Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Hujayralararo modda.
Hujayralararo modda - tolalar va asosiy moddadan tashkil 
topgan. Gialin tog`ayda II tip kollagen (xondrin) tolalar bo`lsa, elastik tog`ayda kollagen tolalar 
bilan bir qatorda elastik tolalar ham juda ko`p. Xondrin tolalarnilg tuzilishi asl biriktiruvchi 
to`qimanichg kollagen tolalarini eslatadi. Kollagen tolalarning nur sindirish qobiliyati asosiy 
moddanikiga taxminan teng bo`lgani uchun ular oddiy yorug`lik mikroskopi ostida ko`rinmaydi. 
Hujapralarzro moddaning bo`shliq devorlariga yaqin qismlari atrofidagi hujayra-lararo 
moddadan nurni kuchli sindirish qobiliyati bilan farq qiladi. Bu qavat tog`ay hujayralariga 
kapsula bo`lib xizmat qiladi. Hujayralararo modda oqsillarga, lipidlarga, glikozaminoglikan va 
proteoglikanlarga boydir. Glikozaminoglikanlar asosan sulfatlangan bo`lib, o`z ichiga 
xondroitinsulfatlarni, 
keratin 
sulfatni 
va 
gialuron 
kislotasini 
oladi. 
Sulfatlangan 
glikozaminoglikanlar nofibrillyar oqsillar bilan birikib proteoglikanlarni hosil qiladi. Asosan 
hujayralararo moddasining tuzilishiga qarab, tog`ayning uch turi: 1) gialin (shishasimon); 2) 
elastik (to`rsimon); 3) tolali (kollagen tolali) turlari farqlanadi. 
GIALIN TOG’AY TO’QIMASI 
Gialin tog`ay ko`p uchraydigan tog`ay turidir. Embrion skeletining ko`p qismi voyaga 
yetgan organizmda esa qovurg`alarning to`sh suyagiga tutashish joyi, bo`g`imlar yuzasi va havo 
o`tkazuvchi yo`llar devori gialin tog`aydan tuzilgandir. U ko`kimtir rangi bilan farqlanadi. 
Tog`ay tashqi tomondan biriktiruvchi to`qimaning yupqa qavati - perixondr bilan 
qoplangan (79 - rasm). Tog`ayning yuqori qavatidagi xondrotsit hujayralari xondroblast 
hujayralaridan ko`p farq qilmaydi, chuqurroq savatida esa tog`ay hujayralari asta-sekin 
kattalashadi. Xondrotsitning yuzasi tekis bo`lmay elektron mikroskopda ko`rinuvchi 
mikrovorsinkalari bor (80-rasm). Bu hujayralar yadrosi yumaloq bo`lib, xromatini kamdir. 
Sitoplazmasida kontsentrik sisternalar shaklida endoplazmatik to`r joylashganligi ko`rinadi. 


133 
79- rasm. Gialin tog`ay. Kekirdakdan tayyorlangan. Gematoksilin-eozin bilan bo`yal- 
gan. 0b. 10. ok.10. 
1 - togay ustki pardasi; 2 - yosh tog`ay hujayralar; 3 - izogen gruppa; 4 - oraliq asosiy 
modda. 
80- rasm. Xondrotsit. O`pka bronxidagi gialin tog`ay. Elektron mikrofotogramma. 
1 - yadro; 2 - Golji zonasi; 3 - lipid tomchilari; 4 - glikogen donachalari; 5 - mitoxon-
driyalar; 7 - donador endoplazmatik to`r; 7 - sitoplazmatik tolalar; 8 - vakuola; 9 - 
hujayraning arrasimon qirrasi; 10 -kapsula sohasi; 11 - asosiy modda; 12 - qo`shni 
xondrotsitning bir qismi (Rodindan). 
Xondrotsit mitoz yo`li bilan bo`linadi. Hosil bo`lgan yangi hujayralar atrofida zich 
hujayralararo modda bo`lgani uchun ular bir-biridan uzoqlashmay izogen gruppalarni hosil 


134 
qiladi. Shuning uchun qari tog`aylardagi izogen gruppalar 8-10 tagacha xondrotsitlar tutadi. 
Hujayralararo moddaning holatiga ko`ra tog`ay hujayrasining shakllari turlicha bo`lishi 
mumkin. Yosh
tog`aydagi hujayralararo modda suvga va proteoglikanlarga boy, bu yerda tog`ay 
hujayralari shakli yumaloq. Qari tog`aylarda hujayralararo modda zichlashgan bo`lib, hujayralari 
odatda disk shaklini oladi. Yakka yoki izogen gruppalar atrofida yotgan hujayralararo modda 
turlicha bo`yaladi, chunki uning tarkibida oqsillar va proteoglikanlar miqdori turlicha bo`ladi. 
Hujayralararo moddaning hujayralar atrofida bevosita joylashgan, ko`p miqdorda gliko-
zaminoglikan va proteoglikanlar saqlovchi zonasi keskin bazofil bo`yaladi. Bazofil bo`yaluvchi 
moddalar izogen gruppalarni 
har 
tomondan bir tekisda o`ragani uchun ular sharsimon tanacha-
larni hosil qiladi. Yirik va qari tog`ayda bazofil tanachalar atrofida halqa singari oksifil zona 
shakllanadi, chunki yosh ulg`ayib borgan sari tog`ay hujayralarining soni va amorf moddada 
glikozaminoglikanlar miqdori kamayadi. Pirovardida hujayralararo modda bazofiliyasining 
susayishi va unda kaltsiy tuzlari o`tirishi (ohaklanish) kuzatiladi. 
Hamma gialin tog`aylar ham bir xil tuzilishga ega emas, masalan, bo`g`imlar yuzasidagi 
tog`ay perixondrga ega bo`lmaydi. Bo`g`im tog`aylarida uch zona ajratiladi. Tashqi zona mayda, 
yassilashgan, kam differensiallangan xondrotsitlardan, o`rta zona nirik, yumaloq hujayralardan, 
ichki zona esa kaltsiy tuzlari o`tirgan tog`ay moddasidan iborat. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish