Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


SEMINAR MASHG‘ULOTI REJASI



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

SEMINAR MASHG‘ULOTI REJASI 
 
1. Kapital migratsiyasining mohiyati va asosiy shakllarini tushuntiring. 
2. Bevosita va portfelli investitsiyalarning mohiyati, xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalarini 
tushuntiring. 
3. Kapitalni chetga olib chiqarishning asosiy sabablari qanday va nima uchun o‘zgaradi? 
4. Kapitalni jamg‘arish va chetga chiqarish jarayonlarida hozirgi tendensiyalarning xususiyatlari 
va sabablarini tavsiflang. 
ADABIYOTLAR 
 
1. Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lida izchil borish — 
asosiy vazifamiz. "Xalq so‘zi", 2004 yil. 10 fevral. 
2. 
Авдокушин
Е
.
Ф

Международные
экономические
отношения

М
., 1998. 
3. 
Ломакин
В
.
К

Мировая
экономика

М
., 
Финансы

ЮНИТИ
. 1998. 
4.
РаджабоваЗ
.
К

Мировая
экономика

М
„ 
ИНФРА
. 2004. 
5.
Рибалшн
В
.
Е

Международные
экономические
отношения

М
., 1998. 
6.
Семёнов
В
.
Е

Международные
экономичекие
отношения

М
., 1998. 
7.
Тэор
Т
.
Р

Мировая
экономика
— 
СП

Питер
, 2001. 
8. World Investment Report, UN, 1997-2000. 
9. Trade and Development Report, 2000, UN, New York, 2000. 
10. Salvatore Dominic. International Economics. Fifth Ed. USA, New Jersey, 1995. 
 
 
5-BOB ISHCHI KUCHINING XALQARO MIGRATSIYASI 
 
Ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining sabablari va evolutsiyasi 


Odamlarni bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko‘chib yurishga undovchi sabablar 
juda ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa omillarga bog‘liq. Ularning birga qo‘shilib 
ketishi va birinchi o‘ringa chiqishi ham turli mamlakatlar va mintaqa, ham vaqtiga qarab 
farqlanadi. Hozirgi sharoitda eng ko‘p tarqalganlari quyidagilar: 
1) Teng mehnat uchun to‘lanadigan ish haqidagi milliy farqlar; 
2) dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalaridagi aholining o‘sish nisbati bir xil 
emasligi; 
3) siyosiy, ijtimoiy, milliy-irqiy, diniy va boshqa sabablar. 
"Aholi migratsiyasi" tushunchasi odamlarning ma’lum hududlar chegarasidan o‘tib, 
boshqa yerlarga joylashishini va muhim turar-joyini o‘zgartirishi yoki shu yerga qaytib kelishini 
bildiradi.
Bundan tashqari, xalqaro (tashqi) migratsiya ham mehnat qilish uchun, oilaviy, turistik va 
hokazo shakllarda namoyon bo‘ladi.
Shundan kelib chiqqan holda, avvalo xalqaro mehnat migratsiyasi muammolari, jahon 
bozorlari, xususan, mahsulot, xizmat turlari, kapital bozorlari qatori mavjud bo‘lgan xalqaro 
ishchi kuchi bozorining rivojlanish jarayonlari e’tiborga sazovor. Ishchi kuchi bir mamlakatdan 
ikkinchi bir mamlakatga o‘tar ekan, u tovar sifatida o‘zini bozorga soladi, xalqaro ishchi kuchi 
migratsiyasida ishtirok etadi. 
Hozirgi zamon xalqaro mehnat bozorida ishchi kuchi milliy hududlardan oshib o‘tib, turli 
oqimlarga bo‘linib ketishini nazarda tutadi. Shu tariqa xalqaro mehnat bozori milliy, mintaqaviy 
ishchi kuchi bozorlarini birlashtiradi va ishchi kuchi migratsiyasi shaklida namoyon bo‘ladi.
Mehnat resurslarining xalqaro migratsiyaga olib keladigan eng muhim ro‘kachlar va 
sabablar orasida iqtisodiy va noiqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli omillari mavjud.
Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sabablar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1) Biror-bir mamlakatda iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoat taraqqiyoti darajasidagi 
tafovutlar (amaldagi tajriba shuni ko‘rsatadiki, ishchi kuchi asosan tur-mush darajasi past 
bo‘lgan mamlakatlardan darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga migratsiya qiladi);
2) ish haqi mikdoridagi millatlararo farq;
3) ayrim mamlakatlarda, avvalo, kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lgan 
surunkasiga ishsizlik; 
4) kapitalning xalqaro harakati hamda xalqaro korporatsiyalar faoliyati (ma’lumki, 
korporatsiyalar yo ishchi kuchini kapitalga yaqinlashtiradi, yoki o‘z kapitalini mehnat resurslari 
ko‘p bo‘lgan mintaqalarga olib boradi), ishchi kuchining kapital bilan birlashib ketishiga 
ko‘maklashadi.
Mutaxassislar ishchi kuchining noiqtisodiy migratsiya sabablari qatoriga siyosiy, milliy, 
diniy, irqiy, oilaviy va boshqa jihatlarni birga qo‘shib izohlaydilar. 
Keyingi paytlarda aloqa vositalari, transportda ro‘y bergan sezilarli rivojlanish, o‘z 
navbatida, hozirgi zamon xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini ancha kuchaytirib yubordi.
Mamlakatlararo ishchi kuchi migratsiyasining bugunga tarixi uning bir necha muhim 
yo‘nalishlarini aniqlashga imkon beradi.
Bular kuyidagilardan iborat:
1) Rivojlanayotgan mamlakatlardan sanoati rivojlangan mintaqalarga migratsiya; 
2) sanoati rivojlangan mintaqalar doirasida migratsiya; 
3) rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ishchi kuchi migratsiyasi; 
4) sobiq sotsialistik mamlakatlardan sanoati rivojlangan mamlakatlarga ishchi kuchi 
migratsiyasi (rivojlanayotgan mamlakatlardan sanoati rivojlangan mamlakatlarda bo‘layotgan 
migratsiya kabi);
5) sanoati rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga ilmiy xodimlar, 
malakali mutaxassislar mifatsiyasi. 
Migratsiya sabablari, uning ijtimoiy strukturasi tarixiy ko‘chib yurish xarakteriga ega, 


ya’ni u ko‘pgina ichki va tashqi omillarga bog‘liq.
Masalan, XIX asrning 60-yillari oxirlarigacha dunyoning yetakchi kapitalistik 
mamlakatlaridagi sanoat rivoji tufayli ko‘proq sanoat ishchilari xalqaro migratsiyasi yuz bergan. 
U "eski migratsiya" nomini olgan.
XIX asrning uchinchi choragi va XX asrining birinchi yarmida migratsion oqimlarga 
xonavayron bo‘lgan dehqonlar ommasi - "yangi migratsiya" kelib qo‘shildi va yetakchi rol 
o‘ynadi. Bu bosqichni bir tomondan, agrar sektoridagi tanglik, ishlab chiqarishning iqtisodiy 
munosabatlardagi o‘zgarishlari. Ikkinchi tomondan, sanoat ko‘lamining ortishi va shunga tegishli 
ravishda malakasiz ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘sishi keltirib chiqargan edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin 100 minglab ziyolilar vakillarining xalqaro mehnat 
migratsiyasiga kelib qo‘shilishi - "aqlli-idrokli odamlarning boshqa yurtlarga o‘tib ketishi" 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish