887
Nasroniy dinini tarqalishi
Reyting savollari
1.
Severlar sulolasining
asoschisi kim?
A)Avreliy Sever
B)Aleksandr Sever
S)Septimiy Sever
D)Konstantin
E)Diokletian
2.
Qaysi
Rim
imperatori
o’zini
“tinchlikni saqlovchi”
deb e’lon qilgan?
A) Avreliy Sever
B) Avrelian
S) Septimiy Sever
D) Konstantin
E) Aleksandr Sever
3.
Bagaudlar harakati
qaerda bo’lib o’tdi?
a)Rimda
B)Misrda
S)Galliyada
D)Shimoliy Afrikada
E)Illiriyada
4.
Imperiyani
boshqarishning yangi
tizimi dominatni qaysi
imperator
shakllantirgan?
A)Kommod
B)Konstantin
S)Septimiy Sever
D)Avrelian
E)Diokletian
5.
“Dominat” atamasi
qaysi tildan olingan va
qanday
ma’noni
anglatadi?
A)lotin
tilidan
“birinchilar
ichida
birinchi”
ma’nosini
anglatadi
B)lotin tilidan “janob”
ma’nosini anglatadi
S)etrusk tilidan “janob”
ma’nosini anglatadi
D)yunon tilidan “ozod
qo’yilgan qul” ma’nosini
anglatadi
888
E)yunon tilidan “kichik
imperator” ma’nosini
anglatadi
6.
Diokletiandan so’ng
Rim imperiyasi taxtini
kim egalladi?
A)Kommod
B)Mark Avreliy
S)Konstantin
D)Avrelian
E)Adrian
7.
“Avgust” unvonini
olgan imperatorlar
qaysi qatorda berilgan?
A)Konstantin,
Diokletian
B)Diokletian,
Mark
Avreliy
S)Adrian, Kommod
D)Diokletian,
Maksimian
E)Maksimian,
Konstantin
8.
“Sezar”
unvoni
kimlarga berilgan?
A)imperatorning
yordamchi-
o’rinbosarlariga
B)provinsiya noiblariga
S)Yuliy
Sezarning
merosxo’rlariga
D)imperatorlarga
E)qo’shin
qo’mondonlariga
9.
Konstantinopol
shahri qaysi Rim
imperatori tomonidan
qurilgan?
A) Kommod
B) Yulian
S) Diokletian
D) Avreliy
E) Konstantin
10.
Konstantinopol qaysi
yunon shahri o’rnida
qurilgan?
S) Mediolan shahri
o’rnida
B) Kapuya shahri
o’rnida
S) Gerakleya shahri
o’rnida
D) Vizantiy shahri
o’rnida
E) Rim shahri o’rnida
889
11.
Rim imperiyasini
so’ngi marta qayta
birlashtirgan
imperatorni ayting?
A) Maksimian
B) Avreliy
S)
FeodosiyI
D) Konstantin
E) Diokletian
12.
VI
asrda
Rim
huquqini kodifikatsiya
qilgan imperator kim?
A) Konstantin
B)
Yustinian
S) Feodosiy
D) Avreliy
E) Diokletian
13.
G’arbiy
Rim
imperiyasi qachon
tugatildi?
A) 435 yilda
B) 476 yilda
S) 753 yilda
D) 471 yilda
E) 750 yilda
14.
Kommod
o’ldirilganidan so’ng
turli
guruhlar
o’rtasidagi kurash
qanday urushga olib
keldi?
A) fuqarolar urushiga
B) qullar urushiga
S) amaldorlar urushiga
D) hokimiyat uchun
kurashga
E) provintsiyalar uchun
urushga
15. Severlar sulolasining
so’ngi imperatori kim?
A) Iskandar
B) Oktavian
S) Kommod
D) Septimey
E) to’g’ri javob yo’q
16. Alarix 401-yilda
qayerga yurish qildi?
S) Italiyaga
B) Ispaniyaga
S) Eronga
D) Afinaga
E) Sirakuzaga
17. Attila qachon vafot
etdi?
A) er. avv. 453-yilda
B) er. avv. 455-yilda
890
S) er. avv. 460-yilda
D) er. avv. 470-yilda
E) er. avv. 472-yilda
18. Er. avv. 180-yilda
Kommod
otasining
o’limidan keyin qayerga
ketdi?
A) Rimga
B) Afinaga
S) Ispaniyaga
D) Eronga
E) Afrikaga
19. Kimning o’limidan
so’ng Rimni himoya
qiladigan
birorta
sarkarda qolmadi?
A) Sitilixon o’limidan
keyin
B) Geyzerix o’limidan
keyin
S) Kommod o’limidan
keyin
D) Trayan o’limidan
keyin
E) Detsebal o’limidan
keyin
20. Er. avv. 313-yilda
Konstantin o’limidan
keyin taxtga kim o’tirdi?
A) Yulian
B) Sitilixon
S) Mark Avreliy
D) Kommod
E) Adrian
Qadimgi Rim madaniyati
Din
Rimliklarning an’anaviy e’tiqodida totemizm,
fetishism va animizmning qoldiqlari mavjud edi. Rim
dinida urug’ va oila e’tiqodlari muhim o’rin tutar edi.
Har bir uyda oila e’tiqodini markazi o’choq, bosh
oilaning otasi kohin edi. Har bir kishida o’zining ruhi,
891
homiysi bo’lib, erkaklarda geniy, ayollarda yunona
edi. Rimliklarning e’tiqodiga ko’ra vafot etgan
ajdodlar xudo-homiylar bo’lar edi.
Rimliklarda har biri qandaydir bir aniq funksiyani
bajaradigan kichik xudolar juda ko’p edi. Misol uchun
xudo Forkul uy eshigini qo’riqchisi, Liment ostonani,
Kardia eshik zulfinlarini qo’riqchisi edi. Lekin asosiy
e’tiqod qilinadigan qudratli xudolar alohida o’rin rutar
edi. Ularni orasida eng birinchisi chaqmoq xudosi
Yupiter bo’lib, uning ibodatxonasi Kapitoliyda
Tarkviniy Mag’rur davrida qurilgan edi. Uning xotini
Yunona nikoh va onalik hamda ayollar homiysi edi.
Ularning qizi Minerva-hunar, san’at va urushlar
ma’budasi; Vesta-fuqarolik jamoasi homiysi, uy
o’chog’i ma’budasi; Mars-urush xudosi; Yanus-
o’tmish va kelajak, kirish va chiqish. boshlanish va
tugallanish ikkiyuzlamachilik xudosi; Venera-sevgi va
hosildorlik ma’budasi; Serera-ekinlar va hosil
ma’budasi; Neptun-dengiz xudosi; Merkuriy-savdo va
o’g’rilar homiysi; Vulqon-temirchilar xudosi; Pluton-
narigi dunyo qorong’ulik xudosi; Baxus-vinochilik
xudosi; Diana-oy va ovchilik xudosi; Silvana-o’rmon
xudosi va boshqalar.
Rim e’tiqodiga o’z vaqtida etrusk va yunon
e’tiqodi qarashlari ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Yunona,
Minerva, Vulqon. Etrusklardan hayvonlarning ichki
a’zolariga qarab fol ochish o’zlashtirib olingan edi.
Er. avv. III asrdan boshlab rimliklar o’z xudolarini
892
yunon xudolari bilan: Yupiterni Zevs bilan, Yunonani
Gera bilan, Minervani Afina bilan, Marsni Ares bilan
Venerani Afrodita bilan, Sererani Demetra bilan,
Merkuriyni Germes bilan, Bahusni Diones bilan
tenglashtirgan edilar. Rim e’tiqodi diniy qonun-
qoidalariga rasman rioya qilish bilan cheklangan
bo’lib, chuqur diniy his-tuyg’udan mutlaq mahrum
edi. Kohinlar odamlar va xudolar o’rtasdidagi
vositachi rolni o’ynar edilar. Er. avv. III-I asrlarda
Italiyaga sharqdan Seraps, Isida, Mitra va boshqa
diniy e’tiqodlar kirib keldi.
Davlat hokimiyati diniy e’tiqodga katta e’tibor
berar edi. Kohinlar davlat xizmatchilari hisoblanib,
lekin hech qachon qadimgi sharqdagidek alohida
toifaga birlashmagan edilar. Rimda bir qancha
kohinlik kollegiyalari mavjud edi. Kohinlar elitasiga
oliy pontifik (barcha ilohiy va insoniy ishlar sudyasi),
pontifiklar kollegiyasini bevosita rahbari va uch bosh
flamin (ular Yupiter, Mars va Kvelin e’tiqodlarini
boshqarar edilar)dan iborat edi. Pontifiklar dastlab 6 ta
bo’lib Tsezar davrida 16 taga yetdi, ular diniy
marosimlarni qat’iy bajarilishini nazorat qilar edilar.
Oliy pontifik taqvim tuzilib, diniy bayramlarni
o’tkarilishiga mas’ul edi. Unga 15 flamin bo’ysunib,
flaminlar alohida xudolarga qurbonlik keltirar edilar.
Avgurlar fol ochish bilan shug’ullanar edilar.
Rim diniy kalendarida 70 ga yaqin bayramlar
mavjud edi. Bu bayramlar, mo’l-ko’l qurbonlik
893
keltirish, marosimlar, quvnoq bazmlar bilan tantanali
o’tkazilar edi. Respublikaning oxirida bayramlar bir
yilda 115 kunni tashkil qilar edi.
Huquq
Rim huquqi antik sivilizatsiyaning eng katta
yutuqlaridan bo’lib, asrdan-asrga yuridik tafakkurning
klassik namunasi bo’ldi. Rim huquqining manbalari
odatdagi huquq, senat qabul qiladigan qonunlar,
magistratlarning ediktlari va yuristlarning faoliyati
tashkil qilar edi. Rim tarixida huquqiy normalarni
kodifikatsiya qilish natijasida XII qonunlar jadvalini
yaratilishi bo’ldi.
Er. avv. 366-yilda xususiy kishilar o’rtasidagi
huquqiy qarama-qarshiliklartni tartibga solish uchun
Rimda shahar pretori lavozimi joriy etildi.
Pretorlarning yuridik amaliyotidan fuqarolik
protsessual huquqi paydo bo’ldi.
I-III asrlar Rim huquqi tarixi davrida klassik davr
hisoblanadi. Rim imperiyasida 212-yilgacha huquq
va sud amaliyotini ikki shakli kvirit (Rim) huquqi va
xalqlar huquqi mavjud edi. Bundan tashqari ba’zi
provinsiyalarda mahalliy-huquqiy tizimlar va Rim
noiblarining ediktlari amal qilar edi. Imperator
Adrian (abadiy edikt)ini e’lon qilinishi imperiya
hududida yagona huquqiy kenglikni yaratish yo’lidagi
muhim qadam bo’ldi. II asrning ikkinchi yarmida Gay
4 jilddan iborat huquq darsligi (institutsiyalar)
894
to’plamini tayyorladi. II asr oxiri III asrning
boshlarida mashhur huquqshunoslar Emiliy Papinian,
Domitsiy Ul’pian va Yuliy Pavel faoliyat ko’rsatdilar.
429-438-yillar imperator Feodosiy II buyrug’i
bilan “Feodosiy kodeksi” nomida imperator qonunlari
to’plami tayyorlandi, 529-yilda “Yustinian kodeksi”,
533-yilda “Digetslar”-rim huquqshunoslarining
asarlaridan olingan ma’lumotlar to’plami 50 jildda
er’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |