119
J _____________
72- rasm. Makrofag hujayrasining elektron mikrofotogrammasi. X8000.
1-yadro; 2-lizosoma; 3-mitoxondriya; 4 -endoplazmatik to`r.
Ular o`zlaridan yot va o`sma hujayralarni halok qiluvchi sitotoksinlar ishlab chiqaradi.
Makrofaglar hujayraviy immunitetning asosiy hujayralari bo`lmish T-killerlarning faoliyatini
boshqarishda ham qatnashadi.
Makrofaglar turli xil to`qimalar va organlarda joylashishiga qarab o`ziga xos
xususiyatlarga ega bo`lishi mumkin. Masalan, suyak to`qimasidagi makrofaglar (osteoklastlar)
boshqa to`qimalardagi makrofag hujayralariga nisbatan
bir necha bor yirikroq, gidrolitik
fermentlarga boy va 2 yoki undan ortiq yadroga egadir. Bundan tashqari, makrofaglarning
joylashishi va bajaradigan vazifasi ularning plazmolemmasida joylashgan maxsus antigenlar va
retseptorlarga ham bog`liq. Makrofaglarning aktiv fagotsitoz qilishi asosan ularning yuzasida
joylashgan Fc va Sz retseptorlar bilan bog`liqdir. Bu retseptorlar makrofaglarga yot zarrachalarni
tanib olish va fagotsitoz qilish imkoniyatini yaratadilar.
Makrofaglarning immunologik jarayonlardagi roli ularning hujayra qobig`ida joylashgan
va maxsus oqsil tabiatiga ega bo`lgan la-retseptorlari bilan chambarchas bog`liqdir. Bu retseptor
makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilingan va parchalangan yot zarrachalar (antigenlar)
bilan
bog`lanib, makrofagda interleykin -1 sintezlanishini ta’minlaydi. Interleykin -I o`z navbatida T-
limfotsitlarning maxsus turi bo`lgan T- amplifayerlarga {amplifayer - kuchaytiruvchi) ta’sir
ko`rsatib, ularda interleykin -II va limfotsitlar o`sish faktori ishlanishiga olib keladi. Bu
moddalar T-xelperlarning faoliyatini oshiradi va B-limfotsitlarning antitelolar ishlab chiqaruvchi
plazmotsit hujayralariga aylanishini ta’minlaydi. Shuni qayd qilish kerakki, hamma makrofaglar
ham 1a-retseptorlarga ega bo`lmaydi. Bu oqsil modda taxminan faqat 50% makrofaglarda
uchraydi. Shuning uchun ham 1a - retseptorlarga ega (1a+) makrofaglar spetsifik yoki maxsus
immunologik reaktsiyalarda, 1 a = ga ega bo`lmagan (1a-) makrofaglar esa organizmning
umumiy himoya reaktsiyalarida qatnashadi deb hisoblanadi.
Oxirgi yillarda makrofaglarga juda yaqin bo`lgan, ammo ulardan farq qiluvchi hujayralar
topildi. Bu hujayralar uzun, barmoqsimon o`siqlari borligi tufayli «interdigitirlovchi» (inter-
oraliq, digitis-barmoq) retikulyar hujayralar (IDH) nomini olgan.
Ular ayrisimon bezda
(timusda), limfatik tugunlar, taloq va immun sistemaning boshqa periferik organlarining timusga
aloqador zonalarida (T- zonada) joylashadi.
120
73- rasm. Monotsitning makrofagotsitga aylanishi (sxema).
I-monotsit; II-differentsiallashayotgan makrofag; III-IV - yetuk makrofaglar; 1-yadro; 2-
ribosomalar; 3-mikrovorsinkalar; 4-lizosomalar; 5-Golji kompleksi; 6- mitoxondriyalar;
7-pinotsitoz pufakchalar (A. I. Radostinadan).
Bundan tashqari, IDH terida ham uchrab, Langergans hujayralari nomi bilan yuritiladi.
ID hujayralarning takomili aynan makrofaglarnikiga o`xshashdir. Bu ikkala hujayra qizil suyak
ko`migidagi o`zak hujayralardan takomil topadi. Uzak hujayralardan dastavval monoblastlar
hosil bo`ladi. Ular o`z navbatida promonotsit, keyin esa monotsit hujayralarga aylanadi.
Qonda
aylanadigan monotsitlar to`qimalarga tushib makrofaglarga yoki ID hujayralarga aylanishi
mumkin (73-rasm). Demak, IDH va makrofaglar bir manbaning mahsulotlaridir. Shu bilan birga
ID hujayralar makrofaglardan tuzilishi va faoliyati bilan farqlanadi. Ularning o`zaro umumiyligi
quyidagicha:
- ikkala tip hujayralar bir manbadan, bir xil bosqichlarni o`tab takomillashadi;
- ikkala tip hujayralar ham plazmolemmalarida 1a-retseptorlar tutadi, ya’ni ular
limfotsitlarga antigen to`g`risidagi ma’lumotni yetkazish qobiliyatiga egadir.
Makrofaglar va ID hujayralarning asosiy farqlari quyidagilardan iborat:
- ID hujayralarda, makrofaglardan farqli o`laroq, Fc = retseptorlar bo`lmaydi, shu tufayli
ular fiziologik sharoitlarda fagotsitoz qilish qobiliyatini yo`qotadi;
- ID hujayralar o`z sitoplazmalarida kam miqdorda lizosomalar saqlaydi, ammo ularning
sitoplazmasida maxsus donachalar yoki Birbek donachalari topilgan. Bu donachalar makrofag-
larda bo`lmaydi.
Xulosa qilib aytganda, ID hujayralar ham mononuklear fagotsitlar
sistemasining teng
huquqli a’zolari bo`lib, makrofaglar singari moiotsitlardan taraqqiy etadi. Ular asosan T-zona-
larda va timusda uchrab, immun organlarda limfotsitlar uchun mikromuhit yaratib beruvchi
asosiy hujayralardan biri hisoblanadi.
Makrofaglar va ID hujayralarning yashash muddati to`la aniqlanmagan. Ular bir necha
oydan 1 yilgacha yashashi mumkin deb hisoblanadi. So`ngra ular qon orqali kelgan monotsitlar
hisobi-ga yangilanadi. Bu protsess fibroblastlarga nisbatan taxminan 10 barobar tezroq amalga
oshadi.
Yuqorida keltirilgan fibroblast va makrofaglar biriktiruvchi to`qimanipg
asosiy hujayra
turlari bo`lib, ular himoya, trofik va jarohatni bitirish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: