12-mavzu. Mustaqillik-yillarida qoraqalpog’iston respublikasi reja


О’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining barpo



Download 438,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana11.01.2023
Hajmi438,68 Kb.
#898775
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-мавзу

О’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining barpo 
etilishi. 
Qoraqalpog’iston jamoatchiligining О’zbekiston tarkibida davlat mustaqilligi va 
respublika maqomining huquqiy asosga ega bо’lishga intilishi О’zbekistonning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov tomonidan qо’llab-quvvatlandi. 
1990- yi l 14-dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining IV 
sessiyasida 
«О’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat suvereniteti 
tо’g’risida Deklaratsiya» qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan 
«О’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari tо’g’risida»gi Qonunda о’zining huquqiy 
asosini topdi. Unda Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. 
1991-yil 11-noyabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan 
Qoraqalpog’iston Respublikasining Prezidenti lovozimi joriy qilinadi. Ushbu lavozimni 
Davlatboy Shamshetov egalladi. Ammo bu lavozim 1992-yil 20 iyunda tugatildi va uning о’rnida 
Qoraqalpog’iston Jо’qorg’i Kengesi Raisi lavozimi joriy qilindi. 


1992-yil 9-yanvarda Qoraqalpog’iston Respublikasi qayta tashkil etildi. 
Har ikki respublika о’rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar 
О’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (XVII bob, 70-75-moddalar) о’z aksini topdi. 
Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining о’z taqdirini о’zi belgilash, 
mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy 
ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga 
ega bо’ldi. 
Bundan tashqari О’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilanganidek, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi О’zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi (70- 
modda). 
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarosi ayni 
paytda О’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga О’zbekiston 
xalqlarining barcha huquqlaridan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va 
erkinliklarini kafolatlaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator huquqiy 
imkoniyatlar yaratildi. Masalan, О’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va О’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzurida Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy vakilligi mavjud. 
О’zbekiston Konstitutsiyasining 86-moddasida mustahkamlab qо’yilganidek, O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o’rinbosarlaridan biri Qoraqalpog’iston 
Respublikasining vakili bo’ladi. 
О’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog’iston 
Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bо’yicha О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa О’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy 
sudi, Oliy xо’jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasining xuddi shunday sud 
organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari о’zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib 
boriladi (115-modda). 
Konstitutsiyaning 71-moddasida belgilab qо’yilganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi 
о’z Konstitutsiyasiga ega bо’lmog’i kerak. Ana shu huquqiy asosga kо’ra Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Oliy Kengashi о’zining XII sessiyasida 1993-yil 9 aprelda Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi 
О’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hech qanday mone’lik qilmaydi, aksincha, uni bosh 
huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog’iston hududida tо’la amal qilishini ta’minlaydi. 
О’zbekiston Respublikasi Qonunlari Qoraqalpog’istonning butun hududida majburiy 
ekanligi e’tirof etilgan. 
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi о’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday 
insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bо’ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning 
barcha davlat ramzlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining 
1992-yil 14-dekabrda bо’lib о’tgan XI sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i, 1993-yil 9-
aprelda bо’lib о’tgan XII sessiyasida Davlat tamg’asi, 1993-yil 4-dekabrda bо’lib о’tgan XIV 
sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy 
Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika 
parlamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi Jо’qorg’i Kengesi deb ataldi. Jо’qorg’i Kengesning 
1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bо’lib о’tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida 
Jо’qorg’i Kenges Raisi, uning о’rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qо’mita raislari va uning 
a’zolari saylandi. Ayni paytda deputatlar qо’mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik 
tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. 
Xususan, demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga 
mо’ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jо’qorg’i Kenges Raisi qoshida doimiy 
harakatdagi Kengash tashkil qilingan bо’lib, uning tarkibiga Jо’qorg’i Kenges Raisi, rais 
о’rinbosarlari, Vazirlar Kengashi raisi, mandat komissiyasi va qо’mitalar raislari kiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. 
Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi о’rinbosar va 4 ta tarmoq о’rinbosarlari kiradi. Shuningdek


ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qо’mitalari rahbarlari ham kiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida О’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi qoshida о’zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega. 
Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat kо’rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu 
yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda 
respublika hududida hukumatga qarashli bо’lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va 
Amudaryoni himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», «Aral-808», «Sog’lom avlod uchun» 
singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bо’limlari ish olib bormoqda. 
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash joizki, istiqlol-yillarida Qoraqalpog’istonda qonunchilik, 
ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar 
qо’yilgan bо’lsada, hali bu borada qator muammolar saqlanib qolmoqda. 
1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bо’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jо’qorg’i 
Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida 
davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan Qonun va 
qarorlarni hayotga tо’la tadbiq qilishda, ijroiya intizomini qaror toptirishda hali jiddiy 
kamchiliklar borligi qayd qilindi. 
Sessiyada Qoraqalpog’iston boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi 
rо’yrost kо’rsatib о’tildi. Jumladan, Jо’qorg’i Kenges va Vazirlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-
birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik
hujjatbozlik, bо’lar-bо’lmas ma’lumotlar tо’plash kabi nuqsonlar tilga olindi. Kadrlarni tanlash 
va joy-joyiga qо’yishdagi rasmiyatchilik va tо’rachilik illatlariga barham berish alohida 
ta’kidlandi. Jо’qorg’i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va о’tmish sarqiti hisoblangan - 
shо’rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani, Jо’qorg’i Kenges qо’mitalari 
faoliyati о’z maqomiga va о’z oldiga qо’ygan vazifalarga mos kelmayotgani, ishlab chiqarishga 
doir muammolar bilan о’ralashib qolayotgani kо’rsatib о’tildi. Uchala hokimiyat organi – 
Jо’qorg’i Kenges, Ijro hokimiyati - Vazirlar Kengashi va sud hokimiyati о’z maqomi doirasida 
ish olib bormog’i lozimligi ta’kidlandi. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi. 
Qoraqalpog’istonda mustaqillik davri odimlari. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot. О’zbekistonda olib 
borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda kо’p millatli Qoraqalpog’iston xalqining, 
ana shu mо’tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor. 
Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud bо’lib, ular 
quyidagilardan iborat: elektroenergetika: yoqilg’i sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashinasozlik 
va metallsozlik; о’rmon, yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog’oz; unyorma va aralash yem; 
poligrafiya sanoatlari. 
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qо’shni viloyatlarning elektr 
energiyasiga bо’lgan talabini qondiradi (stansiyaning о’rtacha-yillik quvvati 443,4 MVt). 1996-
yilda Kо’ng’irot tumanida «Ustyurtgaz» korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilg’i sanoati 
vujudga keldi. 2004-yilda respublika bо’yicha 1697,1 mln. m
3
gaz va 30,4 ming t kondensat 
yetkazib berildi. 1993-yilda «Nukuskabel» ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. 
Mustaqillik-yillarida Qо’ng’irot un zavodi (1993), «Tо’rtkо’ldon» (1997), kichik novvoyxonalar va 
makaron i.ch. korxonalari bunyod etildi. 
Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip yigiruv va 
tо’qimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yog’moy zavodlari, tо’qimachilik korxonasi), 
Qо’ng’irot tumanida (paxta, unyorma zavodlari, «Ustyurtgaz»), Tо’rtkо’l tumanida (paxta un 
tortish zavodlari), Xо’jayli tumanida (paxta, yog’moy, ta’mirlashmexanika va g’isht zavodlari), 
Chimboy tumanida (paxta, yog’moy, unyorma zavodlari), Ellikqal’a tumanida (paxta zavodi, 
«Elteks» aksionerlik jamiyati va «Yuniver» qо’shma korxonasi), shuningdek, Nukus 
shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, «Kateks», «Nukus non», «Daunt» korxonalari, 
unyorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va Taxiatosh shahrida (ta’mirlashmexanika va 
unyorma zavodlari) faoliyat kо’rsatadi. 
Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilg’isi, ohaktosh, qoplama materiallar, yig’ma 
temirbeton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikkuvchilik mahsulotlari, tо’qimachilik 


galantereyasi, о’simlik moyi, gо’sht va gо’sht mahsulotlari, non, qandolatchilik va makaron 
mahsulotlari, un, yorma va b. ishlab chiqarish yо’lga qо’yilgan. 
Qishloq xо’jaligi asosan, paxtachilik, g’allachilik (sholi va bug’doy yetishtirish) va 
chorvachilik (gо’sht, sut, qorakо’lchilik)dan iborat. Qishloq xо’jaligining yalpi mahsuloti hajmida 
paxta 22.4%, g’alla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004-yil umumiy 
ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga 
paxta, 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi. 
Chorvachilik, asosan, gо’sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005-yilda barcha 
toifadagi xо’jaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qо’y va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 
ming ot boqildi. 
О’zbekiston hukumati Qoraqalpog’iston Respublikasini har tomonlama qо’llab- 
quvvatlamoqda. 1996-yili О’zbekiston Davlat byudjetidan Qoraqalpog’istonni rivojlantirish 
uchun 10 milliard sо’m mablag’ ajratildi. Bu Qoraqalpog’iston milliy daromadining 55 foizini 
tashkil qiladi. 
Qoraqalpog’istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori ham о’sib bormoqda. 
Bugungi kunda О’zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog’istonga berilayotgan subvensiya, 
ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq sо’mni yoki butun Qoraqalpog’iston 
byudjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. О’zbekiston hukumatining amaliy yordami 
hamda qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi-yillarda Qoraqalpog’istonda aholi 
turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy 
natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan 
yurt istiqboli yо’lida mehnat qilishga sharoit yaratildi. 
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bо’la boshladi. Ishlab chiqarish va 
xizmat sohasida nodavlat sektorining hissasi oshib bordi. Ayni paytda sanoat, qishloq xо’jaligi 
va savdoda bu kо’rsatkich 80-90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa 
yо’nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida ham 
jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar 
ham faoliyat kо’rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoatqurilish banklari ixtisoslashtirilgan 
hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. 
Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug’ullanuvchi hissadorlik 
uyushmalari keng faoliyat kо’rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va 
ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng 
huquqliligini ta’minlash choralari kо’rildi. 
Qoraqalpog’istonda 1996-yili 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan, 2 ta savdo uyi, 13 
ta mayda ulgurji savdo dо’konlari va omborlar, 17 ta kо’tara savdo bozor hamda О’zbekiston 
tovar xom ashyo birjasining Qoraqalpog’iston bо’limiga qarashli 19 ta supermarket dо’konlari 
faoliyat kо’rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bо’lgan ma’lumotlarga qaraganda
xususiylashtirishdan tushgan mablag’larning umumiy hajmi 330 million sо’mni tashkil etdi. 
Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi, 50 foizi esa tadbirkorlarni qо’llab- 
quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog’iston 
Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qо’mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va 
tadbirkorlarni qо’llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million sо’m kredit ajratdi. 
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda respublika fond 
birjalari filiallarida 191,6 million sо’mlik aksiyalar sotildi. Uzbekiston Respublikasi 
Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog’ozlar 
bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda о’z samaralarini bera boshladi. 
1997-yil 1 yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta 
aksionerlik jamiyatlari rо’yxatga olindi. 1996-yil yakuniga kо’ra ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmi 10.355,7 million sо’mlikni tashkil etdi, bu 1995-yilga nisbatan 2,2 marta kо’pdir. 
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga о’sdi. 
144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga о’tib 


ishlay boshladi, jumladan, xususiy korxonalar 20, jamoa korxonalari 50, davlat aksionerlik 
jamiyatlari 41, qо’shma korxonalar 2 ta bо’ldi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda 
mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Ular bozor iqgisodiyoti sharoitida 
ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi о’sa 
boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4 million sо’mlik sanoat mahsuloti 
ishlab chiqarildi, bu solishtirma narxlarda olganda 1995-yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil 
etadi. 
1991-1996-yillarda natura kо’rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham kо’paydi, xususan, 
past voltli apparaturalar, yо’l qurilishi mashinalari ehgiyot qismlari, yengil sanoat texnologik 
uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir. 
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol 
mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish kо’paydi. 
1996-yilda yig’ma temirbeton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar 
tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, о’simlik yog’i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh 
tuzi ishlab chiqarish о’sdi. 
Sanoatda bir qator ijobiy о’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995-yilda Xо’jayli shahrida 
shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha 
idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi. 
1996 yidda Qо’ng’irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz 
qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasi 83 foizga yetdi. 
«Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari 
bilan jihozlangan,-yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi 
marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. 
Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993- y i l da Nukus 
shahrida 
«Kateks» tо’qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal’a tumanida ham «Elteks» nomli 
xuddi shunday tо’qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. 
Nukus va Qо’ng’irot un kombinatlari, Tо’rtkо’lda 3 million shartli banka konserva 
mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega bо’lgan 
konserva sexi foydalanishga topshirildi. 
1995-yilda Qо’ng’irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan,-yiliga 190 ming 
tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yо’l 
bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham kо’zda 
tutilgan. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat 
korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga о’tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga 
о’tib ishlayotgan korxonalarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bо’ldi. Shuningdek, bu 
korxonalar iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada 
xususiy korxonalar ayniqsa peshqadamlik qila boshladi. 
Lekin shuni ham alohida ta’kidlash joizki, kо’plab sanoat korxonalarining asosiy ishlab 
chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib 
qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yuqori. Eng avvalo yigiruv-tо’quv fabrikalari, 
gо’sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish 
parklarini yangilash talab etiladi. 
2016-yildan jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri bо’lgan Ustyurt gaz- 
kimyo majmuasi ishga tushdi. 2012-yilda Project Finance International xalqaro nashri mazkur 
loyihani neft-kimyo sektoridagi-yilning eng muvaffaqiyatli loyihasi deb e’tirof etdi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga raxbarlik qilayotgan-yillarda ham 
Qoraqalpog’istonning iqtisodiy salohiyatini kо’ratish borasida qator ishlar amalga oshirildi. 
Jumladan: 2017-yil Moliya vazirligi huzurida Orolbо’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi 
tuzildi, 2017 -yil 2 fevralda ―О’zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt 
mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari tо’g’risida« (PQ-2755), 


2017 -yil 13 iyunda esa―Nukus shahrida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil 
etish tо’g’risida« О’zR Prezidentining Qarorlari (PQ-3055) qabul qilindi. 
2018-yil 16-oktabrda О’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbо’yi xalqaro 
innovatsiya markazi tashkil etildi (PQ-3975). 
2019-yil 29-iyunda ―О’zRning Ustyurt mintaqasidagi Jel konini Mahsulot taqsimotiga 
oid bitim shartlari asosida о’zlashtirish tо’g’risida« О’zR Prezidentining qarori (PQ-4376) e’lon 
qilindi. 
2019-yil 4-sentabrda Prezidentimiz Farmoni bilan «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi tashkil 
etildi (PF-5809). 2019-yilgi statistik ma’lumotlarga kо’ra Respublikaning-yillik YAMM о’sishi 
6,8 % ni tashkil qilgan. Jumladan, qishloq xо’jaligi, о’rmon va baliq xо’jaliklarida 106,7%, 
sanoatda 105,0%, qurilish sohasida 123,8%, xizmatlar sohasida 104,9% о’sish kuzatilgan. 

Download 438,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish