘xshash suv
yoilarini kechib o4ishda odamlar har
xil vositalardan foydalan-
ganlar.
Ko‘plab tarixiy ma’lumotlar eshkakli qayiqlardan qadimda keng
foydalanilganligini ko‘rsatadi. Qoya toshlar va piramida devorlaridagi
yozuv va rasmlar, arxeologik qazishmalar natijasida olingan va
adabiyotlardagi ma’lumotlar shular jumlasidandir.
Sahroi Kabrda o‘tkazilgan arxeologik
qazishmalarda eramizdan
oldingi V—II ming yilliklarga tegishli m a’lumotlar daryo va ko‘llar
qirg‘oqlarida yashovchi qabilalar baliq ovlash va ov qilishda
qayiqlardan foydalanganligini ko‘rsatadi. Daryo va ko‘l bo£ylarida
o‘rmonzorlar bolgan, odamlar suv yoilarini kechib o‘tishda daraxt
shohlaridan yasalgan sollardan foydalangan.
Janubiy mamlakatlarda, masalan, Qadimgi Misrda ko‘p
asrlar
davomida papirus (Afrikada o ‘sadigan buta) dan yasalgan yengil
qayiqlardan foydaianganlar. Bunday qayiqlar suvda yaxshi turgan
va ko‘p yuk ko‘tarishga moslashgan. Bunday qayiqlar nafaqat Nil
daryosida, balki 0 ‘rta yer dengizida ham harakatlangan.
Qayiqni harakati anti rishda oldinlari
oddiy tayoqdan foyda-
langanlar, keyinchalik tezlikni sezilarli darajada oshirishga yordam
beruvchi, yuzaga ega bolgan eshkaklardan foydalana boshlangan.
Eramizdan 3000 yil oldin Misrda yigirmata va undan ko£p eshkak
eshuvchilar joylashadigan qayiqlardan foydaianganlar.
0 £rta asrlar oxirlarida ayrim shaharlarda professional olib o'tuvchi
eshkak eshuvchilar faoiiyati boshlandi.
Eshkak esliish sport sifatida Angliyada XVIII asr boshlarida keng
tarqala boshladi. Bu paytda orollarda joylashgan London shahrida
ko‘priklar bolm agan va suvda olib o ‘tish
qurilmalari xabar alma-
shishning yagona vositasi bo'lgan. Qayiqlar va olib o'tuvchilaming
tayyorgarligini tekshirish maqsadida hukumat 1716-yildan boshlab
10
har yili musobaqalar o ‘tkazishni yo‘lga qo‘ygan. Musobaqalarda
g‘olib bo‘lgan olib o ‘tuvchi eshkak eshuvchining rasmi tushirilgan
qizil bog'ichni qo‘1ga kiritgan. Bunday belgi nafaqat olib o‘tuvchining
o ‘zini, balki u ishlaydigan olib o'tish
maskanining egasini ham
tanitishga imkon berardi. Angliyada eshkak eshish sporti juda
ommalashib ketdi, ammo bu musobaqalarda turmush tarzi eshkak
eshish bilan bog‘liq bo‘lgan professional eshkak eshuvchilar
qatnashardi (1 -rasm).
l-rasm.
Qayiqiardagi ilk musobaqalar
Do'stlaringiz bilan baham: