Hisobot I 2015- yil 31-yanvar kuni ‘Matematika va informatika “ fan oyligiga atalgan matematika to’garagining “Yosh matematik “ devoriy gazetasi chiqarildi
Andijon viloyati Baliqch tumani XTMFMTvaTE bo’limi 15-umumta’lim
maktabida 2015 yil fevral oyida o’tkazilgan matematika va informatika “Fan oyligi”da qilingan ishlar
H I S O B O T I
1. 2015- yil 31-yanvar kuni ‘Matematika va informatika “ fan oyligiga atalgan matematika to’garagining “Yosh matematik “ devoriy gazetasi chiqarildi.
2. 2015- yil 2.02-07.02. kunlari matematika va informatika fanlaridan V-IX sinf o’quvchilaridan DTS asosida o’quvchilar bilim samaradorligi monitoringini tekshirish bo’yicha kirish testlari o’tkazildi.
3. 2015- yil 10-fevral kuni matematika o’qituvchisi F.Anapiyayevning V va VI sinflarda matematikadan,14–fevral kuni VII sinfda Geometriya fanidan va 19-fevral kuni VIII sinfda Algebra fanidan,informatika o’qituvchisi M.Rahmonovning 12-fevral kuyni V va VIII sinfda informatika fanidan ochiq darslari bo’lib ularni muhokamasi bo’lib o’tdi.
4. 14.02.2015 kuni VIII- va IX- sinflar o’rtasida informatika fanidan “Yosh dasturchilar” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Unda VIII sinf “Al-Xorazmiy” guruhi jami 29 ball va IX sinf “Agata Bayron” guruhi jami 28 ball yig’dilar va VIII sinfning “Al-Xorazmiy” deb nomlangan guruhi 29 ball bilan g’olib deb topildi.
5. 16.02.2015 kuni V va VI sinf o’quvchilari o’rtasida matematika fanidan “KIM ZUKKO” musobaqasi bo’lib o’tdi. Unda V sinfning “Handasa” guruhi 22 ball va VI sinfning “Riyoziyot” guruhi 24 ball to’pladilar va VI-sinfning “Riyoziyot” guruhi g’olib bo’ldi.
6. 2015-yil 09-14- fevral kunlari matematika fanidan V-IX sinf o’quvchilari o’rtasida “Kichik olimpiada” o’tkazildi.Bunda VII sinf o’quvchisi Abdulhamidov Muhammadali 90 ball bilan 1-,VI sinf o’quvchisi Sattorov Izzatilla 80 ball bilan 2- va VI sinf o’quvchisi Komilov Shahriyor 79 ball bilan 3-o’rinni egalladilar.
7. 2015 –yil 24 –fevral kuni matematika fani bo’yicha V-IX sinf o’quvchilari o’rtasida “Ijodiy ishlar” va “Ko’rgazmali qurollar” tanlovi o’tkazildi.Bunda “Ijodiy ishlar” tanlovi bo’yicha VII sinf o’quvchisi Mamajonova Ismigul va “Ko’rgazmali qurollar” tanlovi bo’yicha IX sinf o’quvchisi O’ktamov Shukurullolar g’olib bo’ldilar.
8.2015-yil 25-fevral kuni Matematika va informatika o’qituvchilarining ma’ruzalari tinglanib muhokama qilindi.
9. 2015- yil 23-26- fevral kunlari matematika va informatika fanlaridan V-IX sinf o’quvchilaridan DTS asosida o’quvchilar bilim samaradorligi monitoringini tekshirish bo’yicha chiqish testlari o’tkazildi
10. 2015 yil 26- fevral kuni yakuniy yig’ilish o’tkazilib ,bunda rejadagi o’tkazilgan tadbirlar tahlil qilindi va tadbir g’oliblari va fan oyligida alohida hizmat ko’rsatgan o’qituvchilarga sovg’a va mukofotlar topshirildi.
Metod birlashma rahbari: M. Tursunova