QО‘L TО‘PI О‘YIN TAKTIKASI
О„yinda muvaffaqiyatga erishish asosan tug„ri harakat qilishga bog„liq.
Buning uchun о„yinni boshqarishda xilma-xil taktik vositalardan foydalanmoq
kerak.
Taktika deganda, о„yinchilarni raqib ustidan g„alaba qozonishga qaratilgan
shaxsiy yoki jamoa harakatlari tashkil qilinishi, ya‟ni jamoa о„yinchilarining
muayyan rejaga binoan aynan shu, aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib
borishga imkon beradigan birgalikdagi harakatlarni tushinish kerak.
Taktikadagi asosiy vazifa hujum va himoya harakatlarining maqsadga
erishtira oladigan eng qulay vosita, usul va shakllarni belgilashdan iborat.
Qanday taktikani tanlash har bir alohida holda jamoa oldida turgan
vazifalarga, kuchlar nisbati va о„yinchilarning о„zaro kurashuvchi guruhlariga,
maydonning ahvoliga, iqlim sharoiti va hokazolarga bog„liq.
Qо„l tо„pi о„yinida kо„p martalab hujumdan himoyaga va himoyadan
hujumga о„tishdan iborat bо„lgani uchun ham, tabiiyki , har qaysi jamoaning
hujum va himoya harakatlari uyushgan bо„lishi kerak.
Taktika uchrashuv vaqtida butun о„yin faoliyatining asosiy mazmuni
hisoblanadi. Aniq raqibga qarshi tо„g„ri tanlangan kurash taktikasi muvaffaqiyat
qozonishga yordam beradi, notо„g„ri tanlangan yoki uchrashuv mobaynida
asqotmagan taktika esa odatda mag„lubiyatga olib keladi.
Qо„l tо„pi о„yinida taktika bilan texnika bir –biriga chambarchas bog„lanib
ketgan bо„ladi. Tо„pni kimga va qanday uzatishni, raqibni dog„da qoldirish usuli
tо„p bilan himoyani yorib о„tishni ishlatish kerakmi yoki tо„pni sherigiga uzatish
ma‟qulmi, darvozaga qaysi paytda tо„p otishni hal qilayotgan о„yinchi taktik –
tafakkuridan foydalaniladi, qilmoqchi bо„lgan harakatini amalga oshirayotganda
esa u texnik mahoratini namoyish qiladi. Demak, texnika о„yinchining taktik
rejalarini amalga oshirish vositasi bо„lib hizmat qiladi. Texnik tayyorgarlik a‟lo
darajada bо„lsagina xilma- xil taktik harakatlarini bajarish mumkin.
Kuchi teng jamoalar uchrashuvidagi g„alaba kо„pincha mag„lub bо„lganlarda
iroda kamlik qilgani yoki jismoniy va texnik tayyorgarlik bо„sh bо„lgani sabab
qilib kо„rsatiladi. Lekin qо„l tо„pi о„yinidagi g„alaba kо„pincha taktik rejalar
kurashi bilan belgilanadi. Taktika ikki jamoaninng jismoniy, texnik va irodaviy
tayyorgarlikdagi darajalari teng bо„lganda, ulardan birini g„alaba qilishini
ta‟minlab beradigan muhim omildir. Oldindan mukammal о„zlashtirib ishlatilgan
taktika muvaffaqiyat keltira oladi. Ba‟zi jamoalar har qanday raqibga qarshi
о„ynaganda ham bir xil taktika ishlataveradilar. Taktik jihatdan bunday
qashshoqlik, bir xillik mahoratning о„sa borishiga tо„sqinlik qiladi. Har bir jamoa,
ayniqsa, yuqori malakali jamoa xilma – xil taktik rejada о„ynay bilishi kerak , aks
holda u, ayrim yutuqlari bо„lishiga qaramay, musobaqalarda katta yutuqlarga
erisha olmaydi.
О„quv-mashg„ulot jarayonida taktik tayyorgarlikka jiddiy e‟tibor beriladi.
Xar bir о„yinchi va umuman jamoa harakatlarning xilma-xil variantlarini
mukammal egallagan bо„lishi lozim.
Hujum va himoyada qо„llaniladigan taktik harakatlar qarama-qarshi
vazifalarni yechish uchun qо„llaniladi. Shuning uchun taktika ikki katta turkumga
hujum taktikasi va himoya taktikasiga ajraladi.
HUJUM TAKTIKASI
Hujum о„yinni hal qiluvchi omildir, ya‟ni muvoffaqiyat qо„pincha uning
oxirgi natijasiga bog„liq bо„ladi. Hujumning mutlaqo yagona maqsadi bu
raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va darvozaga tо„p otishda shaxsiy
qarshilikni yengishdir. Hozirgi kunda qо„l tо„pi о„yini hujumning tez-tez va qisqa
vaqt davomida uyushtirilishi bilan tafsiflanadi. Zamonaviy qо„l tо„pi о„yinida
himoyadan hujumga о„tish tezligi, taktik kombinatsiyalarni bajarish tezkorligi va
aniqligi oshdi. Buning natijasida texnik usullarning bajarilish vaqti qisqaradi.