Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

7.Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. 
Yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishi shart hisoblanadi: 
1) soliq davri tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati 
organlariga daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida (asosiy ish joyi 
bo‘yicha daromadlar olgan jismoniy shaxslardan tashqari) belgilangan shaklda 
ma‘lumotnoma taqdim etishi shart, unda quyidagilar aks ettiriladi: 
- soliq to‘lovchining – jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami; 
- soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi 
manzili; 
- o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha daromadlarning umumiy summasi va 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy 
summasi; 
- soliq agentining identifikatsiya raqami; 
- soliq agentining nomi, joylashgan eri (pochta manzili);
2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kuniga qadar, 
yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat 
soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari 
hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan 
summalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni belgilangan shaklda taqdim etishi shart. 
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‘lov manbaida ushlab 
qolinganda soliq jamg‘arib boriladigan tizimda qatnashuvchi fuqarolarning shaxsiy 
jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga belgilangan tartibda hisoblab 
yozilgan badallar chegirilgan holda quyidagi muddatlarda to‘lanadi:


42 
a) daromad to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq 
summasi shu maqsadlarda pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlar taqdim 
etish bilan bir vaqtda byudjetga o‘tkaziladi; 
b) to‘lovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar 
bajarish yoxud xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumdan to‘lovchi yuridik shaxslar 
tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi to‘lov amalga oshirilgan oy 
tugaganidan keyin besh kun ichida byudjetga o‘tkaziladi. 
Bankda hisobraqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan jismoniy 
shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‘lash sanasi soliq to‘lovchi 
hisobraqamidan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun, boshqalar, shu jumladan 
jismoniy shaxslar uchun esa - mablag‘lar kredit muassasasining kassasiga 
o‘tkazilgan kun hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning hisob-kitob varag‘idan soliq 
summasi jismoniy shaxs tomonidan to‘langanda, to‘lov sanasi jismoniy shaxs 
hisobraqamidagi mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun hisoblanadi. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqarilgan jismoniy 
shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan 
muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Jismoniy shaxslarning daromadiga 
solinadigan soliqning yil mobaynida to‘lab borilgan summalari tegishli hisobot yili 
uchun soliq to‘lovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga o‘tkaziladi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish