O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II 
asri) 
 
Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II 
asri) 
Domitsian o’limidan keyin senat 66 yoshli senator 
Mark Koksey Nervani (96-98-yillar) imperator etib 
sayladi. Uning hukmronligi bilqn II asrdan Rim 
imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmronligi 


848 
boshlandi. Bu sulolani eng taniqli vakillaridan biri 
Mark Ul`piy Trayan bo’ldi. Trayan Ispaniyada 
tug’ilgan bo’lib, yuqori Germaniya noibi edi. 
Imperator Nerva qo’shinda obro’-e’tiborli bo’lgan 
Trayanni asrandi o’g’il va voris qilib tayinlashga 
majbur bo’ldi. Trayan 98-117-yillar Rim imperiyasiga 
hukmronlik qilgan paytdan imperiya o’zining 
iqtisodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng 
yuqori cho’qqisiga chiqdi (96-196-yillar).
Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik 
urushlari olib borildi. U faol tashqi siyosat olib borib, 
imperiya hududlarini kengaytirdi. Uning davrida 
legionlar soni 30 taga yetkazildi. Kuchli Rim 
qo’shinlari 101-103-yillar va 105-107-yillarda Dunay 
bo’ylaridagi kuchly Dakiya podsholigini bo’ysundirdi, 
Dakiyani podshosi Detsebal asir olindi. Dakiya Rim
provinsiyasiga aylandi. Dakiyaning bosib olinishi 
natijasida uning boy oltin va tuz konlari katta o’lja 
bo’ldi. Dakiya g’alabasiga bag’ishlab Rimda 123 kun 
davom etgan tomoshalar ko’rsatildi, Plebsga mo’l-ko’l 
sadaqa ulashildi, ajoyib Trayan termalari 
(hammomlari), yangi suv quvuri hamda 30 m.li 
Trayan kolonnasi bunyod etildi.
Trayan Parfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni 
tortib olish uchun 113-yil urush boshladi, keyingi yil 
Armanistonni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. 
G’ayratli imperator 115-116-yillarda Parfiya podshosi 
Vologes IV qo’shinlarini tor-mor qilib, uning poytaxti 


849 
Ktesifonni egalladi, butun Mesopotamiyani fors 
qo’ltig’igacha bosib oldi. Mahalliy aholini Rim 
bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda 
vaziyatni notinchligi Trayanni legionlarni Frot 
qirg’og’idan olib ketishga majbur qildi. Sharqda yangi 
bosib olingan yerlarni rimliklar qo’ldan chiqardilar. 
Italiyaga qaytishda Kilikiyada Trayan kasal bo’lib 
117-yil avgustida vafot qildi. Taxtga Trayanning 
jiyani, 41 yoshli asrandi o’g’li Publiy Eliy Adrian 
chiqdi (117-138-yillar).
U Trayanga loyiq juda yaxshi ma’lumot olgan, 
ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va uzoqni 
ko’ra oladigan siyosatchi sifatida o’z oldiga turgan 
muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat 
resurslarini to’la tugaganini va Sharqda bosqinchilik 
siyosatini samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan 
Frot daryosi bo’yicha chegaralarini tiklash sharti bilan 
tinchlik shartnomasini tuzdi. Adrian imperiyaning 
sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini 
bunyod qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida 
Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi.
Sharqda ishlarni tugallab Adrian Yevropa va 
Afrikada imperiya chegaralarini mustahkamlash 
maqsadida chegara istehkomlarini qurish bo’yicha 
ulkan ishlar amalga oshirdi. Ana shunday 
istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) 
Britaniyada hozirgacha saqlanib qolgan.


850 
Adrian qo’shinni yuqori jangovar holatda saqlab 
turishga katta e’tibor berdi. U legionlarni Rim yoki 
latin fuqaroligi bo’lmagan provinsiya aholisidan 
to’ldirishga ruxsat berdi, chunki qo’shinga xizmat 
qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni keskin 
qisqardi. Rim harbiy mashinasini varvarlashtirish 
uchun asos ana shunday yaratildi.
Adrian davlat boshqaruvi tizimini 
mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlkarni amalga 
oshirdi. U printseps kengashini qayta tashkil qildi, 
kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari 
va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga
suvoriylar toifasini ko’plab vakillarini taklif qildi. U 
davlat pochtasini joriy qildi, provinsiyalar 
boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan 
doimiy nazorat o’rnatdi. Adrian uzoq sayohat qildi va 
ko’plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Roma 
ibodatxonalarini, mashhur Rim panteonini qurdi.
Antoniylar sulolasini taniqli vakillaridan biri 
tarixga taxtdagi faylasuf sifatida kirgan Mark Avreliy 
edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma 
narsadan yuqori bo’lib, imperiya taqdiri uchun o’z 
ma’suliyatini to’la anglab yetgan edi. U senator va 
suvoriy toifalari bilan inoqlikda ish olib bordi, senat 
tarkibiga ko’pgina provinsiya zodagonlarini, ayniqsa 
kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo’lgan nufuzli 
kishilarni kiritdi. Mark Avreliy (161-yildan 180-
yilgacha) 19 yil hukmronlik qildi, unga qarshi shu 


851 
yillar davomida birorta ham fitna uyushtirilmadi. U 
180-yilda 59 yoshida Vindobona (Vena) shahrida 
vafot qildi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod 
etildi. Uning merosxo’ri 18 yoshli o’g’li Kommod 
(180-193-yillar) imperator bo’ldi. Antoniylar 
sulolasining so’ngi vakili Kommod qo’pol, shafqatsiz 
va maishatparast hukmdor edi. Otasining o’limidan 
keyin Kommod kvad va markomann qabilalari bilan 
urushni tugatib, 180- yilda Rimga qaytdi. Davlat 
boshqaruvini o’zining ochko’z yaqinlariga topshirib, 
kayf-safoga berildi. Xotinini qatl etib, buzuqchilk 
yo’liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo’lgan 
imperator o’zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi, 
omma oldiga arslon terisiga yopinib yelkasida kaltak 
bilan paydo bo’lar edi. Amfiteatr sahnasida gladiator 
sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda es-hushini yo’qotib 
kalendarning barcha oylarini o’z nomiga o’zgartirdi, 
hatto Rimning nomini o’zgartirib uni “Kommod” 
shahri deb atashga buyruq berdi.
Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtrildi, lekin 
u amalga oshmadi, shundan so’ng senatorlar toifasiga 
qarshi taqib qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada 
norozilik harakatlari, daklar va mavrlar 
qo’zg’olonlari qo’shin tomonidan zo’rg’a bostirildi. 
192-yilning oxirgi kunida aqlsiz imperatorning 
mashuqasi va qo’riqchilar boshlig’i fitnasi natijasida 
Kommod o’ldirildi.


852 
Boshqaruv tizimi va apparati imperator qo’lida 
to’plana boshladi.Senat o’z siyosiy mavqeini 
yo’qotishi bilan uning tarkibi ham o’zgardi. 
Respublika davrida yuqori mavqega ega bo’lgan 
zodagon oilalari fuqarolar urushi va 
proskripsiyalarning qurboni bo’ldilar. Qolganlari esa 
kambag’allashib qoldi. Printsipatning birinchi 
yillarida ularning o’rniga suvoriylar, munitsipiylardan 
chiqqan boy-zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida 
senat tarkibiga gall qabilasi ekvlarning romanlashgan 
zodagonlari uchun yo’l ochildi. Vespasian davrida 
senatga munitsipiylar koloniyalari va provinsiyalardan 
yangi kishilar kiritildi. Eramizning I asri so’ngida 
kelib chiqishi gallardan bo’lgan kishilar kiritildi. 
Keyingi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik 
Osiyo va Afrikadan kelgan senatorlar, ko’pgina 
yunonlar uchraydi. Qadimgi Rim nobilitetining 
vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga 
senatdagi muxolifat kayfiyati ham yo’qoldi. 
Printsepslar hokimiyatini yana bir tayanchi 
suvoriylar edi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham o’zgardi. 
Yangi suvoriylarning kelib chiqishi Italiya 
munisipiylari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning 
yuqori qatlamini eng avvalo boyib ketgan moliya 
zodagonlari, o’rta qatlamni esa davlat xizmatiga 
ko’tarilgan amaldorlar tashkil qildi. Suvoriylarga 
prokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi printseps 
mulklarini boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, 


853 
politsiya xizmati qo’riqchilarining prefekti kabi 
lavozimlar ajratildi. Adrian davrida suvoriylar 
printsepsning shaxsiy kantselyariyasida xizmat qila 
boshladilar.
Shu vaqtgacha printsepsning shaxsiy 
kantselyariyasida barcha ishlarni imperatorlarning 
ozod qo’yilgan qullari bajarar edi. Imperatorlar shahar 
plebeylariga nisbatan respublika davri Rim 
zodagonlarining siyosatini davom ettirdilar. Rimda 
avvalgidek 200 000 kishiga tekin non tarqatilar edi. 
Rimning oddiy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa 
ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish 
bilan, ko’pchiligi davlatdan tekin non olib 
zodagonlarning uylarida klient majburiyatini bajarar 
edilar. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish