ADVENTITSIAL HUJAYRALAR (ADVENTITIOCYTI)
Ular kam differensiallangan, yassi yoki duksimon shaklga zga hujayralar bo`lib, qon
tomirlar atrofida joylashadi. Adventitsial hujayralar peritsitlardan farq qilib, hech qachon bazal
membrana bilan o`ralmaydi. Ularning sitoplazmasi sust bazofil bo`yalib, o`zida kam miqdorda
organellalar tutadi. Adventitsial hujayralar kam differensiallangan hujayralar bo`lib, ulardan
ma’lum sharoitlarda fibroblastlar yoki adipotsitlar (yog` hujayralari) hosil bo`lishi mumkin deb
hisoblanadi.
SIIRAK BIRIKTIRUVCHI TO’QIMANING HUJAYRALARARO MODDASI
Siyrak biriktiruvchi to`qimaning hujayralararo moddasi amorf (asosiy) moddadan va uch
turli tolalardan iborat. Kollagen va elastik tola tolalarning asosiy qismini tashkil etib, unda
retikulyar tolalar kam uchraydi.
Amorf modda va tolalar asl biriktiruvchi to`qimaning hamma turlarida har xil nisbatda
uchraydi. Shuning uchun quyida keltirilgan hujayralararo moddaning tuzilishi biriktiruvchi to`qi-
maning hamma turlari uchun tegishlidir.
ASOSIY MODDA (SUBSTANTIA FUNDAMENTALIS)
Asosiy, amorf yoki sement modda gomogen massa bo`lpb, kolloiddan iborat. Amorf
modda biriktiruvchi to`qima takomilining ilk bosqichlarida hosil bo`lib, avvaliga tolalar ko`proq
bo`ladi keyinchalik amorf modda differensiallashib, biriktiruvchi to`qimaning bir turida,
masalan, terida kam, tog`ayda esa ko`proq glikozaminoglikanlar (mukopolisaxaridlar) tutadi.
Normal sharoitda asosiy modda gel konsistentsiyasiga ega. Uning tarkibiga biriktiruvchi
to`qima hujayralarida sintezlanuvchi moddalar (sulfatlangan glikozaminoglikanlar-xondroitin-
sulfat, geparinsulfat, keratinsulfat, gialuron kislota; fermentlar, immun tanachalar) va qon tomir
orqali keluvchi moddalar (albumin, globulin, vitaminlar, gormonlar, ionlar, suv, fermentlar,
immun tanachalar va metabolitlar) kiradi. Bu komponentlarning miqdori fiziologik va patologik
holatlarda o`zgarib turadi. Glikozaminoglikanlar, xususan, gialuron kislota, xondroitinsulfat va
geparinsulfat asosan oqsillar bilan kompleks holatda bo`ladi. Amorf moddaning miqdori birik-
tiruvchi to`qimaning turli qismlarida turlicha. Qon tomir kapillyarlari atrofida, yog` hujayralari
to`plangan joylarda yoki retikulyar hujayra ko`p bo`lgan qismlarda amorf modda kam bo`ladi.
Lekin biriktiruvchi to`qimaning epiteliy bilan chegaradosh qismlarida amorf modda ko`p. Bu
yerda amorf modda kollagen va retikulyar tolalar bilan birga chegara membranasini (bazal plas-
tinkani) hosil qiladi.
Asosiy modda turli moddalarni qon tomirdan hujayraga yoki metabolizm qoldiqlarini
hujayradan
qonga
o`tishida
asosiy
tuzilma
sanaladi.
Uning
o`tkazuvchanligi
glikozaminoglikanlar konsentratsiyasiga va boshqa fizik-kimyoviy holatlarga bog`liq. Gistamin
va gialuronidaza fermenti ta’sirida amorf moddaning o`tkazuvchanligi keskin oshadi. Shunday
qilib, amorf modda organizmda modda almashinuvida muhim o`rin tutib, uning o`zgarishi turli
kasalliklarga olib kelishi mumkin.
126
SIYRAK BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA TOLALARI
Kollagen tolalar (fibrae collagenosae). Kollagen (yunon. kolla - yelim, genos - yaratmoq,
vujudga keltirmoq, yelim hosil qiluvchi demakdir) faqatgina asl biriktiruvchi to`qimada bo`l-
may, balki suyakda - ossein tog`ayda - xondrin tolalar nomi bilan mavjud. Kollagen tolalar
siyrak biriktiruvchi to`qimada turli yo`nalishda yotuvchi to`g`ri yoki egri-bugri tortmalar holida
joylashadi. (76-rasm). Kollagen tolalar tarkibida fibrillyar oqsil - kollagen bo`lib, u fibroblast
hujayralarida polipeptid zanjirlar (prokollagen) shaklida hosil bo`la boshlaydi.
Har bir zanjir uch turli aminokislotadan iborat bo`lib, ulardan birinchisi xohlagan
aminokislota, ikkinchisi prolin yoki lizin, uchinchisi esa glitsindir. Bu aminokislotalar zanjirda
ko`p marta xuddi shu tartibda qaytariladi. Prolin va lizin darhol gidroksiprolin yoki
gidroksilizingacha oksidlanadi. Hujayra ichida 3 ta kalta polipeptid zanjirlar bir-biriga o`raladi
va tripletlar hosil qiladi. Har bir triplet molekulasi uch polipeptid zanjirdan iborat bo`lib, eni 1,4
nm, uzunligi 280-300 nm ga teng. Bu tripletlar tropokollagen deb nomlana-i. Uning molekulyar
og`irligi 360 000 ga teng.
Tropokollagen oqsili hujayra tashqarisiga sekretsiya qilinadi. Tropokollagen tolalari bir-
biriga ulanib, protofibrillarni hosil qiladi. So`ngra ATF ishtirokida polimer zanjirlar vodorod
bog`lar yordamida yonma-yon ulanib «birlamchi fibrillalarni» (75 nm ga teng) hosil qiladi.
Ularda ko`ndalang chiziqlarni ko`rish mumkin. Ko`ndalang chiziq polimerizatsiya qilish davrida
hosil bo`lib, tropokollagen molekulalarining orasida qoladigan bo`shliqqa bog`liq. Birlamchi
fibrillalar birlashib, eni 5-15 mkm, uzunligi turlicha bo`lgan kollagen fibrillalarni hosil qiladi.
Shunday qilib, kollagen tolalar birlamchi fibrillalardan, ular esa protofibrillalardan,
protofibrillalar esa tropokollagenlardan iborat (77-rasm).
Hozirgi vaqtda kollagenning 12 tipi mavjud. Bu tiplar har xil a’zolarda bo`lgan
kollagenning ximiyaviy tarkibi, joylashishi va xususiyatlariga ko`ra tafovut qilinadi:
I tip-terida, suyakda, ko`z muguz pardasida, sklerada uchraydi.
II tip - gialin va tolali tog`aylarda joylashadi.
76-pacm. Terining to`rsimon qavatidagi kollagen tolalarning bo`ylama kesmasi.
Elektron mikrofotogramma. X87.500.
1- kollagen fibrillalar; 2-ko`ndalang chiziqlar.
III tip - homila terisining dermasida, retikulyar to`qimada va yirik qon tomirlar devorida
uchraydi.
IV tip - bazal membranalarda va ko`z gavharini o`rovchi kapsulada joylashadi. Qolgan
V-XII tipdagi kollagenlarning xususiyatlari hali aniq emas.
127
Kollagen tolalarda glitsin, prolin, oksiprolin, glyutamin, asparagin kabi aminokislotalar
ko`p bo`lib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar kam. Kollagen tolalar juda pishiq va
cho`zilmaydi. Pay suyultirilgan ishqor va kislotalarda 10 marta shishadi.
77- rasm. A - kollagen tolalarning tuzilish sxemasi. B - kollagen makromolekulasining
spiral strukturasi (Rich bo`yicha); kichik oq doiralar- glitsin, yirik oq doiralar-prolin.
Shtrixlangan doiralar - gidroksiprolin.
I - polipeptid zanjir; II - kollagen molekulalari (tropokollagen); III - protofibrilla; IV-
ko`ndalang chiziqli ko’rinadigan eng ingichka fibrillalar; V - kollagen tola (V.G.
Yeliseev va boshqalar, 1972).
Do'stlaringiz bilan baham: |