108
Eritrotsytopoez jarayonida hujayralar sitoplazmasi va yadrosida ma’lum bir o`zgarishlar
ro`y beradi. Yadro kichrayadi, yumaloq shaklni oladi, shu bilan birga xromatinning zichlashuvi
va yadrochaning yo`qolib ketishi kuzatiladi. Sitoplazmada gemoglobin moddasining to`planishi
tufayli uning zlektron zichligi oshib boradi va gomogsn tusni oladi. Mitoxondriyalar kichrayadi
va ularning soni kamayadi. Golji kompleksi kichrayib boradi va oksifil normotsitlarda juda ham
kam uchraydi. Oksifil normotsit bosqichiga kelib, yadro hujayra chekkasiga qarab suriladi.
Keyinchalik yadro ingichka sitoplazma qavati (qalinligi taxminan 30 nm) bilan birgalikda
hujayradan chiqib ketadi. Itarib chiqarilgan yadro darhol suyak ko`migidagi makrofaglar
tomonidan qamrab olinib, fagotsitozga uchraydi.
Uz yadrosini yo`qotgan oksifil normotsit
yosh eritrotsitga
yoki
gemoretikulotsitga
aylanadi. Elektron mikroskopda ko`rilganda gemoretikulotsitlarda oz miqdorda hujayra
organellalarining-mitoxondriyalar, vakuolalar va ribosomalarning saqlanib qolganligini ko`rish
mumkin. Ular gemoretikulotsitlarni supravital bo`yalganda ko`rinadigan donador-ipli tuzilmalar-
ni (substantia reticulofilamentosa) beruvchi elementlar hisoblanadi.
Keyingi takomillanish davomida gemoretikulotsitlardagi hujayra organellalarining
qoldiqlari yo`qolib ketadi va ular eritrotsitlarga aylanadi.
Rivojlanayotgan hujayralarda gemoglobin sintez qilinishi murakkab jarayon bo`lib,
bunda normotsitlarning hujayra organellalari, xususan mitoxondriyalar aktiv ishtirok etadi.
Gemoglobin hosil bo`lishi uchun lozim bo`lgan plastik materiallardan muhimi temir hisoblanadi.
Temir atomlari rivojlanayotgan hujayralarga temirning (3-globulin bilan hosil qilgan birikmasi-
transferrin shaklida yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida suyak ko`migi
makrofaglaridagi ferritin shaklidagi temir birikmasi eritrotsitopoez hujayralariga refeotsitoz yoki
pinotsitoz yo`li bilan o`tishi ham topilgan. Suyak ko`migi makrofaglari, qari, yemirilayotgan
eritrotsitlardagi gemoglobinni yutib, so`ngra uni ferritin shaklida yosh, taraqqiy etuvchi normo-
tsitlarga yetkazib beradi. Suyak ko`migida makrofag hujayrasining atrofida joylashgan
rivojlanayotgan normotsitlarni ko`rish mumkin, ular birgalikda «eritroblastik orolchalar» deb
nomlangan hujayra gruppalarini tashkil etadi. Bu orolchalarda markazda joylashgan makrofag
normotsitlar uchun o`ziga xos «enaga - hujayra» vazifasini o`taydi.
Eritrotsitopoetik elementlar juda tez bo`linib ko`payish xususiyatiga ega. Dastlabki,
morfologik jihatdan boshqa elementlardan ajratilishi mumkin bo`lgan eritropoez hujayra -
eritroblastdan boshlab, to gemoretikulotsit bosqichigacha bo`lgan hujayralar
eritron
termini bilan
umumlashtirib yuritiladi.
Eritroblastlar, pronormotsitlar va bazofil normotsitlar mitoz yo`li bilan ko`payish
qobiliyatiga ega bo`lgan hujayralar bo`lib, polixromatofil va oksifil normotsitlar esa o`z
bo`linish qobiliyatini yo`qotgan hujayralardir.
Eritroblastdan to oksifil normotsit hujayrasigacha bo`lgan takomillashish davri taxminan
24-48 soatga teng. Normotsitlardan gemoretikulotsitlar hosil bo`lishi esa taxminan 48-72 soat
ichida amalga oshadi. Gemoretikulotsitlar darhol qon aylanishi doirasiga tushmay, 48-72 soatcha
suyak ko`migida yetilishni davom ettiradi va yetuk eritrotsitlarga aylanadi.
Eritrotsitopoez murakkab jarayon bo`lib, eritroblastik elementlarning ko`payishi va
ularda gemoglobin sintezining borishi endokrin va neyrogumoral yo`llar orqali boshqariladi.
Eritrotsitopoezni boshqaruvchi muhim faktorlardan biri buyrakda, me’dada va boshqa organlarda
ishlab chiqariladigan eritropoetin moddasidir. Eritrotsitlar takomillashishining normal kechishi
uchun organizmda vitamin B
12
, temir, mis va boshqa elementlarning yetarli darajada bo`lishi
muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: