Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Homilabor bo’lmagan ayol sut bezining tuzilishi. 
To’la rivoj-langan sut bezlari ayollarda 
al’veolyar-naysimon tuzilishga ega bo’lib, so’rg’ichdan radial yo’nalgan 15-25 ta bo’lakdan 
iborat. Har bir bo’lak bir-biridan yog’ hujayralariga boy biriktiruvchi to’-qimali qatlam bilan 
ajralgan. Har bir bo’lim kengligi 2- 4,5 mm keladigan o’zining sut yo’li (ductus lactifer) ra ega. 
Bu yo’llar ko’krakning pigmentli maydoni sohasiga kelib kengayadi va sut sinuslari (sinus 
lactifer) ni hosil qiladi. Ular so’rg’ich-da torayib, uning cho’qqisida 0,4-0,7 mm diametrdagi sut 
teshik-larini hosil qilib ochiladi. Sut teshiklarining soni sut 
yo’l-
larining sonidan kamdir. Sut 
sinuslari al’veolalarda ishlana-digan sutning yig’iluvchi rezervuari hisoblanadi. 
Har bir bo’lak, o’z navbatida, siyrak tolaln shakllanmagan biriktiruvchi to’qima yordamida 
kichik bo’lakchalarga bo’linadi. Har bir bo’lakcha oxirgi sekretor bo’limlar - al’veolalar va sut 
iulidan iborat (254-rasm). Bo’lakchalararo biriktiruvchi to’qima qatlamlarida kollagen tolalar 
kam, hujayra elementlari mo’l bulib, ularning orasida fibroblast, makrofaglar, semiz hujay-ralar, 


410 
limfotcitlar va eozinofillar uchraydi. Jinsiy tcikl da- 
254- rasm. Sut bezi. Gematoksilpn-eozpn bilap bo’yalgan. 06. 20. sk. 10 
\
__bo’lakchalarare sut yo’llari; 2- bo’lakchalararo birnktiruvchi to’qima; 
3 - bez bo’lakchalari; 4 - oxirgi sekretor bo’limlar. 
vomida sekretor bo’lim oxirlarida ma’lum bir o’zgarishlar bo’- 
lib o’tadi. 
Al’veolalarning kattalashuvi ovulyatciyadan bir necha kun ol- 
din boshlanib, 20-kungacha davom etadi. Ammo 22-23-kunlardan 
boshlab, ko’p al’veolalarda proliferatciya jarayoni to’xtab, kichik- 
lashadi. Menstruatciyadan 9-10 kun o’tgandan keyin sut bezlari- 
ning o’sishi yangitdan boshlanadi. 
Sut yo’llari diametriga qarab yo bir qavatli kubsimon, yoki 
tcilindrosimon epiteliy bilan qoplanadi. So’rg’ichga yaqinlashgan 
sari epiteliy ikki qatorli bo’ladi, sut teshigi sohasida u ko’p 
qavatliga aylanadi. 
Sut bezining so’rg’ichi terining bo’rtmasidan iborat bo’lib, 
uning epidermisi kuchli ravishda pigmentlashgan va yuqori qavat-lari muguzlangan. Derma 
so’rg’ich va so’rg’ich atrofi sohasida epi-dermisga baland so’rg’ichlar hosil qilib botib kiradi. 
SHu er, ayniqsa, kapsulaga o’ralgan retceptor nerv oxirlariga boydir. Bu zonada retceptorlarning 
mo’lligi laktatciya davrida sut bezi aso-siy faoliyatining nerv reflektor mexanizmlarga bog’liq 
ekanli-gini ko’rsatadi. So’rg’ichning asosida so’rg’ichning taranglashuviga yordam beruvchi, sut 
chiqaruv yo’lining og’zida joylashgan aylana eilliq mushak tolalari yotadi. Bundan tashqari
so’rg’ich atrofi dermasida radial yotuvchi mushak tutamlarining qisqarishidan so’rg’ich bo’rtib 
turadi. So’rg’ich atrof maydonida ter va yog’ bezlari xam mavjud. 
Sut bezlarining biriktiruvchi to’qimasida qon tomirlar mo’l. So’rg’ich sohasida, so’rg’ich 
venalarini qon bilan to’ldirib, o’ziga xos erektciyani yuzaga keltiruvchi arteriolovenulyar 
anastomozlar joylashadi. 
Sut bezlarining homiladorlik va laktatciya davridagi tuzi-yaishi. 
Homiladorlikning birinchi 
oylaridan boshlab naysimon bo’shlig’i bor, baland eiteliy bilan qoplangan sut yo’llari zo’r berib 
o’sa boshlaydi. Uning devorlarida ko’p sonli sekretor oxir-lar (al’veolalar) paydo bo’lib, uning 
bo’shlig’i kengayadi. Sekre-tor oxirlarini bo’lib turuvchi biriktiruvchi to’qimaga leykotcit-lar 
to’planadi. Tarmoqlangan sut yo’li va yiriklashgan al’veola-larda sekretciya belgisi ko’rinmaydi. 
Homiladorlikning uchinchi oyining oxiri, to’rtinchi oyining boshida sekretciyaning birinchi 
belgilari ko’rina boshlaydi. Homiladorlikning oxirgi kunlari va bola tug’ilganidan so’ng 
dastlabki kunlarda ajralgan sekret yirik yog’ tomchilari saqlaydi va sutdan bir oz boshqa tarkibga 
ega bo’lgan og’i.z suti (colostrum) dan iboratdir. Og’iz suti og’iz tanachalari deb nomlanuvchi, 
yog’ tomchilarni yutib olgan leykotcit-lar borligi va yirik 
yo’ 
tomchilarining ko’pligi bilan 
ajralib turadi. Ajraladigan og’iz sutining miqdori juda ozgina. Sut emizish davri boshlanishi 


411 
bilan og’iz suti tanachalari yo’qoladi va odatda, tug’ruqdan bir sutkadan so’ng, sekretciya 
jarayoni deyar-li butun bez bo’ylab tarqalib, uning intensivligi tez oshadi. Ammo birinchi to’rt 
kun mobaynida (ba’zan 8 kungacha) og’iz suti ajralishi davom etadi va faqat keyingina bez 
oddiy sut ajra-tishga moslashib oladi. 
Sut 1-2% oqsil moddalar, 3-4% yog’, 5% qand va 0,6% le-tcitin saqlovchi emul’siyadan iborat 
bo’ladi. Sut bezlarining bo’-limlari o’z ish faoliyati jarayonida o’pka atcinuslari ko’rinishi-ni 
eslatadi. Sut bezlarining sekretor faoliyati eng avjiga chiqqan paytida bez al’veolalari devorida 
yirik sekretor hu-jayralar, uning ostida, nozik bazal membranada, mioepiteliy hujayralar yotadi. 
Al’veolalar bir vaqtning o’zida sekret aj-ratmaganligi uchun turlicha ko’rinishga ega. Sut 
ajratgan al’veo-lalarda epiteliy yassi bo’lsa, sut donachalari saqlagan bez hujayralari bo’ychan 
ko’rinishga ega bo’ladi. 
Sut bezlari sekretor tciklining sekretciya davrida al’veola .hujayrasi baland prizmatik shaklga 
ega bo’lib, ularning apikal yuzalari al’veola bo’shlig’iga gumbazsimon chiqib turadi. Bez hu-
jayrasining tcitoplazmasida ko’p sonli mitoxondriylar, uch qis-mida yog’ to’plamlari, oqsil 
donachalari va vakuolalar yig’iladi. Sut bezlarining sekretciyasi apokrin tipda bo’ladi. 
Sekret ajralgandan so’ng bez hujayralari yassilanib qoladi. So’ngra bu hujayralar yangitdan 
yiriklashadi, balandligi oshadi :va ularda yana sekretor donalarning yig’ilishi boshlanadi. SHun-
,day qilib, sekretor tcikl qaytariladi. Laktatciya davri tugagan-dan so’ng, bez involyutciyaga 
uchraydi. Oxirgi bo’limlar - al’veo-lalar puchayadi, epiteliy ko’p myqdordagi makrofaglar 
tomonidan fagotcitoz qilinadi, va bez narenximasining reduktciyasi tufay- 
li sut bez homiladorlikdan oldin qanday bo’lsa, shu holatga qay-tadi. Ammo homiladorlik 
davrida hosil bo’lgan al’veolalarning bir qismi saqlanib qoladi. 
Klimaks boshlanganda sut bezlaridagi reduktcion o’zgarishlar chuqurlashib bez parenximasi 
asta-sekin biriktiruvchi to’qima bi-lan almashinadi. 
Sut bezlari sraoliyatining boshqarilishi. Sut bezlarining laktatciyaga tayyorlanishida 
tuxumdonning estrogen va progestron gormonlari muhim ahamiyatga ega. Bir vaqtning o’zida 
ovarial gormonlar sut hosil bo’lishini susaytiradi. Pla-tcenta gormonlari ham shunday ta’sir 
ko’rsatadi. SHuning uchun shakllanmagan sut bezida, normada sutning ajratishi tug’ruqdan 
so’ng bola yo’ldoshi gormonlarining ta’siri to’xtagandan keyin boshlanadi. Ammo sut hosil 
bo’lishida asosiy rol’ nerv-reflektor mexanizmi yordamida bajariladi. Bu refleksda oksitotcin 
gor-monning roli ham katta. SHunday qilib, sut bezining faoliyatn nerv va gumoral omillar 
yordamida boshqariladi.


412 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish