O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Pergam. Attalidlar davlati



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Pergam. Attalidlar davlati 
Er. avv. 287 yil Pergam Salavkiylar davlati 
tarkibiga kirdi. Er.avv. 240 yil Salavkiylar noibi Attal 
I Pergamni mustaqil deb e’lon qilib, podsholik tojini 
kiydi. Uning asosiy hududi Kichik Osiyoning 
shimoliy g’arbiy qismi va Misiya viloyatidan iborat 
edi. Attalidlar sulolasi hukmdorlarining faol tashqi 
siyosati hamda mohir diplomatiya sababli Pergam 
davlatining hududi er. avv. II asr boshlarida g’arbiy 
Kichik Osiyoning Troada, Lidiya, Kariya va Likiyani 
qo’shib olinishi bilan kengaydi. Bu hududlarda 
qadimdan rivojlangan yunon polislari mavjud 
bo’lganligi sababli rivojlangan iqtisodiyotga ega edi.


662 
Attalidlar tashqi siyosatda Sharqda Salavkiylar 
podsholigiga qarshi turib, g’arbda kuchli ittifoqchi 
sifatida Rim davlatiga tayandilar va bu amalda 
Pergamni Rim respublikasiga tobe bo’lishga olib 
keldi. Attal I (er. avv. 241-197-yillar) galatlar ustidan 
g’alaba qilib, Rim bilan ittifoq tuzdi. U birinchi va 
ikkinchi makedon urushlarida (er.avv. 215-205-yillar 
va 200-197-yillar) rimliklar tomonidan ishtirok etdi. 
Rimliklar homiyligi yordamida Pergam podsholigi 
Kichik Osiyodagi barcha Salavkiylar mulklarini 
egallab oldi va o’zining eng qudratli davriga kirdi.
Ammo Pergamning yuksalishi uzoq davom 
etmadi. Attal II va Attal III hukmronliklari davrida 
Rim Pergam jamiyatining hukmron tabaqalariga 
kuchli ta’sir o’tkazgan holda podsholikning ichki va 
tashqi siyosatiga faol aralasha boshladilar. Oqibatda 
er. avv. 133-yilda vafot etgan Attalidlar sulolasining 
so’ngi podshosi Attal III vorisi bo’lmaganligi sababli 
o’z davlatini rimliklarga vasiyat qilishga majbur 
bo’ldi. 
Bunga javoban Pergam jamiyatining quyi 
tabaqalari podsho Evmey IIning noqonuniy o’g’li 
Aristonik boshchiligida qo’zg’olon ko’tardilar. 
Qo’zg’olonni grek shaharlari aholisi qo’llab-
quvvatlamadi, natijada qo’zg’olonchilar yengildi. 
Aristonik er. avv. 129-yilda rimliklar tomonidan qatl 
qilindi. Vasiyat qilingan podsholik o’rniga Rimning 
Osiyo provinsiyasi tashkil etiladi. 


663 
Pergam Ellin dunyosining iqtisodiy jihatdan 
rivojlangan markazlaridan biri edi. Qulay iqlim va 
tabiiy sharoit qishloq xo’jaligini intensiv 
rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Pergam O’rtayer 
dengizi hududi aholisi uchun qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari yetkazib beradigan markazlardan biriga 
aylandi. Qul mehnatidan unumli foydalanildi. Pergam 
shaharlari dengiz savdosi yo’llarida turganligi uchun 
mamlakatning boy xom ashyolari (metal, yog’och, 
smola, teri, jun) Pergam hunarmandchilik 
mahsulotlari, jumladan Pergament qog’ozi, butun 
O’rtayer dengizi ehtiyojlarini qondirdi. 
Attalidlar sulolasi podsholari savdo-
hunarmandchilikka homiylik qildilar, yunon tipidagi 
yangi shaharlarga asos soldilar. Bu shaharlar eski 
shaharlar bilan bir qatorda tezda iqtisodiyot va 
madaniyat o’choqlariga aylandilar. 
Attalidlar fan, adabiyot va san’atga faol homiylik 
ko’rsatdilar. Podsholik poytaxtida galatlar ustidan 
g’alaba sharafiga ulkan Zevs ibodatxonasi qurildi, 
Evmen II mashhur Pergam kutubxona binosini barpo 
qildi. Bu kutubxona antik mualliflar asarlari to’plami, 
hamda filologiya maktabiga ega bo’lib, mashhur 
Iskandariya kutubxonasi bilan raqobat qildi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish