282
tutamga ega bo’lgani-dan bu oraliq yadro mamilo infundibulyar yadro deyiladi.
GIPOTALAMUSNING GIPOFIZGA VA PERIFERIK ENDOKRIN BEZLARGATA’SIRI
Gipotalamusning periferik endokrin bezlarga ta’siri ikki yo’l bilan (neyrogormonlar va nerv
orqali) amalga oshiriladi.
1. Gipotalamusning ma’lum neyrogormonlari (liberin va sta-tinlar) portal sistema orqali
gipofizning oldingi va o’rta bo’-lagi hujayralari ishini boshqaradi, ya’ni bu hujayralar gormon
ishlashini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Stimulyatciyaga uchragan hujayralar esa turli ma’lum
periferik endokrin bezlarga ta’-sir qiluvchi gormonlar ishlab chiqarib, shu bezlarning ishini
kuchaytiradi (162-rasmga q.). Statinlar ta’sirida ishi susaygan hujayralar esa periferik endokrin
bezlarga ta’sir qnluvchi gormonlarni kam ishlab chiqaradi ski umuman ishlab chiqarmay-di. Bu
esa shu bezlar ishini susaytiradi. Gipotalamusning peri-ferik bezlarga gipofiz orqali ta’siri
transadenogipofizar
ta’sir deb yuritiladi.
2. Gipotalamus simpatik yoki parasimpatik nervlar orqali-to’g’ridan-to’g’ri periferik bezlarga
ta’sir qilishi mumkin. Bu ta’sir
paraadenogipofizar ta’sir
deb yuritiladi. SHuni
qayd qilish
kerakki, gipotalamus periferik endokrin bezlarga ta’sir kilibgina qolmay, periferik endokrin
bezlar gipotalamusga ham ta’sir o’tkazishi mumkin. Masalan, periferik bezlarda ish-lab
chiqarilgan gormonlarning miqdori oshib ketsa, u gipotala-musga ta’sir qilib, tegishli liberinlar
ishlab chiqarishini su-saytiradi va statinlar hosil bo’lishini kuchaytiradi.
Gipotalamusga bosh miyaning oliy qismlari, xususan, limbik sistema, bodomsimon yadrolar,
gippokamp va epifiz ta’sir qi-ladi. Gipotalamusda neyrogormonlar ishlashida bosh miyaning
ma’lum hujayralarida ishlanuvchi endorfinlar va enkefalin-lar muhim o’rin tutadi.
GIPOFIZ (HYPOPHYSIS)
Gipofiz boshning turk egari chuqurchasida joylashgan kichik, toq organ. U oraliq miyaning
voronkasi bilan gipofiz oyoqchasi orqali bog’langan. Gipofizning og’irligi 0,34-0,65 g, Uning
og’irligi jinsiy balog’atga etish, homiladorlik davri va shu ka-bi jarayonlarda o’zgarib turib,
boshqa endokrin bezlarning funk-tcional holatiga bog’liq bo’ladi. Gipofiz anatomik jihatdan
murakkab a’zo bo’lib, sut emizuvchilarda tuzilishi va faoliyatiga ko’ra keskin farqlanuvchi 4
qismdan: 1) bez tuzilishiga ega bo’l-gan va a’zoning 3/4 qismini tashkil etuvchi oldingi bo’lak;
2) sut emizuvchilarda unchalik rivojlanmay, sodda hayvonlarda anchagi-na katta bo’lgan o’rta
(oraliq) bo’lak; 3) oldingi bo’lakning da-vomi hisoblanib, bez tuzilishiga ega bo’lgan tuberal
(do’mbok) bo’lak; 4) miyaning davomi bo’lgan va neyrogipofiz yoki nerv qism deb ataluvchi
orqa bo’laklardan iborat.
Gipofizning oldingi bo’lagi, do’mboq qism va oraliq bo’lak bez epiteliysidan iboratligidan
adenogipofiz nomini olgan. Neyrogipofiz (orqa bo’lak) miya oyoqchasi yoki voronkasi bilan tu-
tashib ketg’an bo’ladi. YOsh o’tishi bilan gnpofiz kichiklashib bo-radn. Gipofizning taxminan
70% ini oldingi bo’lak, 20% ini orqa bo’lak, 10% ini oraliq bo’lak tashkil qiladi.
Gipofizning funktciyasi. Uning oldingi bo’lagida quyidagi gormonlar ishlab chiqariladi: 1)
Do'stlaringiz bilan baham: