Qadimgi Rim tarixi manbalari
Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik
chegarasi Rim shahrini barpo qilinishi 754 – 753
yillardan boshlanib, G’arbiy Rim imperiyasining
qulashi 476 yil bilan tugallanadi. Rim tarixini
o’rganishda turli xil manbalar: Rim va Yunon
tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy
adabiyot, huquqiy yodgorliklar, arxeologiya,
epigrafika, numizmatika va papirologiya
ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha moddiy manbalar
xilma-xil bo’lib, Italiyaning paleolit va neolit davridan
dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar,
qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy va o’rta
Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo’lgan
692
sog’onalar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari topilgan.
Rim shahrining o’zida palatin, eskvilin va boshqa
tepaliklarda hamda forumda ko’p sonli qabrlar,
ibodatxona poydevorlari, ona bo’rining jez haykali,
Serviy tulliy davridagi shahar devori qoldiqlari qazib
ochilgan. Italiyaning boshqa shaharlarida ko’p sonli
arxeologik yodgorliklar mavjud. Jumladan
eramizning 79-yilida vulqon otilishi natijasida kul
ostiga qolib ketgan Pompeya va Gerkulanum
shaharlari arxeologlar tomonidan to’la qazib ochilgan.
Bu shaharlardagi ko’chalar, uylar, ibodatxonalar
to’laligicha saqlanib qolgan va eramizdan avvalgi
birinchi ming yillikdan eramizning II asrigacha
mavjud bo’lgan shahar me’morchiligi to’g’risida boy
ma’lumotlar beradi.
Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida
yozuvlar ko’p bo’lgan. Qazib ochilgan inshootlardan
etrusk, latin, yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar
bino devorlari, sopol idishlarda va toshlarga bitilgan.
Rim tarixi bo’yicha eng qimmatli manbalardan biri bu
yozma adabiyotdir. Er. avv. III asrdan boshlanib Rim
xalqaro siyosatda yetakchi rol o’ynashi bilan uning
tarixi to’g’risida boy ma’lumotlar to’plana boshlandi.
Er. avv. II asrda Polibiy kabi yunon
yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o’rganishda
katta ahamiyatga ega bo’ldi. Rimdagi fuqarolar urushi
davri Gay Sallyustiy Krispning tarixiy
monografiyalarida aks etdi. Rim respublikasini so’ngi
693
davridagi yirik siyosiy arboblar Tsitseron va
Tsezarning asarlari, ilk imperiya davrida Tit Liviyning
Rim tarixi, eramizning I asrida Velley Patirkulning
ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida
Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti
to’g’risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley
Patirkulning ikki jildli asarida Rim butun dunyo tarixi
markazi sifatida tasvirlangan.
Er. avv. I asr so’ngida Rimda yashagan yunon
galikarnaslik Dionisiyning “Rim qadimiyatlari ”
nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9
tasi to’la saqlanib qolgan bo’lib, er. avv. 442-yilgacha
bo’lgan voqealar bayon qilinadi.
Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit
(eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari)
asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim
tarixiga oid german qabilalari to’g’risida qimmatli
ma’lumotlar berilgan.
II-III asrlar tarixiga oid asarlar to’la saqlanmagan.
Ularni ichida IV asrda tuzilgan “Avgustlar tarixi
yozuvchilari”, “imperatorlar tarjimai hollari” kabi
to’plamlarni ko’rsatish mumkin. So’nggi
imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin
asarlarida tarixiy voqealar eramizning 378 yiligacha
bayon qilingan. Qadimgi Rim tarixi bo’yicha muhim
ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II
asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud.
694
Bundan tashqari tarixiy voqealarni borishini tiklash
uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy
Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya
davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil
kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari,
xronografiyalar va obzorlarni ko’rsatish mumkin.
Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida
ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy –
joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim
forumi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo’lib
xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha
bu yodgorliklarni tarixiy-madaniy jihatdan to’la
tadqiq qilib, Rim tarixini qayta tiklashda ilmiy
jihatdan qimmatli bo’lgan 100 ga yaqin tadqiqotlarni
e’lon qildilar.
Rimning etrusklar davri, respublika imperiya
davrlari, diniy hayoti bo’yicha qimmatli ma’lumotlar
qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh
yozuvlari, nasroniy dini kitoblari, nasroniy
tarixchilarning asarlari orqali bilish olish mumkin.
Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari, va
sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar
mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot,
komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda
katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim
imperiyasi qaramog’ida bo’lgan Italiyadan tashqari
Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada
ko’p miqdorda memoriy inshootlar: saroy-ibodatxona,
695
mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko’priklar, portlar
saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |