Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
O'zbekiston Respublikasining Davlat soliq xizmati to'g'risidagi
qonuni. «Xalq so'zi» gazetasi. 1997 yil, 29 avgust
2.
O'zbekiston
Respublikasining
Soliq
kodeksi:
Rasmiy
nashr.T.:“Adolat”, 2014 y.
3.
Gadoyev E, Kuziyeva N. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv
qo’llanma, –T.: "EL PRESS", 2011 yil – 240 b.
4.
Gadoyev E, Kuziyeva N. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. Darslik. –
T.: “O’zbekiston”, 2012. - 336 b.
5.
Vahobov A.V, Jo'rayev A.S. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik.–T.:
“Sharq”, 2009. - 448 b.
6.
A.Jo’rayev, M.Usmanova, Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv
qo’llanma, –T.: “Sano-standart”, 2015. - 216 b.
7.
Usmanova M.S. Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida
soliqqa tortish muammolari. Monografiya.- T.: “Tamaddun”, 2013 y.144 b.
59
5-MAVZU: TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUG’ULLANUVCHI
JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH
Reja:
1. Tadbirkorlik tushunchasi va mohiyati.
2.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat’iy belgilangan soliqni qo’llashning
o’ziga xos xususiyatlari.
3. Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
tomonidan qat’iy belgilangan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari.
4. Qat’iy belgilangan soliq bo’yicha berilgan preferentsiyalar
.
Tayanch so’zlar:
tadbirkorlik, qat’iy belgilangan soliq, yakka tartibdagi
tadbirkorlar, preferentsiyalar
,
savdo faoliyati.
1.Tadbirkorlik tushunchasi va iqtisodiy mohiyati
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha
aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo’yicha
mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
“Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi qonunida tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik-
mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy
javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat
ko’rsatishdir”.
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning sub’ekti kim bo’lishi mumkin. O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
to’g’risidagi Qonuniga muvofiq balog’at yoshiga etgan har bir fuqaro o’z mulki
asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o’z ixtiyor etgan Qonunga zid
bo’lmagan faoliyat turi bilan shug’ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni
ifoda etilgan bo’lib, u mazmunan boy, xilma xil ko’rinishiga ega. Tadbirkorlik
faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat,
jamiyat ahamiyatiga molik ish bo’lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3
guruhini alohida ko’rsatish mumkin:
1)
yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi
bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug’ullanadi.
60
2)
tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar.
3)
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan
shug’ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi,
sog’liqni saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1.
Shug’ullanayotgan soha bo’yicha ilm, bilimga egaligi.
2.
Tavakkalchilikka
asoslangan
qarorlar
qabul
qilish
buyicha
tashabbuskorlik qobiliyati.
3.
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.
4.
Qonunlarga itoatkorligi.
5.
Innovatsiyachilikning faolligi.
6.
Maqsad sari intiluvchanlik.
7.
Tashkilotchilik.
8.
Tejamkor bo’lishi.
9.
O’z so’zining ustidan chikish.
10. Ruxiy poklik va xalolligi.
11. O’z jamoasi uchun kurashuvchanlik.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
1.
Mulk munosabatlarining uygunlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
mulkiy munosabatlar uch jixat bilan belgilanadi: -
egalik qilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to’la xukumronlik qilish:
sotish, ijaraga berish, xadya etish;
foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va
to’lov evaziga mulkdan vaktincha foydalanish;
operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida
resruslarni taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish buyicha mulkni
boshqarish xuquqini joriy etish.
2.
Tadbirkorlarga o’z qobiliyatini tula namoen etish uchun quyidagi
iqtisodiy erkinliklarning berilishi.
mahsulot assortimenti turlarini va ishlab chiqarish usulini tanlash
erkinligi;
hamkorliklarni mustaqil tanlash;
mablag’larni qonunga zid bulmagan soxalarga mustaqil sarflash erkinligi
va x.k.;
3.
Bozorning ochikligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi,
xom ashe xarakati uchun sun’iy g’oyalarning yukligi.
61
4.
Bozor infratuzilmasining mavjudligi.
Bunga quyidagilar kiradi:
tijorat banklari;
tovar, fond, mexnat, valyuta birjalari;
tijorat tavakkalchiligi va mulk sug’urtasi;
ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloka
vositalari;
ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati
tashkilotlari, arbitrajlar va x.k.
5.
Tadbirkorlik uchun xuququiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni
ximoyalovchi Qonunchilikning mavjudligi.
6.
Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to’lash, tabiiy
boyliklardan foydalanish buyicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik
biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
farmonida ko’rsatilishicha: xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni
rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish kichik va xususiy
tadbirkorlik faoliyati soxasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy
sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida;
2004 yilning 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik sub’ektlari toifasiga
quyidagilar kiradi:
1. yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2. xodimlarning o’rtacha yillik soni band bulgan mikrofirmalar:
- ishlab chiqarish tarmoqlarida – 20 kishidan oshmagan;
- xizmat kursatish soxasi va boshqa ishlab chiqarishga alokador bulmagan
tarmoqlarda - 10 kishidan oshmagan;
3. xodimlarning o’rtacha yillik soni band bulgan kichik korxonalar:
- yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik,
yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati - 100
kishidan oshmagan;
- mashinasozlik, metallurgiya, yokilgi-energetika va kime sanoati, qishloq
xujaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-
ishlab chiqarish soxalari – 50- kishidan oshmagan;
- fan, ilmiy xizmat kursatish, transport, aloka, xizmat kursatish soxasi, savdo
va umumiy ovkatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga alokador bulmagan
soxalar - 25- kishidan oshmagan kichik korxonalar.
Yuqorida ko’rsatib utilgan mikrofirma va kichik korxonalarga amaldagi
qonunchilik bilan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan soliq
imtiyozlari va preferentsiyalari tatbik etiladi.
62
Xozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik soxasiga
xorijiy sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korxonalar va
korxonalar tashkil etilib, maqbul sharoitlar yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |