Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

birinchi tartibdagi bronxlar 
deb yuritiladi. Har bir bi-rinchi tartibdagi 
bronx yirik zonali (har o’pkada 4 tadan) bronxlarga bo’linadi. Zonal bronxlar esa o’pka ichiga 
ki-radi. 
UPKALAR 
Upkalar ko’krak bo’shlig’ining katta qismini egallab turuvchi va nafas olish devorlariga qarab 
o’z shaklini doim o’zgartirib turuvchi juft organdir. Ung o’pka 3 bo’lakdan, chap o’pka esa 2 
bo’lakdan iborat. Upka tashqi yuzasi seroz parda - vistceral plevra bilan o’ralgan. 
O’PKANING TUZILISHI 


270 
Upkalar havo o’tkazish yo’llari, bronx daraxti (arbor bronc-hialis) va nafas olish sistemasining 
respirator bo’limi - al’-veolalar sistemasidan tuzilgan (arbor alveolaris). 
Ung va chap o’pka 10 tadan bronx - o’pka segmentlaridan tuzilgan 
bo’lib, har bir segment o’pka parenximasining bir qismidir. Segmentda o’pka ichidagi yirik 
bronxlar va uning tarmoqlari hamda o’pka arteriyasi va venalar ham bo’ladi. Segmentlar bi-
riktiruvchi to’qimali to’siqlar bilan ajralib turadi. 
Upkaning har bir bo’lagi biriktiruvchi to’qimali to’siqlar orqali bo’lakchalarga bo’linadi. Bu 
to’siqlarda turli kalibrda-gi bronxlar, qon tomirlar va nervlar joylashadi. 
Upkaning bronx daraxti. Bronx devori bronx da-raxti bo’ylab bir xil tuzilishga ega emas. Bronx 
diametrining kichrayishi bilan uning tuzilishi o’zgarib boradi. Bronxlarning shilliq pardasi 
traxeyadagi singari kiprikli tcilindrsimok, qadahsimon, bazal va endokrin hujayralar tutadi. 
Bronxlar-ning distal qismida va terminal bronxlarda yana mikrovorsin-kalar tutuvchi (hoshiyali), 
kipriksiz va sekretor hujayralar-ham uchraydi. 
Kipriksiz hujayralar prizmatik shaklga ega bo’lib, uning apikal qismi kiprikli hujayralardan 
bo’rtib turadi. Bu hu-jayraning vazifasi hali to’liq o’rganilmagan. Apikal qismida 
mikrovorsinkalar tutuvchi hoshiyali hujayralar kalta mikro-vorsinkalar tutib, xemoretceptor 
vazifani o’tasa kerak. Sekre-tor hujayralar yuqori qismi gu.mbaz singari bo’rtib chiqqan. Bu 
hujayralar kiprikcha va mikrovorsinkalar tutmaydi. Hujayra organellalaridan Gol’ji kompleksi, 
donador endoplazmatik to’r yaxshi rivojlangan. Bu hujayralar surfaktantni parchalov-chi 
fermentlar ishlaydi. 
Bosh bronxning ichki 
diametri 15 mm bo’lib, traxeyaning ikki o’pkaga ajralgan qismidan 
boshlanadi va tuzilishi traxeya tuzi-lishini eslatadi. Ammo traxeya tuzilishidan farqli ravishda, 
uning tog’ay halqalari yaxlit halqa shaklida tuzilgan. Bu esa bronx diametrining barqarorligini 
ta’minlaydi va havoni bemalol o’tkazadi. 
Ikkinchi tartibdagi bronxlar 
bo’lak va segmentlar ichida bo’-lib, ularning diametri 5 mm dan 10 
mm gacha bo’ladi. Ularning devori ham traxeya singari 4 pardadan tuzilgan. Bu bronxlar-
ningshilliq pardasi ko’p miqdorda qadahsimon hujayralar tutuv-chi bir qavatli ko’p qatorli 
tcilindrsimon kiprikli epiteliy bilan qoplangan (157-rasm). Epiteliy ostida shilliq pardaning 
xususiy qavati joylashib, u elastik tolalarga boy siyrak to-lali shakllanmagan biriktiruvchi 
to’qimadan iborat. SHilliq va shilliq osti pardalari chegarasida shilliq pardaning mushak 
plastinkasi joylashadi. Bu plastinka o’z navbatida 2 ta yupqa pardalardan: ichki aylana 
joylashgan silliq mushak hujayra-laridan, tashqi uncha rivojlanmagan bo’ylama joylashgan sil-
liq i mushak hujayralarining ayrim tutamlaridan tashkil topgan. Mushak plastinkadan so’ng, 
shilliq osti qavati joy-lashib, siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. 
SHilliq osti pardada aralash (shilliq oqsil) bezlarining (glandula bronchialis) oxirgi bo’limlari 
joy-lashib, ularning chiqaruv yo’llari epiteliy sathiga ochiladi. 


271 
157-OsSM. Hilpillovchi epiteliy hujayralariniag elektron mikrofetografiyasi 
r
x 37. 500. 
1 -tpaxeya b-?shliri; 2 - kip rikchalar; 3 - knprikchalarning ko’ndalang kesimv; 4- fibril-lalar; 5 - 
bazal » anachalar; 6 - mitoxsndriyalar; 7 - endoplazmatik to’r . 
Fibroz-tog’ay parda noto’g’ri shakldagi, alohida-alohida joy-lashgan gialin tog’ay 
plastinkalaridan iborat bo’lib, ular o’za-ro zich tolali biriktiruvchi to’qima bilan bog’langan. Bu 
to’qima tog’ay fibroz to’qimasiga o’tib ketadi. Fibroz-tog’ay pardasidan so’ng siyrak 
shakllanmagan birikturuvchi to’qimadan tuzilgan ad- 
ventitciya pardasi yotadi. 
Bronx diametrining kichrayishi bilan tog’ay plastinkalari-ning kichiklashishi va kamayishi, 
shilliq pardaning mushak plastinkasida esa mushak tolalarining ko’payishi kuzatiladi. Iirik 
bronxlar tarmoqlanib, diametri 2-5 mm bo’lgan o’rta kalibrdagi bronxlarni hosil qiladi. Bu 
bronxlar bo’lak osti bronxlari ham deb ataladi. Ular yuqorida qayd qilingan bronx-larning 
tuzilishini asosan qaytarsa ham, lekin ba’zi tomon-lari bilan farq qiladi. 
Urta bronxlarda ko’p qatorli tcilindrsimon epiteliy past-roq, qadahsimon hujayralar kamroq, 
ammo shilliq pardaning muskul plastinkasi kuchliroq rivojlangan bo’ladi. SHilliq osti pardada 
bezlar kamroq bo’lib, gruppa-gruppa bo’lib joyla-shadi. Fibroz-tog’ay pardasi tolali biriktiruvchi 
to’qimalardan iborat bo’lib, uning tarkibida elastik xarakterga ega kichik tog’ay plastinkalari 
(tog’ay orolchalari) ni uchratish mumkin. Tashqi adventitciya pardasi siyrak shakllanmagan 


272 
biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, u bo’lakchalararo biriktiruvchi to’qi-maga o’tib ketadi. 
Urta kalibrdagi bronxlar tarmoqlanib, dia-metri 1-2 mm bo’lgan kichik yoki o’pka ichki 
bronxlarini hosil qiladi. Bronxlarda epiteliy kiprikchali bo’lsa ham, ammo bir qatorli 
tcilindrsimon bo’lib qoladi. Qadahsimon hujayralar yo’qola boshlaydi. SHilliq pardaning 
mushak plastinkasi yaxshi rivojlanmagan bo’lib, shilliq osti pardada bszlar yo’qolgan bo’ladi. 
Fibroz-tog’ay pardasi ham bo’lmaydi. 
Kichik bronxlar tarmoqlanib, diametri 0,5 mm bo’lgan oxirgi yoki terminal bronxiolalarni 
(bronchiolus terminalis) hosil qiladi. Bu bronxiolalarning shilliq pardasi kiprikchali bo’l-magan 
kubsimon mikrovorsinkali va sekretor epiteliy bilan qoplangan (158-rasm). Epiteliy ostida 
elastik tolalari bo’y-lama joylashgan shilliq pardaning xususiy qavati joylashadi. Ularning 
orasida silliq mushak hujayralarining ayrim tola- 
lari yotadi. 
Terminal bronxiolalar bronx daraxtining oxiri bo’lib, ulardan so’ng al’veolalar daraxti yoki 
o’pkaning respirator 
bo’limi boshlanadi. 
Upkaning’ respirator bo’limi. Bu bo’limning morfologik bir-ligi o’pkaning atcinusi hisoblanadi. 
O’pka atcinusining soni ik-kala o’pkada 20 mingg’a yaqin bo’lib, ular respirator bronxioladan 
boshlanadi. Birinchi tartibdagi respirator bronxiola ikkinchi tartibdagi bronxiolaga, u esa 
uchinchi tartibdagi bronxiolaga bo’linadi. Uchinchi tartibdagi respirator bronxiola al’veolyar 
yo’llarga (ductus alveolaris) bo’linadi, har bir al’veolyar yo’l esa al’veolyar qopchalar bilan 
tugaydi (sacculus alveolaris). 
iss-pasm Haiac yullari shilliq qavati epiteliy hujayralarining ul’tramikro-yuo pa . *
sksp
^
k
tuzilishi
(
SX
e
M
a) (YU. I. Afanas’evdan, 1989). 
1 kipoikln xujayralar; 2 - qadahsimon hujayralar; 3 - endokrin hujayralar; 4 - 6a- 
chyaT chujayralar- 5 - k; priksiz epnteliy; 6 - sekretgr hujayralar; 

- mikrovorsnkali zal 
hujairalar, »
]tOn]J1JIJ
J
1)
epnteliy;
8
_1 
1!e
rv tola; 9 - bazal membrana. 
Al’veolyar qopchalar esa al’veolalardan tashkil topgan (159-rasm). Atcinuslar bir-biridan 
biriktiruvchi to’qima orqali aj-ralib turadi. 12-18 atcinus esa o’pka bo’lagini hosil qiladi. 
Respirator bronxiolalar bir qavatli kubsimon, kiprikchasi bo’lmagan epiteliy bilan qoplan-gan 
bo’lib, uning ostida siyrak biriktiruvchi to’qimali plasgin-ka; undan so’ng esa ayrim sillyq 
mushak hujayralari bo’ladi. Ter-minal bronxiolalardan farqli ra-vishda, respirator bronxiolalar 
devorida al’veolalar joylashib, ular bronxiola ichiga ochiladi. 
Al’veola yo’llari bir qavat epiteliy bilan qoplangan bo’lib, uning ostida siyrak biriktiruvchi 
to’kimali bazal plastinka yotadi. Al’veola yo’llari devorlarida bir 
o’nlab al’veolalar yotadi. Al’veola qopchalari al’veolalariborat bo’lib.ch katta odamda 
alveolaning diametri 0,25 mm dan oshmaydi. Al’veolaning umumiy sathi nafas olganda 100-120 
m
2
ga teng. Al’veolalar orasida bitiruvchi to’qimali ingichka to’siqlar yotib, ularda qon kapilgari 
joylashadi. Al’veolalarning al’veolyar yo’llari va qopchalar bo’shlig’iga o’tish joyi-da, 
al’veolalararo birikitiruvchi to’qimada ayrim silliq mu-shak hujayralari joylashadi. Al’veolalar 
o’zaro diametri 10- 15 mkm keladigan al’veolyar teshikchalar bilan aloqa qiladi. Al’veola ochiq 
pufakchani eslatib, ich tarafdan bazal membra-nada yotuvchi bir qavatli al’veolyar epiteliy bilan 


273 
qoplangan. Bazal membranaga tashqi tomondan al’veolalararo to’siqlarda yotuvchi qon 
kapillyarlari tegib yotadi. SHu erning o’zida asosan elastik va qisman retikulin, kollagen 
tolalarning zich to’ri bo’lib, ular ham al’veolani o’rab turadi. YUqorida qayd qilin-gan tolalar va 
qon kapillyarlari hujayra oraliq moddada joylashadi. Al’veolalar bir-biriga zich tegib yotgani 
uchun ular orasidagi qon kapillyarlari bir tarafdan bir al’veolaga, ikkinchi tomondan boshqa 
al’veolaga tegib yotadi (160-rasm). Kapillyarlarning diametri 5 mkm gacha bo’lgani uchun bu 
erda qon sekin oqadi va eritrotcitlar cho’zilib, bir qator bo’lib joy-lashadi. Bu holat 
kapillyarlarda oqayotgan qon bilan al’veola bo’shlig’idagi havo o’rtasida gaz almashinishi uchun 
optimal sha-roit yaratib beradi. 
159- rasm. Atcinus. 
! - birinchi tartibdagi respirator bron-xkola; 2 - ikkinchi taribdagi respira-tor bronxiola; 3 - 
uchinchi tartibdagn respirator bronxchola; 4 - al’veola yo’l-larn; 5 - al’veola xaltachasi (YU. I. -
:asevdan, I9S9). 


274 
SHE-rkch. Al’zeel! tuzilishi (sxema). 
- al’veola; 2 - al’eeelaning regpireger xujayrasi; 3-epggeliyning bazal membra-nasi; 4 -qon tomir 
kapillyarining endoteliy hujayrasi; 5-endoteliyning i-bazal membranasya; 6-al’veelalar oragidagi 
bnrikgiruvchi tuqima hujayralari va tolala-ri; 7 - elaogik tolaldr. Sgrelkpdr 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish