Orol muammosi.
Ma’lumki, o’tgan asrning 50-60-yillariga qadar Orol dengizi kattaligi jihatidan dunyoda
to’rtinchi dengiz hisoblanar edi. Sovet davrida paxta yakkahokimligi
tufayli suv resurslaridan
nooqilona foydalanilishi, Amudaryo va Sirdaryo o’zanlariga suv omborlarining qurilishi va
asosiy suv oqimining ekin maydonlariga sarflanishi tufayi 70-80-yillardan boshlab dengizning
hududi keskin ravishda qisqarib keta boshladi. Shu tariqa ilmiy adabiyotlarda ―Orol
muammosi» atamasi paydo bo’ldi. Orolning qurish tufayli mintaqa
flora va faunasi inqirozga
uchrab, iqlim va atmosfera havosining buzilishi tufayli ekologik halokat yuzaga keldi. Hozirgi
vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bо’ldi.
Har-yili 100 million tonna qum va tuz havoga kо’tarilmoqda. Bu esa Orol halokati global
muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
1993-yil mart oyida Qizil O’rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya
davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi
muammolarini
hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiyqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi.
Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni
qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi.
Uchrashuv qatnashchilari Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston,
Turkmaniston va Rossiya nomidan BMT Bosh kotibi Butros G’oliyga maktub yo’llab, Orol
bo’yidagi murakkab ahvol va ro’y bergan muammolarni hal etish
uchun belgilangan chora-
tadbirlar haqida, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro
hamjamiyatning diqqat-e’tiborini jalb qilish zarurligi to’g’risida uni xabardor etdilar.
1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi
Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994-
yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi
davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh vaziri o’rinbosari)
ishtirokida konferensiyasi
bo’lib o’tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar,
Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag’lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi,
faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5-yil ichida bajarilishi
lozim bo’lgan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha
Davlatlararo kengash
Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha
qarorlar qabul qilindi.
Orolni qutqarish masalasiga mintaqadagi davlatlardan O’zbekiston ayniqsa faol bo’ldi.
Jumladan, O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov ikki marta (1993, 1995-yillarda) BMT
Bosh Assambleyasidagi nutqida xalqaro hamjamiyat diqqat-e’tiborini ushbu masalaga qaratgan
edi.
O’zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o’rtasida teng huquqli va
o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-
baqadam amalga oshirib bordi.
О’zbekiston tashabbusi bilan 2018-yilda BMTning Orolbо’yi
mintaqasi uchun Inson
xavfsizligi bо’yicha kо’p tomonlama sheriklik asosida ―Trast fondi»ning tuzilishi, о’zbek
diplomatiyasining katta yutug’i bо’ldi.
Hozirda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil о’rmonlar barpo etishga alohida
e’tibor berilmoqda. Agar mustaqillik-yillarida О’zbekiston bо’yicha 1 million 220 ming gektarga
yaqin о’rmonzor yaratilgan bо’lsa, shundan 400 ming gektardan ortig’i aynan Orolbо’yi
hududida barpo etilgan.
Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga kо’ra, Orol dengizining suvsiz
hududida 2019-yilda yana 500 ming gektar о’rmonzor barpo etildi.
Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog’iston
Respublikasi shahar
va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshirildi. Xususan, 2018-yilda Mо’ynoq tumanida
barcha zarur infratuzilmalarga ega bо’lgan zamonaviy shaharcha bunyod etildi.
Orolni qutqarish muammosi doim mamlakatimiz Prezidentlarining diqqat markazida
bо’lib keldi. Jumladan 2020-yil 23 sentabr kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev BMT Bosh
Assambleyasining 75-yillik videokonferensiyasida nutq sо’zlab,
dunyo jamoatchiligi diqqat-
e’tiborini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi.
Prezidentimiz о’z ma’ruzasida Orolbо’yi mintaqasini ekologik innovatsiya va
texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus
rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, ushbu muhim
hujjat tasdiqlangan sanani
esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga
muvofiq ekanligi ta’kidlab о’tdi.