121
Plazmatik hujayralar oval yoki yumaloq shaklga ega bo`lib, yadrosi ekstsentrik joylashadi.
Hujayra sitoplazmasi to`q bazofil bo`yaladi.
Elektron mikroskopda plazmotsit sitoplazmasida juda
yaxshi rivojlangan donador
endoplazmatik to`r, Golji kompleksi va erkin ribosomalarni ko`rish mumkin. Golji kompleksi
atrofi-da lizosomalar ham uchraydi. Plazmotsitlarning asosiy vazifasi
immunoglobulinlar yoki
antitelolar ishlab chiqarishdir. Hozirgi vaqtda immunoglobulinlarning asosan 5 sinfi (A, G, M,
D, E) plazmatik hujayrada hosil bo`lishi tasdiqlangan. Bu moddalar donador endoplazmatik
to`rda vujudga kelib, boshqa a’zo hujayralaridagi singari sekretor konveyerga tushib, hujayradan
tashqariga chiqariladi. Sekretor moddaning tashqariga chiqishi plazmotsitoz (sitoplazma
bo`lakchalarining ajralnshi) yo`li bilan yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi davrda plazmatik
hujayralarning B- limfotsitlardan hosil bo`lishi aniqlangan. Qonning o`zak hujayralaridan
qushlarda Fabritsiy xaltachasi, sut emizuvchilarda esa qizil suyak ko`migida B-limfotsitlar hosil
bo`ladi. B-limfotsitlar esa antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmatik
hujayralarga aylanishi
mumkin.
Plazmatik hujayralarning bir necha turlari farqlanadi: plazmoblastlar, proplazmotsitlar va
yetuk plazmatik hujayralar. Plazmoblast hujayrasida RNK to`planadi va bu hujayra intensiv oqsil
sintez qiladi. Antitelolarning hosil bo`lishi plazmoblastlarning yetilgan
plazmatik hujayraga
aylanishi bilan bog`liq. Bunda bir necha ketma-ket hujayra bo`linib, bir plazmoblastdan o`nlab
yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`ladi. Immunologik aktiv klon antigen kiritilgandan 1--2
kundan so`ng plazmoblastlarning bo`linishidan hosil bo`ladi. Plazmoblastlar tez bo`linuvchi
hujayralardir. Ular proplazmotsitlar bosqichiga o`tib, ko`p miqdorda immunoglobulin hosil
qiladi. Shu bilan ularda ko`payish qobiliyati saqlanib qoladi. So`ngra proplazmotsitlar
yetilgan,
ko`payish qobiliyatini yo`qotgan hujayralarga aylanadi. Hujayra bo`linishidan boshlab, ya’ni
klon hosil bo`lishidan to yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`lguncha 3 sutka o`tadi. Antitelo
hosil bo`lishining to`xtashi antitelo hosil qiluvchi hujayralar populyatsiyasiningso`nishi bilan
bog`liq. Antigen to`qimaga tushganda unda plazmatik
qatorning hamma hujayralari, ko`proq
yetilgan plazmatik hujayralar bo`ladi. Lekin immunologik reaksiya boshlanishida avval antitelo
hosil qiluvchi plazmoblastlar, undan so`ng yetilgan hujayralar ko`payadi.
Immunologik
reaksiyaga tayyorlik boshlang`ich hujayraga bog`liq bo`lib, yetilgan hujayralarga bog`liq emas.
Bir plazmatik hujayra faqat bir immunologik spetsifik antitelo hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: