680
mavzularda yozilgan hajm jihatidan kichik – kichik
she’rlar muallifidir.
Kallimaxning
kichik zamondoshi Feokrit
Iskandariyadagi eng taniqli shoir edi. U kichik –
kichik lirik – dramatik poema g’oyalar muallifi bo’lib
tarixga kirdi. Kallimax o’z asarlarida qishloq va
shahar hayotining tinch manzaralarini ideallashtirgan,
cho’ponlar hamda shaharlik erkak va ayollarning
hissiy kechinmalarini madh etuvchi nozik lirikdir.
Iskandariya poeziyasidan tashqari, ellin davrida
yangi attika komediyasi katta ahamiyat kasb etdi.
Attika komediyaning asosiy vakili Menandr edi.
Misrda topilgan papirus o’ramlari tufayli uning
komediyalari bizga ma’lum bo’ldi. Menandr
komediyalari syujeti oilaviy, maishiy, dramalardan
iborat. Menandr komediyalari
baxtiyorlik bilan
tamomlandi.
Ellin davrida tasviriy san’at ajoyib yutuqlarga
erishdi. Bu davrda yunon va sharq an’analari bilan
qo’shilgan anchagina arxitektura yodgorliklari bunyod
etilgan. Xashamat va ulug’vorlikka intilish ularning
ko’plari uchun xos bo’lgan xususiyat harakterlidir.
Haykaltaroshlik san’ati bu davrda ancha ravnaq
topgan edi. Ammo uning mazmuni klassik davr
an’analaridan farq qildi. Ma’budalar va
qahramonlarning
ideallashtirilgan
va
umumlashtirilgan haykallari orqaga surilib tabiiy
tarzda gavdalantirilgan
va tasvirlangan shaxsning
681
individualligi yaqqol ko’rsatilgan portretlar oldingi
qatorga o’tdi. Ellin davrning haykaltaroshlari yaratgan
yakka va guruh tarzidagi haykallarda jismoniy va
ruhiy azob, kurash, g’alaba, o’lim tasvirlab ko’rsatilar
edi.
Peyzajni fan sifatida tasvirlab unda yoki uning
o’rtasida asosiy syujetni aks ettirish haykaltaroshlikda
yangilik edi. Bu usul klassikaga ma’lum emas edi.
Shu bilan bir qatorda haykaltaroshlikda dabdabali
yo’nalish mavjud bo’lib, u ellin hukmdorlarni
haykallar soyasida namoyon bo’lardi. Ellin
haykaltaroshligida er. avv. IV asrning ulug’,
mohir
ustalariga borib taqaladigan bir necha yo’nalishni
ko’rish mumkin. Afinada va Iskandariya Praksitelga
borib taqaladigan san’at asarlarini tomosha qilish
uchun kiruvchi o’ziga to’q kishilarning didiga
mo’ljallangan san’at asarlarini ko’rishi mumkin edi.
Afroditaning va boshqa ma’budalarning
yalang’och haykallari bu yo’nalishga xos xususiyatdir.
Dramatizmda to’la Pergam maktabi Skopasga borib
taqalafi. Pergam mexrobining friz mazkur maktabni
ajoyib yodgorligi bo’lib, unda ma’budlarning
gigantlar bilan kurashi tasvirlanadi. Bu pergam va
boshqa ellin davaltlarining jangovor galat (kel’t)
qabilalari bilan olib borgan og’ir kurashlarining ramzi
edi. Rodos mashhur haykaltaroshlik
maktabi Asippga
borib taqaladi. Bu maktabda asosan haykallar
baquvvat atletlarning tasvirlaridan iborat.