Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Bo`qoq bezida qon yaratilishi



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Bo`qoq bezida qon yaratilishi.
Timusda T-limfotsitlar yaratilishi homila takomilining 9-
10 haftasidan boshlab, homila tug`ilgandan keyin ham davom etadi. Hozirgi paytda timus T-
limfotsitlarning asosiy yaratilish manbai hisoblanadi. 
Suyak ko`migida qon yaratilishi.
Suyak ko`migida qon yaratilishi embrion 
taraqqiyotining oxirgi oylarida boshlanib, homila tug`ilgandan keyin kuchayadi. Voyaga yetgan 
organizmda suyak ko`migi eritrotsitlar, donali va donasiz leykotsitlar va qon plastinkalari 
yaratiladigan eng asosiy universal organ bo`lib qoladi. Suyak ko`migi timus va boshqa qon 
yaratuvchi organlariga o`zak hujayralarni stkazib beradi. Shu bilan birga u odamda B-lim-
fotsitlarning asosiy taraqqiyot manbai hisoblanadi. 
VOYAGA YETGAN ORGANIZMDA QON YARATILISHI 
Voyaga yetgan organizmda qon yaratuvchi asosiy organlar qizil suyak ko`migi, taloq, 
limfa tugunlari va bo`qoq bezi (ayrisimok bez) hisoblanadi. Barcha qon shaklli elementlari 
uchun yagona boshlang`ich hujayra qonning o`zak hujayralaridir. Uzak hujayralarning 


105 
mavjudligini kanadalik olimlar Mak Kullox va Till 1960 yilda isbot qildilar va bu bilan rus olimi 
A. A. Maksimovning asrimiz boshida barcha qon hujayralari uchun yagona boshlang`ich hujayra 
mavjud ekanligi to`g`risidagi fikrini tasdiqladilar. Uzak hujayralar qon yaratilishining barcha 
yo`nalishlarida, ya’ni 
eritrotsitopoez, granulotsitopoez, limfotsitopoez, monotsitopoez 
va 
trombotsitopoez 
yo`nalishlarida rivojlana oladigan hujayralar sinfiga kiradi. Ularning asosiy 
xususiyatlari o`z-o`zini saqlab qolish qobiliyatining borligi ko`payish imkoniyatiga egaligi va 
turli yo`nalishlarda rivojlana olishi hisoblanadi. Uzak hujayralar ma’lum bir miqdorda bo`lib, 
bo`linganida ham ularning soni o`zgarmay doimiy qoladi, ya’ni o`zak hujayra bo`linishi 
natijasida hosil bo`lgan ikki hujayraning faqat bittasigina takomillashishni davom ettirib, 
ikkinchisi o`zgarmay, o`zak hujayraligicha qoladi. Bu hujayralar tuzilishi bo`yicha mayda 
qoramtir limfotsitlarga o`xshab ketadi. Hujayralar diametri o`rtacha 8-10 mkm bo`lib„ 
sitoplazmasi tor. Hujayra organellalari va polisomalar kam„ erkin ribosomalar esa ko`p. Uzak 
hujayralarni o`rganish ular-ning koloniyalar (ma’lum bir yo`nalishda takomil etuvchi hujayralar 
to`plami) ni hosil qilish xususiyati bilan chambarchas bog’liqdir. Bir o`zak hujayra faqat bitta 
koloniya hosil qila-di va uni 
koloniya hosil qiluvchi birlik 
deb ataladi. Uzak. hujayralar asosan 
ikki yo`nalishda differensiallanishi aniqlangan. Birinchi yo`nalishda yarim o`zak hujayra yoki 
miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi (M B H) hosil bo`ladi. Bu hujayra eritro-, granulo-, 
mono- va megakariotsitopoezlar yo`nalishida differensiallanadi. Ikkinchi yo`nalishda boshqa 
yarim o`zak hujayra yoki limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasi (L B H) hosil bo`ladi. U o`z 
navbatida T- va B-limfotsitopoezlar yo`nalishida differensiallanish qobiliyatiga ega. Yarim o`zak 
hujay-ralar (MBH, LBH) dan tashqari gemotsitopoezning har bir qa-tori uchun xos bo`lgan 
boshlang`ich unipotent hujayralar ham mavjudligi aniqlangan. Masalan, eritrotsitlarning (EBH),, 
neytrofillarning (NBH), bazofillarning (BBH), eozinofillarning (EOBH), monotsitlarning 
(MNBH), megakariotsitlarning (MGBH), T- va B-limfotsitlarning (TlBH, BlBH) o`z bosh-
lang`ich hujayralari bor. Ulardan o`z navbatida morfologik jihatidan identifikatsiya qilinishi 
mumkin bo`lgan blast hujayralar-eritroblastlar, monoblastlar, miyeloblastlar, megakarioblastlar, 
T-va B-limfoblastlar differentsiallashadi. 
Shunday qilib, gemotsitopoez jarayonida turli hujayralar sinflari mavjudligi ko`riladi: 
o`zak (yoki polipotent) hujayralar, yarim o`zak hujayralar (MBH va LBH), unipotent hujayralar 
(EBH, EOBH, NBH, BBH, MNBH, MGBH, TlBH, BlBH), blast hujayralar, yetiluvchi 
hujayralar, yetuk hujayralar. Uzak hujayralardan boshlab to yetuk qon shaklli elementlari hosil 
bo`lguncha kechadigan jarayon qon yaratuvchi a’zolarda mavjud bo`lgan mikromuhit ta’sirida 
bo`ladi. Mikromuhitni hosil qiluvchi asosiy elementlar bo`lib, retikulyar, interdigitik, dendritik 
hujayralar va makrofaglar hisoblanadi. 
Bo`qoq bezi yoki timusda esa bu jarayonda retikuloepitelial hujayralar asosiy rol 
o`ynaydi. Mikromuhit hujayralari o`zak yoki yarim o`zak hujayralarining qon shaklli 
elementlariga differensialanishini ta’minlovchi biologik aktiv moddalar ishlab chiqaradi. Bu 
moddalarga eritrotsitopoezda aktiv ishtirok etuvchi eritropoetin, megakariotsitopoezda 
qatnashuvchi trombopoetin yoki T-limfotsitlarning hosil bo`lishida aktiv rol o`ynaydigan 
timopoetin va boshqalar misol bo`la oladi. 
Gemotsitopoez jarayoni to`g`risida ko`p nazariyalar yaratilgan. Ularni polifiletik (ya’ni 
bir necha o`zak hujayralari mavjudligini tan oluvchi), dualistik (ikki o`zak hujayrasi mavjud 
deyuvchi) va unitar (yagona o`zak hujayrasi borligini tan oluvchi) nazariyalarga bo`lish mumkin. 
Hozirgi paytda barcha talablarga javob beradigan qon yaratilishi nazariyasi unitar nazariya 
hisoblanadi. Bu nazariya rus va sovet olimlari A. A. Maksimov, A. N. Kryukov, I. A. 
Kassirskiylarning ishlari va, nihoyat, oxirgi 15-20 yillar ichida olib borilgan eksperimental ishlar 
natijasida rivojlandi va mustahkamlandi. Unitar nazariya bo`yicha barcha qon elementlari uchun 
yagona polipotent o`zak hujayrasi mavjud. Bu hujayra qonning barcha shaklli elementlari uchun 
eng bosh hujayra hisoblanadi. Gemotsitopoez jarayonini shartli ravishda ikki to`qimada - 
miyeloid va limfoid to`qimalarda kechadi deb hisoblanadi. Miyeloid to`qimada (textus 
myeloideus) asosan eritro-, granulo-, mono- va megakariotsitopoezlar sodir bo`ladi. Bu 
to`qimaga asosan qizil suyak ko`migi kiritiladi. Limfoid to`qimaga (textus lymphoideus) esa 


106 
timus, taloq, limfa tugunlari va boshqa limfoid tuzilmalar kirib, bu yerda limfotsitlar va 
plazmatik hujayralar hosil bo`lishi kuzatiladi. Ammo bu ikkala to`qimaning ajratilishi juda 
shartli bo`lib, ular ichki muhit to`qimasining faqat bir qismidir. Gemotsitopoez sxematik tarzda 
65-rasmda keltirilgan . 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish