Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


QON PLASTINKALARI - TROMBOTSITLAR (THROMBOCYTI)



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

QON PLASTINKALARI - TROMBOTSITLAR (THROMBOCYTI)
Qon plastinkalari eritrotsitlar va leykotsitlar bilan bir qatorda qonning uchinchi xil shaklli 
elementlarini tashkil etadi. Leykotsitlar va eritrotsitlardan farqli ravishda qon plastinkalari 
haqiqiy hujayralar bo`lmay, suyak ko`migidagi gigant megakariotsit hujayralari sitoplazmasining 
mayda (kat-taligi 2-3 mkm) parchalari hisoblanadi. Shu tufayli trombotsit termini odam qon 
plastinkalariga nisbatan unchalik to`g`ri emas. Uzida yadro saqlovchi va haqiqiy hujayralar 
bo`lgan trombotsitlar faqat tuban umurtqalilarda (masalan, baqa qonida) kuzatiladi va 
Reklengauzen hujayralari deb ataladi. Normal sharoitda qon plastinkalarining miqdori odamda 1 
mm
3
qonda 200000 dan 300000 gacha (200-300X 10
9
/l) bo`ladi. Qon plastinkalari odatda 
yumaloq va oval shaklga ega bo`lib, ularda periferik, strukturaga ega bo`lmagan zona - gialomer 
va markaziy, donador zona - granulomer tafovut etiladi. 
Elektron 
mikroskop 
ostida 
qon 
plastinkalarining 
ko`p 
sonli 
bo`rtmalar 

psevdopodiyalarga egaligi ko`rinadi. Ularning soni va kattaligi plastinkalarning funksional 
holatiga bogliq bo`ladi. Donador zona yoki granulomerda har xil kattalikka ega bo`lgan (30 nm 
dan 0,2 mkm gacha) donachalar ko`rinadi (64-rasm). Donachalarning asosiy qismini alfa-
donachalar tashkil etadi. Ularning markaziy qismida yuqori elektron zichlikka ega bo`l-gan 
mag`zi bo`lib, ularda fosfatazalar va mukopolisaxaridlar borligi aniqlangan. Alfa-donachalardan 
tashqari granulomer-da o`ta yuqori zichlikka ega donachalar ham mavjuddir. Bu donachalar 
o`zida serotonin (5-gidroksitriptamin) saqlaydi. Yuqorida qayd etilgan donachalardan tashqari
qon plastinkalarining granulomer zonasida mitoxondriyalar, vezikulalar va mikronaychalar ham 
joylashadi. Ularning orasida to`da-to`da bo`lib yotgan glikogen zarrachalarini yoki «glikogen 
paketlarini» uchratish mumkin. 
Qon plastinkalari qonda turli shakllarda, ya’ni yosh, yetuk va qari plastinkalar shaklida 
uchrashi mumkin. Yosh plastinkalar to`q binafsha rangga bo`yalgan granulomer zonaga va och 
pushti gialomer zonaga ega bo`ladi. Patologik holatlarda qonda degenerativ plastinkalar va 
gigant (7-9 mkm keladigan) plastinkalar uchrashi mumkin. 
Qon plastinkalari muhim biologik vazifalarni o`tab, bu vazifalardan eng avvalo ularning 
qon ivishidagi rolini qayd qilib o`tish kerak. Ularda trombokinaza, tromboplastin va hokazo (12 
ga yaqin) faktorlar bo`lib, bu faktorlar qon ivish jarayonida aktiv ishtirok etadi. Trombotsitlarda 
50 ga yaqin fermentlar borligi aniqlangan. 


102 
64-rasm. Qon plastinkasi (trombotsit). Elektron mikrofotogramma. x 9.000. 
1-granulalar; 2-vakuola; 3-trombotsit o`sig`i. 
Qon plastinkalarining soni simpatik nerv sistemasi qo`zg`alganda, haddan tashqari 
jismoniy harakatlarda, taloq olib tashlanganda va boshqa hollarda ko`payib ketishi mumkin. Bu 
hol 
trombotsitoz 
deb ataladi. Plastiikalar sonining kamayishi - 
trombotsitopeniya 
ham turli 
kasalliklarda uchraydi. 
Qon plastinkalarining yashash muddati qisqa bo`lib, o`rtacha 5-8 kunga teng. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish