Yosh avlod tarbiyasida milliy va sharqona qadriyatlarning o’rni



Download 19,26 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi19,26 Kb.
#636167
Bog'liq
document21


Yosh avlod tarbiyasida milliy va sharqona qadriyatlarning o’rni
Pardayeva Munira Saidahmad qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika
Instituti “Pedagogika va aniq fanlar
fakulteti” Maktabgacha ta’lim
yo’nalishi 2-kurs talabasi
Milliy qadriyatlar – milliy g’oyaning ma’naviy negizi. Mustaqillik yillarida qadriyatlarning fuqarolik jamiyatini barpo etish demokratik tamoyilni qo’llash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Albatta, shu o’rinda aytishimiz mumkinki, mustaqillik e’lon qilingan paytda jahon hamjamiyatining mustaqil O’zbekistonni tan olishi davlatimizning keng tashqi siyosiy, iqtisodiy faoliyati o’zbek xalqining ma’naviy qadriyatlarini tiklanishiga o’zini boshqa xalqlar orasida to’la huquqli millat sifatida anglab yetishishiga yanada katta kuch baxsh etadi. Shu o’rinda bir savol tug’iladi xo’sh! “qadriyat” so’zi nima ma’noni anglatadi? “Qadriyat” atamasi bizga arabcha so’zidan kirib kelgan bo’lib bugungi kunda bu tushuncha borliq va jamiyatdagi biror-bir narsa va hodisaning kishilar o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy munosabatlardagi tutgan o’rni muhim ahamiyatini ifoda etish uchun qo’llanilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ma’naviyat va milliy qadriyatlarning noyob va bebaho boylik ekanligini ta’kidlab quyidagi fikrlarni bildirgan edi. “Biz bugun ayrim davlatlardan moddiy nuqtai nazardan orqaroqda bo’lsakda ma’naviyat nuqtayi nazaridan qaraganda ulkan g’urur bilan aytishimiz mumkinki, buyuk ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlar va urf-odatlarga, nasl-nasabimiz qonimizga singib ketgan buyuk hayotbaxsh kuchga egamiz. Bu borada ustunligimiz butun ma’rifiy dunyoda e’tirof etilgan. Anashu qutlug’ merosga munosib bo’lib yashash, bu beqiyos boylikni yanada boyitib rivojlantirish milliy o’zligimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida kelajak binosini barpo etish muqaddas burchimizdir”.
Milliy qadriyatlar millatning tarixi yashash tarzi kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar hamda madaniyat bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Zero faqat ezgu g’oyalar, va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g’oyalar xalqlarni taraqqiyotga eltgan. Shu o’rinda aytamanki, milliy qadriyatlardan tashqari yana quyidagi qadriyatlarni tiklash yangi jamiyat qurishda o’z aksini topdi, desak adashmagan bo’lamiz.
-xalqimiz hayotida kuchli jamoatchilik ruhiyatning saqlanib qolganligi
-oila, mahalla, el-yurtning har bir inson uchun muqaddasligi
-ota-ona va boshqaruv rahbarlariga nisbatan hurmat va ehtiromning saqlanib qolganligi
-xalqimiz milliy ma’naviyati va madaniyatning o’ziga xos sharqonaligi
-kattalarni hurmat qilish kichiklarni izzat qilish odatlarining mavjudliligi
-xalqimiz o’rtasida halollik va mehr-oqibatlilikning keng tarqalganligi
Barchamizga ma’lumki, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”
milliy g’oya” “o’zlikni anglash” “milliy tiklanish” “ijtimoiy adolat” “milliy ong” “milliy g’urur” “milliy iftixor” “vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo’ldi. Bu atamalar bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan erkin va faravon hayot” barpo etishda xalqimizni hamjihatlikka harakat qilishga undab kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan Amir Temur shaxsi buning yorqin isbotidir.Bizning bu sharqona qarashlarimizni, markaziy osiyodagi qo’shnilarimiz, xalqaro hamjamiyat qo’llab-quvvatladi. Amir Temur qanchalik taqvodor musulmon bo’lmasin, qonunchilikning turli tizimlari diniy va dunyoviy tomonlari borligini ularni hisobga olish kerakligini juda to’g’ri anglagan. Amir Temur qonunchilik deganda faqat shariat qonunchiligini emas, balki boshqa xalqlar qadriyatlari urf - odatlarini ham tushungan. “Milliy qadriyatlar- millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan xususiyatlardir. O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Ko’p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissasini qo’shgan ajdodlarimizning merosini o’rganish, va uning asosida o’sib kelayotgan yosh avlodni, komil inson etib tarbiyalash, jamiyatimizda ma’naviy – madaniy muhitni tarbiyalash, bu albatta o’zimizga bog’liqdir. Shu o’rinda aytishimiz mumkinki, milliy qadriyatlarimizdan biri bo’lgan san’at turi baxshichilik san’ati yanada jo’shqinladi. Shunday bir sharoitda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev baxshichilik san’atini bebaho nomoddiy madaniy meros sifatida yanada rivojlantirish, boyitish tashabbusi bilan chiqdi. Xalq og’zaki ijodining mazkur yo’nalishidagi noyob durdonalarni asrab-avaylash, yanada ravnaq toptirish, keng targ’ib qilib uni jahon uzra yoyish va kengaytirishga xizmat qiladi.
Qadriyatlarimiz milliy, umumbashariy, shaxsiy qadriyatlarga bo’linishi mumkin. O’z ahamiyatini yo’qotmaydigan abadiy qadriyatlar bu umumbashariy qadriyatdir. Muayyan bir elatimiz, millat xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma’naviyati, urf-odat an’analari, o’tmish va kelajagi bugungi kun bilan aloqador qadriyatlar milliy qadriyatlarimizdir. Qadriyatlarimiz komil insonni tarbiyalashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Insonning faoliyati yashashi , uning odobi, go’zalligi, uning boshqalar bilan o’zaro muomalasi, shaxsiy qadriyatlar sanaladi.
Milliy g’oyamizning asosida milliy qadriyatlarimiz bo’lib ular xalqimizning milliy tiklanish va milliy yuksalishiga bo’lgan ishonchi va qat’iyatni yuksaltiradi. Aytishimiz mumkinki, milliy qadriyat deganda, eng avvalo, tarixiy sinovlarga bardosh bergan xalqimizning milliy manfaatlarini o’zida mujassam etgan zamonaviy taraqqiyot talablariga butunlay javob bera oladigan asrlar o’tgan sayin, qadr-qimmati ortib boradigan g’oyalar tushuniladi. Hayot rivojlanib borarkan qadriyat ham takomillashib boraveradi.
Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, milliy va ma’naviy qadriyatlarning mustaqilligini mustahkamlash, va kelajagini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan, va rivojlangan, o’tmishda hozirgi kunda, va kelajakda ham ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadigan kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etgan moddiy va ma’naviy boylikdir. Demak shundan xulosa chiqarishimiz mumkinki, milliy qadriyatlar umuminsoniy demokratik, tamoyillar bilan uyg’unlashtirilsa, shundagina jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda aytganda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatimizda milliy va madaniy jihatdan qadriyatlarni asrab – avaylash, va kelajak avlodga qoldirishimiz bizning sharafli burchimizdir. Zero qadriyatlar har bir xalqning qon- qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganimizda tarixiy tajriba va an’analarining, meros bo’lib o’tishi, bularning barchasi yangidan yangi, avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlargan aylanib qolishi lozim.
Download 19,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish