Mustaqil ish mavzulari
Makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyoga yurishi
Spitamen boshchiligida xalq ozodlik kurashi
Makedoniyalik Iskandar yurishlari geografiyasi
Iskandarning sharq siyosati
Reyting savollari
1.
Makedon falangasini
kim tuzdi ?
A)
Doro III
B)
Filipp II
C)
Iskandar
D)
Krez
E)
Antipatr.
2.
Makedon qo’shinining
faxri bo’lgan harbiy
qism?
A)
suvoriy
getariylar
B)
yunonlar
C)
antipatrlar
D)
diadoxlar
E)
Raksona.
3.
Er. avv. IV asr
o’rtalarida
Makedoniya kuchli
qo’shin
bilan
qayerlarni egalladi ?
A)
Fiva va Fakida
B)
Afina
C)
Epir va Finikiya
D)
Fokida va Afina
E)
Epir va Afina.
4.
Er. avv. IV asrda
Makedoniya qaysi
yunon davlatlarini
645
ichki ishlariga aralasha
boshladi?
A)
Eronning
B)
Pergamning
C)
Frakiyaning
D)
yunon
davlatlarining
E)
Rimning
5.
Er. avv. 355-yilda
Makedoniya qaysi
yunon davlatlarining
o’zaro urushlariga
aralashdi ?
A)
Eron
B)
Afina va Epir
C)
Epir va Eron
D)
Frakiya va Epir
E)
Fiva va Fakida
6.
Qaysi yunon davlati
Filippga qarshi tura
olar edi ?
A)
Osiyo
B)
Epir
C)
Milet
D)
Afina
E)
Gerakliya
7.
Afinada antimakedon
partiyasiga
qaysi
davlat
boshchilik
qildi?
A)
Demosfen
B)
Gordiy
C)
Sard
D)
Filipp II
E)
Iskandar
8.
Filipp II qachon
yunonlarni tor-mor
qildi ?
A)
er. avv. 336-yilda
B)
er. avv. 338-yilda
C)
er. avv. 339-yilda
D)
er. avv. 340-yilda
E)
er. avv. 343-yilda
9.
Filipp II qayerda
umumyunon
kongressini
chaqirdi ?
A)
Eron
B)
Epir
C)
Korinf
D)
Osiyo
E)
Afina
10.
Filipp II qachon
o’ldirildi?
A)
er. avv. 337-
yilda
646
B)
er. avv. 339-yilda
C)
er. avv. 340-
yilda
D)
er. avv. 336-
yilda
E)
er. avv. 338-
yilda
11.
Filipp II kim
tomonidan
o’ldirildi ?
A)
vaziri tomonidan
B)
o’g’li tomonidan
C)
xotini tomonidan
D)
qo’riqchisi
tomonidan
E)
ukasi tomonidan
12.
Filipp II o’rniga
taxtga kim o’tirdi ?
A)
Filipp III
B)
Antipatr
C)
Yevmep
D)
Litsimax
E)
Iskandar
13.
Er. avv. 327-yilda
Iskandar qaysi tog’
orqali Hindistonga
o’tdi?
A)
Hindukush
orqali
B)
Pomir tog’lari
orqali
C)
Himolay tog’lari
orqali
D)
Gidas daryosi
orqali
E)
Kappodokya
daryosi orqali.
14.
Sak-massagetlar
kimning boshchiligida
3 yil davomida
Iskandar qo’shinlariga
qarshi kurashdidilar ?
A)
Spitamen
boshchiligida
B)
Shiroq
boshchiligida
C)
Antigon
boshchiligida
D)
Filipp
II
boshchiligida
E)
Filipp
III
boshchiligida
15.
Iskandar
o’z
davlatining
647
poytaxti
qilib
qayerni tayinladi ?
A)
Bobilni
B)
Sardni
C)
Afinani
D)
Midiyani
E)
Pellapini
16.
Doro III kim
tomonidan
o’ldirildi ?
A)
o’z yaqinlari
tomonidan
B)
Baqtriya satrapi
Bess tomonidan
C)
dushmani
tomonidan
D)
o’zini-o’zi
o’ldirdi
E)
ukasi tomonidan
17.
Er. avv. 330-yilda
Eron xazinasini
kimlar talon-taroj
qildilar ?
A)
forslar
tomonidan
B)
yunonlar
tomonidan
C)
rimliklar
tomonidan
D)
osiyoliklar
tomonidan
E)
Iskandar
qo’shinlari
tomonidan
18.
Eronning muqaddas
markazi qayer?
A)
Persepol
B)
Petra
C)
Parfiya
D)
Gavgamella
E)
Turon
19.
Iskandar kimning
qiziga uylandi ?
A)
So’g’d hokimi
Oksiartni qiziga
B)
Doro V ni
C)
Porni
D)
Filipp IIni
E)
Oktavianni
20.
Iskandarning
vafotidan keyin
amalda
uning
davlatining hokimi
kim bo’lgan ?
A)
Perdikka
648
B)
Antipatr
C)
Perdik
D)
Kappadokiya
E)
Ptolemey.
21.
Antipatr er. avv.
321-yilda
………… tan
olmagan ?
A)
Perdikka
regentligini
B)
Ptolemey
regentligini
C)
qizi regentligini
D)
artobaz
regentligini
E)
Yevten
regentligini
22.
Antipatr qayerda
vafot etgan ?
A)
Eronda
B)
So’g’dda
C)
Afinada
D)
Gidasda
E)
Persepolda.
Ellin davlatlari
649
Ellinizmning mohiyati
Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa yurishlari
vaqtidan boshlab, O’rtayer dengizining katta qismi
Misr, Kichik va Old Osiyo, uning atrofidagi hududlar,
O’rta Osiyoning janubiy va markaziy Osiyoning bir
qismi, Hind daryosining quyi oqimigacha ularning
tarixiy taraqqiyotini yangi Ellin davri boshlandi.
“Ellin” tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX
asrning birinchi yarmida nemis olimi I. Droyzen
tomonidan kiritildi. Droyzen bu tushunchani
makedoniyalik Iskandarning bosqinchilik
yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan
qo’lladi va uni mazmunini madaniy soha bilan
chekladi.
XX asrning 50-yillar boshlaridan ko’pchilik
tarixchilar Elliniz davrini siyosiy-iqtisodiy, madaniy-
mafkuraviy sohalarda Ellin (g’arb) va mahalliy
(sharq) hayotining sintezi deb qabul qildilar. Bu
sintez qadimgi Sharqning ko’pgina hududlarini
yunon-makedon istilolari oqibatida aniq tarixiy
vaziyatda amalga oshdi.
Ellin davrinini uch yuzlik xronologik davri uch
tizimli izchil bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich
Iskandarning Sharqqa yurishlari, uning bepoyon
davlatining tashkil topishi va diadoxlar urushlari
natijasida bu davlatni yemirilishi (er. avv. 334-281-
yillar)ni o’z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich (er. avv.
650
280- er. avv. II asr o’rtalari)-yunon-sharq
davlatchiligi, iqtisodiyot va madaniyatning gullab-
yashnash davri, Ellin davrini yetuklik bosqichi.
Uchinchi bosqich er. avv. II asr o’rtalaridan ellin
davlatchiligini oxir-oqibatda yemirishga olib kelgan
tushkunlik belgilarini yaqqol ko’rinishi, so’ngi Ellin
davlati ptolemeylar Misrining er. avv. 30-yilda
halokatga uchrashi va uning Rim davlati tarkibiga
qo’shib olinishhi bilan belgilanadi. Bu vaqt Ellin
tafakkurini yaqqol so’nish davri edi. Ilgari Ellin
davlatlariga qarashli butun hudud g’arbda Rim
sharqda Parfiya davlatlari tomonidan bo’lib olindi.
Ellin Misri
Boshqa sharqdagi ellin davlatlari kabi Ptolemeylar
podsholigi ham bir necha ming yillik madaniyat va
qadimiy an’analar rivojlangan qadimgi sharq
mamlakatlaridan birini bosib olish natijasida paydo
bo’ldi. Ptolemeylar davlati ellin davlatlari ichida eng
boyi va bepoyoni edi. Ptolemeylar sulolasi 100 yil
davomida faol harakat qilib Misrni haqiqiy
imperiyaga aylantirdilar. Uning yadrosini Misrning
an’anaviy tarixiy chegaralari tashkil qildi. Ellin
Misrining sharqiy chegaralari Ptolemey
hukmdorlarning tashqi siyosati yutuqlari va
mag’lubiyatlari bilan o’zgarib turdi. Er. avv. III asr
boshlarida Ptolemeylar Misrdan tashqari Sharqiy
o’rtayerdengizi qirg’og’ining barcha orollarini nazorat
651
qildilar. Lekin Salavkiylar va Makedoniya bilan bir
necha urushlar natijasida er. avv. II asr boshlarida bu
hududlar Misrdan ajralib ketdi.
Misrda hukmronlik qilgan ellin sulolasining
asoschisi Ptolemey Lag makedon zodagonini o’g’li,
harbiy boshliq, Iskandarning safdoshi edi. U o’zi
keksayib, o’z tabiiy o’limi bilan vafot qilgan
Iskandarning yagona diadoxi edi. Antik mualliflar
Ptolemey Lagni Soter (Qutqaruvchi) deb nomlaydilar,
chunki u misr xalqini Iskandar tayinlagan noib
Kleomen zulmidan ozod qilgan hisoblanadi.
Bosqinchilar mamlakat boshqaruvida minglab
yillar davomida saqlanib qolgan an’anaviy, ma’muriy
tizimini saqlab qoldilar, faqat yuqori lavozimlarda
turgan fors va Misr amaldorlarini o’rniga yunon-
makedonlar o’tqazildi. Ptolemeylar qadimgi fravn-
podshoning mutlaq hokimiyati, ko’p tarmoqli davlat
apparatini, ko’p sonli amaldorlarni, qat’iy
markazlashgan davlat hokimiyatini va uni mamlakat
xo’jalik hayotiga faol aralashivuni saqlab qoldilar.
Yangi sulola Misr firavnlaridan mamlakatni
hududiy bo’linishini, nom tizimini meros qilib
oldilar. Faqat nomlar sonlarini o’zgartirib, qayta
tashkil qildilar. Dastlab nomlarni podsho tayinlagan
nomarxlar boshqardilar. Er. avv. III asr oxiridan
boshlab nomarxlar qo’lida hududning moliyaviy
sohasigina qoldirilib, ularning oliy ma’muriy
hokimiyati harbiy soha bilan strateglarga berildi.
652
Ptolemeylar mamlakatni iqtisodiyoti va mafkurasida
muhim o’rin tutgan mahalliy kohinlarni va
ibodatxonalarni firavnlar davridagidek o’zgarmagan
holda saqlab qoldilar, lekin ularning faoliyati davlat
nazoratiga olindi. Ibodatxonalar oldida podshoning
maxsus vakillari epstatlar kohinlarning diniy va
iqtisodiy faoliyati ustidan nazorat qilib turdilar.
Yunon-makedonlar kelishi arafasida Misrning
iqtisodiyoti so’ngi tosh davri ibtidoiy texnikasi
darajasida bo’lib, faqatgina qisman takomillashtirilgan
mis va bronza qurollariga asoslangan edi. Yunon-
makedonlar kelishi bilan mamlakat xo’jaligida
haqiqiy to’ntarish bo’ldi: qishloq xo’jaligida temir
mehnat qurollari paydo bo’ldi, Bobildan seyalka olib
kelindi. Qishloq xo’jaligida yangi texnik moslamalar
vino va zaytun yog’ini olish uchun vintli pres
(Arximed vinti)dan foydalana boshlanishi dehqonlarni
mehnatini yengillashtirdi. Yangi ekinlar paydo bo’ldi
va ishlov beriladigan yer-maydonlarining hosildorligi
keskin o’sdi. Firavn Nexo kanali qayta tiklandi,
tashlab qo’yilgan ko’plab yerlar o’zlashtirilib,
irrigatsiya inshootlari qayta ishga tushirildi.
Hunarmandchilik shaharlarda to’planib, qishloq
xo’jaligida qaraganda bu sohada qul mehnati keng
qo’llandi. Hunarmandchilik mahsulotlari bozor uchun
ommaviy ravishda ishlab chiqarildi. Kemasozlik uy-
joy va jamoat binolarini qurilishi, metal va keramik
idish-tovoqlar, gazlamalr, mebellar, zargarlik
653
buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli
hunarmandchilik mahsulotlari eksport qilindi.
Ptolemey I savdo-hunarmandchilik, qishloq
xo’jaligini rivojlantirish maqsadida o’z tanga pullari
oltin stater, kumush tetradraxma va mis obollarni
zarb qila boshladi. Oltin va kumush qazish, tanga zarb
qilish, turli xil pul ayirboshlash davlat monopoliyasiga
aylantirildi, hamda chet el tanga pullarini ishlatish
taqiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida
o’ziga xos qog’oz vazifasini bajargan papirusni ishlab
chiqarish ham davlat monopoliyasiga aylantirildi.
Ptolemey I va Misrni boshqargan uning vorislari
(Ptolemey II, Filadelf III, Everget III, Filopator IV,
Epifan V) deyarli yuz yil davomida faol tashqi
siyosat olib borib, Ellin dunyosida yetakchilik qilishga
da’vo qildilar. Ptolemey V Epifanning er. avv. 180-yil
o’limidan keyin tashqi siyosatda qiyinchiliklar tug’ila
boshlandi, tushkunlikning uzoq davri boshlanib, er.
avv. 30-yilda Rim istilosi bilan tugallandi.
Er. avv. III asr o’rtalarida Misr kuchli harbiy flot
va qo’shinga ega edi. Ptolemeylarning asosiy raqibi
Makedoniya, Bobil va Kichik Osiyodagi ba’zi
davlatlar edi. Ptolemey IV Filopator davri (er. avv.
222-205-yillar) Misr tashqi siyosiy yutuqlarining eng
oliy nuqtasi bo’ldi. Misrning mavqei Old Osiyoda
kuchayib ketdi, lekin bu vaqtinchalik edi.
Er. avv. 70-yillardan boshlab, Rim davlati
Misrning ichki ishlariga faol aralasha boshladi.
654
Ptolemey sulolasining bir necha vakillari Rim
yordami bilan hokimiyatni boshqardilar. Sulolaning
so’ngi vakili Kleopatra VII ham rimliklar yordamida
taxtga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |