Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


AGRANULOTSITLAR (DONASIZ LEYKOTSITLAR, AGRANULOCYTI)



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

AGRANULOTSITLAR (DONASIZ LEYKOTSITLAR, AGRANULOCYTI)
Agranulotsitlar yoki donasiz leykotsitlar o`z sitoplazmalarida maxsus donachalar 
saqlamaydigan oq qon tanachalaridir. Ammo «agranulotsitlar» termini ko`p jihatdan shartli 
bo`lib, hujayralarning tuzilishini to`la ifodalamaydi. Tuzilishi va funksiyasi jihatidan 
agranulotsitlar 
limfotsitlarga 
va 
monotsitlarga 
bo`linadi (62-rasm). 
Limfotsitlar (lymphocyti). Ular voyaga yetgan organizmda leykotsitlar umumiy sonining 
20-35% ini tashkil qiladi. Organizmda o`rta hisobda 1,5 kg atrofida limfotsitlar bo`lib, shundan 
faqatgina 5 g ga yaqinigina periferik qonda, 70 g suyak ko`migida, qolganlari esa to`qima va 
organlarda taqsimlangan bo`ladi. Limfotsitlar yirik (diametri 10-15 mkm), o`rta(diametri 7-9 
mkm) va mayda limfotsitlarga (diametri 4,5-6 mkm) ajratiladi. Normal sharoitlarda qonda faqat 
10% ga yaqin yirik limfotsitlar bo`lib,. qolgan 90% ini esa o`rta va mayda limfotsitlar tashkil 
qiladi. Limfotsitlarning umumiy tuzilish prinsipi juda oddiy, ular ko`pincha markazda joylashgan 
yirik, yumaloq va loviyasimon shaklga ega bo`lgan yadro saqlaydi. 
Elektron mikroskop ostida yadro strukturasining yirik, o`rta va mayda limfotsitlarda har 
xil ekanligi ko`rinadi. Mayda limfotsitlarda yadro yumaloq yoki birgina botiqlikka ega bo`lib, 
xromatin zichlashgan va yadro bo`ylab barobar taqsimlangandir. Urta va yirik limfotsitlar ochroq 
yadroga ega bo`lib, xromatin mayda donachalar shaklida asosan yadro qobig`i ostida to`plangan. 
Bu limfotsitlar yadrosida ko`pincha bir yoki bir necha yadrochalarni uchratish mumkin. 
Limfotsitlar sitoplazmasi ingichka„ ba’zida esa keng hoshiya shaklida yadro atrofida joylashib. 
Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda to`q ko`kish rangdan (o`ta bazofil) och havorang tusgacha 
(sust bazofil) bo`yalishi mumkin. 


99 
62- rasm. Agranulotsitlarning yoki donasiz leykotsitlarning ultramikroskopik tuzilishi 
(sxema). A-limfotsit; B- monotsit; 1- yadro; 2-ribosomalar; 3 -mikrovorsinkalar: 4 - lizosomalar 
5-Golji kompleksi; 6-mitoxondriyalar; 7- pinotsitoz pufakchalar (N.A.Yurina va L.S. Rumyan- 
tsevadan). 
Elektron mikroskop yordamida mayda va o`rta limfotsitlar sitoplazmasida ko`p sonli 
erkin ribosomalarni va bir necha mitoxondriyalarni ko`rish mumkin. Endoplazmatik to`r va Golji 
kompleksi sust taraqqiy etgan bo`ladi. Ba’zida yadroning botiq zonasida hujayra markazi va 
mayda pufakchalar uchraydi. Rastrlovchi elektron mikroskop ostida limfotsitlarning yuzasida 
tur-li miqdorda va kattalikda bo`lgan mikrovorsinkalar ko`rinadig (63-rasm). yirik limfotsitlar 
sitoplazmasi nisbatan ko`prots va tekis taqsimlangan mitoxondriyalar bo`lishi, ba’zi bir hollarda 
esa elektron zich donachalar saqlashi bilan xarakterlanadi. Shuni qayd etib o`tish kerakki, 
limfotsitlar garchand donasiz leykotsitlar qatoriga kirsada, ularning ma’lum bir miqdorida 
sitoplazmada zich donachalar va parallel yo`nalgan naychalar-(PYN) sistemasi topilgan. Bu 
limfotsitlar asosan yirik bo`lib, «yirik donador limfotsitlar» nomi bilan yuritiladi. Ular umumiy 
limfotsitlarning taxminan 10-15% ini tashkil etib, yot hujayralar yoki mikroorganizmlarni halok 
etishda asosiy rolni o`taydi. Sitoximiyaviy va bioximiyaviy usullar bilan limfotsitlar tarkibida 
ko`p miqdorda nukleoproteidlar, katepsinlar, glikogen, gistidin, fermentlardan nukleazalar, 
amilaza, kislotali fosfataza, sitoxromoksidaza va boshqalar bo`ladi. Limfotsitlar immunitet 
jarayonida eng faol ishtirok etadigan hujayralardir. 
Immunologik va funktsional nuqtai nazardan limfotsitlarning ikki turi - 
T- va B-
limfotsitlar sistemasi 
farqlanadi. T-limfotsitlar buqoq bezida (Thymus) rivojlanadi. Ularning 
nomi ham shu organning bosh harfidan kelib chiqadi. Timusga kelgan o`zak hujayralar shu 
a’zoda hosil bo`luvchi moddalar ta’sirida T-limfotsitlarga aylanadi. T-limfotsitlar qon orqali 
periferik organlarga (taloq, limfa tuguni, murtaklar va boshqalar) boradi va shu a’zolarning 
ma’lum qismida (T-zonasida) joylashadi. Taloqda T-zona periarterial qismda, limfa tugunida esa 
parakortikal qismda joylashadi. Hozirgi vaqtda T-limfotsitlarning anchagina turi farqlanadi. B-
limfotsitlar xaqidagi ta’limot birinchi marta qushlarda topilgan Fabritsiy xaltasi (Bursa 
Fabricius) bilan bog`liq bo`lib, shu tufanli B-l i m f o si t l a r deb yuritiladi. Ammo qushlarda 
mavjud bu a’zo odamda yo`q, demak, uning o`rnini bosuvchi a’zolar bo`lishi kerak. Ko`p yillik 
muhokamalar odam organizmida bu xaltaning (bursaning) o`rnini qizil suyak ko`migini (ingl.- 
bone marrow) bosishini ko`rsatdi. 


