Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

(brain drain)
yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Bu shu bilan bog‘liq ediki, fan-texnika 
taraqqiyoti hozirgi zamon mehnat migratsiyasi omillari ichida yetakchi rol o‘ynadi, uning 
taraqqiyoti rivojlangan davlatlarda malakali chet el ishchi kuchiga bo‘lgan talabni ko‘p jihatdan 
belgilab berdi. 
Yangi ishlab chiqarishning fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq tarmoqlarini 
shakllantirish yuksak rivojlangan mamlakatlarda 50-60-yillarda malakali ishchi kuchiga 
talabning oshishiga olib keldi.
Zero, bu davrda malakali mehnat resurslariga bo‘lgan talab asosan mahalliy aholi 
hisobiga qondirildi. Lekin bunday ishlab chiqarishlar juda oz edi. Ko‘pgina boshqa sohalarda 
qo‘l mehnati saqlanib qolgan, oqibatda, ishlab chiqarish tarmoqlarining malakali ishchilarga 
bo‘lgan talabining ortishi natijasida ishchi kuchining bu tarmoqlarga ko‘chib o‘tishi yuz berdi. 
Jismoniy kuch ko‘p talab qilinadigan, ish haqi nisbatan kam to‘lanadigan bo‘shab qolgan ish 
joylariga esa sustroq rivojlangan mamlakatlardan ishchi kuchlari jalb qilina boshlandi (iqtisod 
rivojidagi pog‘onalilik).
Fan-texnika taraqqiyotining yangi bosqichida bunday mexanizm o‘zgardi. G‘arbning 
gurkirab rivojlanayotgan yetakchi mamlakatlarida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish natijasida 
malakasiz ishchi kuchiga bo‘lgan talab ancha kamaydi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti 
yuksak malakali kadrlarga; muhandisga, mutaxassislarga, ilmiy xodimlarga bo‘lgan talabni 
ancha oshirib yubordi. Lekin malakaviy ta’limning mavjud tizimi talabni to‘la qondira olmaydi, 
bunga bo‘lgan ehtiyoj ko‘pincha boshqa mamlakatlardan kadrlar import qilinishi hisobiga 
ta’minlanardi. Shuning uchun chet el ishchi kuchi tarkibida tayyorlangan mutaxassislar ulushi 
tobora orta bordi. Masalan, GFRga chiqib ketgan turk ishchilarining umumiy sonida malakali 
ishchilar 1970 yilda 27%, 1976 yilda esa 73% ni tashkil etdi.
Shunday qilib, agar rivojlangan mamlakatlarda qo‘shimcha "qo‘llarga" bo‘lgan talab 
keyingi yillarda pasaygan ekan, bu hech ham "aqlli-idrokli" odamlarni import qilish kamaydi, 
degan ma’noni anglatmaydi.
Mehnatkashlarning xalqaro migratsion oqimlariga oliy ilmiy unvonlar, diplomlar va 
bilimlarga ega bo‘lgan minglab olimlar, muhandislar, iqtisodchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar va 
boshqa mutaxassislar kelib qo‘shilyapti.
Birgina 1993 yilning o‘zida AQSHga chet eldan 23,5 ming immigrant olim va 
muhandislar keldi. Immigrantlar safida ilgari ko‘rilmagan ishchi kuchlari turining paydo bo‘lishi 
uning safarbarligiga, hatto, o‘sha aholi ko‘chib yurishining harakat-lantiruvchi kuchlari qatoriga 
ko‘plab yangi immigrantlarning kelib qo‘shilishini anglatardi.
Jumladan, an’anaviy sabablar bilan (ish haqi, turmush sharoiti, siyosiy, irqiy, milliy va 
boshqa sabablar) bir qatorda, ilmiy tadqiqotlar uchun sharoitning yo‘qligi, olimlar, 
kashfiyotchilar, konstruktorlar va boshqalarning haq-huqukdari, ularni mukofotlash, 
taqdirlashdagi juda katta farqlar singari sabablar ham bor edi. Hisob-kitoblarga qaraganda, 
rivojlanayotgan mamlakatlar 70-yillarda AQSHda terapevt va xirurglarning har yilgi o‘sishining 
25-50%i, olimlarning 20%i, muhandislarning 25-50%ini ta’minlab topgan. Masalan 80-
yillarning boshlarigaga kelib, Buyuk Britaniyada arab mamlakatlaridan salkam 600 olim, 6,4 
ming shifokor va 45 mingdan ortiq universitet ma’lumotiga ega kishilar ishlagan. 


80-yillarning o‘rtalarida AQSH va G‘arbiy Yevropada ishlagan Eron shifokorlarining 
soni o‘zlaridagiga qaraganda ko‘p edi. 40 mln. eronlikka 15 ming kishi to‘g‘ri kelardi. Holbuki, 
16 ming Eron shifokori AQSHda, 5 minga esa G‘arbiy Yevropada ishlardi.
70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshida AQSHdagi muhandislar orasida chet elliklar 
ulushi 10% ga, shifokorlar orasida 24%ga yetgan edi. Qizig‘i shundaki, milliy akademiya 
a’zolarining 23%i, Nobel mukofoti sovrindorlarining 33%i AQSHga kelgan muxojirlardir.
1983 yildan 1988 yilgacha Buyuk Britaniyadan tarix, falsafa, siyosiy fanlar va fizika 
sohasidagi 200dan ortiq yirik mutaxassislar AQSHga muhojirlar sifatida kelishgan. Bunga sabab 
- ish haqining pastligi (AQSHdagiga qaraganda 3 barobar kam), o‘z vatanida ishchi kuchining 
qisqarishi, ilm bilan shug‘ullanish uchun sharoitning ko‘ngildagidek emasligi. 90-yillarning 
o‘rtacharida Nyu-York universitetining har 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish