105
mavjudligini kanadalik olimlar Mak Kullox va Till 1960 yilda isbot qildilar va bu bilan rus olimi
A. A. Maksimovning asrimiz boshida barcha qon hujayralari uchun yagona boshlang`ich hujayra
mavjud ekanligi to`g`risidagi fikrini tasdiqladilar. Uzak hujayralar qon yaratilishining barcha
yo`nalishlarida, ya’ni
eritrotsitopoez, granulotsitopoez, limfotsitopoez, monotsitopoez
va
trombotsitopoez
yo`nalishlarida rivojlana oladigan hujayralar sinfiga kiradi.
Ularning asosiy
xususiyatlari o`z-o`zini saqlab qolish qobiliyatining borligi ko`payish imkoniyatiga egaligi va
turli yo`nalishlarda rivojlana olishi hisoblanadi. Uzak hujayralar ma’lum bir miqdorda bo`lib,
bo`linganida ham ularning soni o`zgarmay doimiy qoladi, ya’ni o`zak hujayra bo`linishi
natijasida hosil bo`lgan ikki hujayraning faqat bittasigina takomillashishni davom ettirib,
ikkinchisi o`zgarmay, o`zak hujayraligicha qoladi. Bu hujayralar tuzilishi bo`yicha mayda
qoramtir limfotsitlarga o`xshab ketadi. Hujayralar diametri o`rtacha 8-10 mkm bo`lib„
sitoplazmasi tor. Hujayra organellalari va polisomalar kam„ erkin ribosomalar esa ko`p. Uzak
hujayralarni o`rganish ular-ning koloniyalar (ma’lum bir yo`nalishda takomil etuvchi hujayralar
to`plami) ni hosil qilish xususiyati bilan chambarchas bog’liqdir. Bir o`zak hujayra faqat bitta
koloniya
hosil qila-di va uni
koloniya hosil qiluvchi birlik
deb ataladi. Uzak. hujayralar asosan
ikki yo`nalishda differensiallanishi aniqlangan. Birinchi yo`nalishda yarim o`zak hujayra yoki
miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi (M B H) hosil bo`ladi. Bu hujayra eritro-, granulo-,
mono- va megakariotsitopoezlar yo`nalishida differensiallanadi. Ikkinchi yo`nalishda
boshqa
yarim o`zak hujayra yoki limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasi (L B H) hosil bo`ladi. U o`z
navbatida T- va B-limfotsitopoezlar yo`nalishida differensiallanish qobiliyatiga ega. Yarim o`zak
hujay-ralar (MBH, LBH) dan tashqari gemotsitopoezning har bir qa-tori uchun xos bo`lgan
boshlang`ich unipotent hujayralar ham mavjudligi aniqlangan. Masalan, eritrotsitlarning (EBH),,
neytrofillarning (NBH), bazofillarning (BBH), eozinofillarning (EOBH), monotsitlarning
(MNBH), megakariotsitlarning (MGBH), T- va B-limfotsitlarning (TlBH, BlBH) o`z bosh-
lang`ich hujayralari bor. Ulardan o`z navbatida morfologik jihatidan identifikatsiya qilinishi
mumkin bo`lgan blast hujayralar-eritroblastlar, monoblastlar, miyeloblastlar, megakarioblastlar,
T-va B-limfoblastlar differentsiallashadi.
Shunday qilib, gemotsitopoez jarayonida turli hujayralar sinflari mavjudligi ko`riladi:
o`zak (yoki polipotent) hujayralar, yarim o`zak hujayralar (MBH va LBH), unipotent hujayralar
(EBH, EOBH, NBH, BBH, MNBH, MGBH, TlBH, BlBH),
blast hujayralar, yetiluvchi
hujayralar, yetuk hujayralar. Uzak hujayralardan boshlab to yetuk qon shaklli elementlari hosil
bo`lguncha kechadigan jarayon qon yaratuvchi a’zolarda mavjud bo`lgan mikromuhit ta’sirida
bo`ladi. Mikromuhitni hosil qiluvchi asosiy elementlar bo`lib, retikulyar, interdigitik, dendritik
hujayralar va makrofaglar hisoblanadi.
Bo`qoq bezi yoki timusda esa bu jarayonda retikuloepitelial
hujayralar asosiy rol
o`ynaydi. Mikromuhit hujayralari o`zak yoki yarim o`zak hujayralarining qon shaklli
elementlariga differensialanishini ta’minlovchi biologik aktiv moddalar ishlab chiqaradi. Bu
moddalarga eritrotsitopoezda aktiv ishtirok etuvchi eritropoetin, megakariotsitopoezda
qatnashuvchi trombopoetin yoki T-limfotsitlarning hosil bo`lishida aktiv rol o`ynaydigan
timopoetin va boshqalar misol bo`la oladi.
Gemotsitopoez jarayoni to`g`risida ko`p nazariyalar yaratilgan. Ularni polifiletik (ya’ni
bir necha o`zak hujayralari mavjudligini tan oluvchi), dualistik (ikki o`zak hujayrasi mavjud
deyuvchi) va unitar (yagona o`zak hujayrasi borligini tan oluvchi) nazariyalarga bo`lish mumkin.
Hozirgi paytda barcha talablarga javob beradigan qon yaratilishi nazariyasi unitar nazariya
hisoblanadi. Bu nazariya rus va sovet olimlari A. A.
Maksimov, A. N. Kryukov, I. A.
Kassirskiylarning ishlari va, nihoyat, oxirgi 15-20 yillar ichida olib borilgan eksperimental ishlar
natijasida rivojlandi va mustahkamlandi. Unitar nazariya bo`yicha barcha qon elementlari uchun
yagona polipotent o`zak hujayrasi mavjud. Bu hujayra qonning barcha shaklli elementlari uchun
eng bosh hujayra hisoblanadi. Gemotsitopoez jarayonini shartli ravishda ikki to`qimada -
miyeloid va limfoid to`qimalarda kechadi deb hisoblanadi. Miyeloid to`qimada (textus
myeloideus) asosan eritro-, granulo-, mono- va megakariotsitopoezlar sodir bo`ladi. Bu
to`qimaga asosan qizil suyak ko`migi kiritiladi. Limfoid to`qimaga (textus lymphoideus) esa