100 
63-rasm. Periferik qondagi mikrovorsinkalar tutuvchi limfotsit. Rastrlovchi elektron 
mikroskopda ko`rinishi. X 8.000.
1-mikrovorsinkalar. 
Demak, odamda T-sistemaning asosiy a’zosi bo`lib timus xizmat qilsa, V-sistemaning 
asosiy a’zosi qizil suyak ko`migidir. Unda hosil bo`lgan B-limfotsitlar taloq, limfa va boshqa 
limfoid tuzilmalarga borib, u yerda ma’lum bir qismlarda yetuk B-limfotsitlarga shakllanadi. Bu 
qismlar B-l i m f o s i t l a r zonasi yoki B-z o n a deb nomlanadi. B-limfotsitlar organizm biror 
antigen bilan uchrashganda ko`paya boshlaydi. Dastlab B-blastlar hosil bo`lib (yirik, yosh hujay-
ra), ulardan esa antitelolar sintez qiladigan plazmatik hu-jayralar hosil bo`ladi. T-limfotsitlar 
hujayraviy immunitet reaksiyalarida ishtirok etsa, B-limfotsitlar gumoral immunitet 
reaktsiyalarini ta’minlaydi. Limfotsitlarning immunologik reaksiyalarda tutgan o`rni, T-, B-
limfotsitlarning xususiyatlari va o`zaro munosabatlari darslikning «Immunologik reaktsiya-
larning morfologik asoslari» bobida keltirilgan. 
Limfotsitlarning ma’lum sharoitlarda turli moddalar - stimulyatorlar (masalan, 
fitogemagglyutinin - FGA, bakterial antigenlar) ta’sirida kam differensiallangan blast hujay-
ralarga aylanishi ularning muhim xususiyatlaridan biridir. Blast hujayralar bo`linish va 
differensiallanish qobiliyatiga ega bo`lib, natijada, ular hisobiga aktivlashgan limfotsitlar 
(immunotsitlar) kloni hosil bo`ladi. 
Limfotsitlarning yashash muddati turlicha bo`lib, ular orasida qisqa muddat (hafta va 
oylab) yashovchi B-limfotsitlar 10- 20% ni tashkil etadi. Uzoq muddat (bir necha yilgacha) 
yashovchi limfotsitlar ko`proq (80% gacha) bo`lib, asosan, T-limfotsitlardan iboratdir. 
Limfotsitlar miqdorining absolyut ko`payib ketishi (limfotsitoz) turli kasalliklarda kuzatilishi 
mumkin. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda limfotsitlar 50-60% ni tashkil etadi. 
Limfotsitlar sonining kamayib ketishi (limfopeniya) nur kasalligida va turli xil 
intoksikatsiyalarda uchraydi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish