to’r qavati
zich tolali shakllanmagan biriktiruv-chi to’qimadan iborat bo’lib, elastik
tolalar va dag’al kollagen tolalari tutamlaridan iborat. Bu kollagen tolalar tutamlari teri sathiga
parallel hamda qiyshiq yo’nalib, o’zaro chigallar hosil qiladi. Retikulin tolalar faqatgina qon
tomirlar va ter bezlari atrofidagina joylashadi. To’r qavatda hujayra elementlaridan asosan
fibroblastlar bo’lib, qon tomirlari so-halaridagina makrofaglar limfotcitlar va leykotcitlar joyla-
shadi. To’r qavatda soch ildizlari, yog’ bezlari, teri osti yog’ qat-lami bilan chegaradosh qismida
esa ter bezlari joylashadi. Te-rining to’r qavati juda pishiq bo’lgani uchun hayvonlar terisi-dan
turli xil anjomlar va kiyim-kechaklar ishlanadi.
Teri osti yog’ kletchatkasi (tela subcutanea) ikki qismdan: yog’ kle tchatkasi (funniculus
adiposum) vateri fastciyasi (fascia cutis) dan iborat. YOg’ kletchatkasi yog’ hujayralari
to’dalaridan iborat bo’lib, ular derma to’r qavatidan davom etgan va teri fastciyasini ho-sil
qiluvchi kollagen tolalarning yirik tutamlari bilan o’raladi. YOg’ hujayralari to’dalari orasidagi
biriktiruvchi to’qimada ko’plab qon tomirlar, nerv tolalari va erkin hamda kapsulali nerv oxirla-
ri (Krauze kolbalari, Ruffini va Fater - Pachini tanachalari) joy-lashadi. YOg’ kletchatkasi
terining hamma joylarida bir xil bo’lmay-
di. Ayrim joylarda (yag’rin, qorin terilarida) bu qavatning qalinligi bir necha santimetrga etadi.
Terining yog’ kletchatkasi yumshoq qatlam hosil qilib, mexanik ta’sirlardan asraydi. Teri osti
yog’ kletchatkasi organizm uchun yog’ deposi hisoblanib, tana haroratini mo’’tadil tu-tib
turishda ham ishtirok etadi.
Teri pigmenti melaninlar turkumiga mansub bo’lib (lat. melas - qora), deyarli hamma odamlarda
bo’ladi. U epidermisda ham, xususiy terida ham bo’lib, terining rangi pigment miqdori-ga
bog’liq. Organizmida melanin pigmenti bo’lmagan jonzotlar al’binoslar deyiladi (albus - oq).
Melanin melanotcit hujay-ralarida tirozin aminokislotasining tirozinaza va DOFA-ok-sidaza
fermentlari ta’sirida oksidlanish natijasida hosil bo’ladi. Melanin ul’trabinafsha nurlarini juda
kuchli yutish xususiyatiga ega, shuning uchun u organizmni ul’trabinafsha nur-larining zararli
ta’siridan saqlaydi. Pigment teri yuzasi-king hamma joyida ham bir xil taqsimlanmagan: yuz,
bo’yin, or-qa terilarida pigment ko’proq, qorin terisi, kaft va tovonda esa kamroq bo’ladi.
Tashqi va ichki ta’sirotlarning ta’siri natijasida teri pigmentining miqdori o’zgarib turadi. YOz
faslida oftob (ul’-trabinafsha nurlar) ta’sirida terida pigment miqdori ko’payib, badan qorayadi.
Homilador ayollarda ichki - gormonal holatlar ta’sirida ham terining ayrim joylarida (yuz, tashqi
jinsiy a’zolar sohasida) pigment ko’payadi. Pigment almashinuvi ichki sekretciya bezlari
faoliyatiga, ul’trabinafsha va radiatciya nur-lari, ba’zi ximiyaviy moddalar va vitaminlar (A, PP
va ayniq-sa vitamin S) ta’siriga bog’lik.
TER BEZLARI
260
Terida ter, yog’ va sut bezlari joylashgan. Sut bezlarining tuzilishi va faoliyati jinsiy a’zolar ishi
bilan uzviy bog’lan-gan bo’lgani uchun, ular shu a’zolar bilan qo’shib o’rganiladi.
Taraqqiyoti. Ter bezlari embrion taraqqiyotining 8-oyida epidermisdan hosil bo’ladi. Dastavval
epidermis qirralarida epiteliy hujayralarining to’plami hosil bo’lib, bu hujayralar mezenxima
tomon botib kiradi-da, ter bezlarining kurtagini hosil qiladi. Kurtak epitelial tasmalari teri osti
yog’ klet-chatkasiga qadar botib kirib, buraladi va ter bezining oxirgi bo’limini hosil qiladi;
epitelial tasmaning yuqori qismlari esa chiqaruv naylariga aylanadi. Embrion taraqqiyotining
oxi-rida epitelial tasmalarning sekretor bo’limida, so’ngra chiqa-ruv naylarida bo’shliqlar paydo
bo’ladi. Ter bezlari inson dunyo-ga kelganidan keyingina o’z faoliyatini boshlaydi.
Ter bezlari (glandulae sudoriferae) oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezlarga kiradi. Bularning
soni 3,5 milliongacha eta-di. Jinsiy olat boshchasi, kichik uyatlik lablar sohasidan tash-qari
terining barcha qismlarida ter bezlari uchraydi. Ayniqsa, qo’l panjalarining yumshoq qismida,
tovonda, qo’ltiq osti chuqur-
J50-pacM. Tep bezlari. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan. 06. 20. ok. 10. 1 - bez oxirgi
bo’lnmlari; 2 - miozpitelial hujayralar; 3 - birpktiruvchi to’qima.
chasida va chov burmalarida ter bezlari ko’p bo’ladi. SHu joylar-da terining 1 sm
2
sathida 300 ga
yaqin (terining boshqa sohala-rida 120-200) bez ochiladi. Ter bezlarining zichligi (1 mm
2
sathdagi soni) yangi tug’ilgan bolalarda kattalarga nisbatan 12 barobar ko’p bo’ladi. Ter
bezlarining sekreti 98 % suv, 2% qu-ruq moddadan iborat. Quruq modda organik va noorganik
modda-lardan tashkil topgan. Ter bezining oxirgi sekretor bo’limlari koptoksimon buralgan
bo’lib dermaning chuqur qatlamlarida joy-lashadi. (150-rasm). Ter chiqaruv naychalari derma va
epidermis-dan o’tib, teri yuzasida teshikchalar hosil qiladi. Bezning oxir-gi bo’limi bez holatiga
qarab kubsimon yoki tcilindrsimon epi-teliydan iborat bo’ladi. Hujayra tcitoplazmasi och bazofil
bo’-..lib, o’zida, yog’, glikogen va pigment kiritmalarini tutadi. Sek-retor hujayralar ichida oqish
va qoramtir hujayralar tafovut qilinadi. Oqish hujayralar suv va metall ionlarini, qoramtir-lari esa
organik makromolekulalarni ajratadi. Sekretor hu-jayralari tagida, bazal membranada,
mioepitelial (savatsi-mon) hujayralar joylashadi. Mioepitelial hujayralarni o’z o’simtalari bilan
bez oxirgi bo’laklarini o’rab turadi. Bu hu-jayralar tcitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega
bo’lgan to-lalar mavjud bo’lib, ularning qisqarishi sekretor hujayralar-dan sekretning ajralib
chiqishiga sababchi bo’ladi. Oxirgi bo’-.limdan chiqaruv naylari boshlanadi. Bu naylar ikki
qavatli
kubsimon epiteliydan iborat bo’lib, hujayralarning usti ku-tikula bilan qoplangan. CHiqaruv
naylari epidermisdan egri-bugri bo’lib o’tadi. Epidermis sohasida chiqaruv nayining devori yassi
hujayralar bilan qoplangan. Ter bezlari hujayralari-dan sekret ajralishiga qarab 2 xil: merokrin va
a p o-krin bezlarga ajratiladi. Ter bezlarining ko’pchiligida mero-krin sekretciya yuz beradi.
Apokrin ter bezlari terining ayrim joylarida - qo’ltiq osti chuqurchasida, anal teshik atrofida,
261
peshanada, sut bezlari so’rg’ichi atrofida va katta uyatliq lablar sohalarida joylashadi. Bu
bezlarning sekreti hujayra tcito-plazmasining qisman emirilishi bilan chiqadi. SHuning nati-
jasida sekret bilan birga chiqqan oqsil moddalari chirib ter maxsus o’tkir hidga ega bo’ladi.
Apokrin ter bezlarining oxirgi sekretor bo’limlari anchagina yirik bo’lib, organizmning balo-
g’atga etgan davridan boshlab ishlaydi. Apokrin bezlar faoliyati jinsiy bezlar holati bilan uzviy
bog’liq. Mentstrual, premen-strual va homiladorlik davrlarida bu bezlarning sekretor fao-liyati
oshib ketadi.
YOg’ bezlari (gld sedaceae).
YOG
’
bezlari kaft va tovondan tash-qari terining barcha qismlarida
bo’ladi. Labning qizil hoshiya-li qismida, jinsiy olat boshchasida, kichik uyatli lablar sox
4
a-sida,
ko’krak bezi so’rg’ichi atrofida, qovoq chetlarida yog’ bezlari to’g’ridan-to’g’ri teri yuzasiga
ochiladi. Terining boshqa sohala-rida esa yog’ bezlari soch ildizi bilan bog’langan bo’lib, soch
voronkasiga ochiladi va soch hamda epidermisni moylab turadi. Odamda yog’ bezlari sutkasiga
20 g ga yaqin teri yog’ini ajratadi (151-rasm). Har bir soch ildiziga 1-2 yog’ bezi to’g’ri keladi.
YOG
’
bezlari turlicha kattaliklarda bo’ladi. Yirik yog’ bezlari yuz terisida (lunj, burun sohasida),
ko’krakda (to’sh sohasi), or-qada (kuraklar va ularning ustki qismlarida) joylashadi. YOg’
bezlari terining yuqori qatlami dermaning so’rg’ich va to’r qa-vatlari chegarasida joylashadi.
Tuzilishiga ko’ra yog’ bezlari oddiy tarmoqlangan al’veolyar bezlar turkumiga kirsa, sekre-tciya
tipiga ko’ra golokrin bez hisoblanadi.
YOG
’
bezlarining oxirgi sekretor bo’limi bir qancha al’veola-lardai iborat bo’lib, nozik
biriktiruvchi to’qima bilan o’raladi. Bez al’veolalarining bazal membranasida bir qator, uncha
ba-land bo’lmagan muntazam ko’payib turuvchi kambial hujayralar joylashadi. Bu hujayralar
qavatidan so’ng yirik, tcitoplazmasi har xil darajada yog’ tomchilari bilan to’lgan hujayralar qa-
vati bez al’veolasining ikkinchi qavat hujayralarini tashkil etadi. Oxirgi sekretor bo’limning eng
ichki hujayralari yog’ bi-lan to’lgan bo’lib, hujayra yadrosi bujmayib, yo’qoladi. Mana shu
hujayralar yoriladi va hujayra mahsuloti - yog’ soch voron-kasiga quyiladi. Bazal membranada
joylashgan kambial hujay-ralar hisobiga yangi sekretor yog’ hujayralari paydo bo’ladi.
YOG
’
bezining chiqaruv nayi kalta bo’lib, devori sochning tashqi epitelial qini bilan tutashib ketuvchi
ko’p qavatli yassi epite-liy bilan koplangan.
151- rasm. YOg’ Sezlari (terining derma qavatidanolingap). Gematoksilin- eozin
bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10.
1 - soch voronkasi; 2 - bezning sekret chiqarua yo’ln: 3 - bez oxirgi bo’limining emi-rilayotgan
hujayralari; 4 -oxirgi bo’limning kam differentciallangan hujayralari.
Terining oziqlanishi. Qon tomirlar terida bir qancha to’rlar hosil qiladi. YUza va chuqur arterial
chigallar hamda bitta chuqur va ikkita yuza venoz chigallar farqlanadi. Teri arteriya-si fastcial
to’r arteriyasidan boshlanadi. Ayrim arteriyalar tarmoqchasi yog’ bo’laklarini o’ragan
biriktiruvchi to’qima bo’ylab yo’naladi. Asosiy arteriyadan ayrim tarmoqlar derma-ning quyi
262
sohalarida gorizontal yo’nalib, o’zaro anastomozlar hosil qiladi. Bu chuqur tomirlar to’ri ter
bezlarini, teri osti yog’ qavatining yuza qatlamini qon bilan ta’minlaydi. Asosiy arteriyadan
tarmoqlangan boshqa tomirlar terining yuqori qatlamlariga tarqaladi. Bu tomirlar derma orqali
o’tib, yog’ bezlarini va soch follikulasini ta’minlovchi yon shoxobchalar beradi. Terining
so’rg’ich qavati chegarasida esa no-zik arteriya tarmoqlarining anastomozi yuza yoki so’rg’ich
osti arteriya to’rini hosil qiladi. Bu arteriya chigallaridan har bir so’rg’ichga kapillyarlar
tarqaladi.
Vena tomirlari terida 3 to’r hosil qiladi. Birinchi ve-na tomirlarining to’ri derma so’rg’ichlari
ostida, ikkinchi veioz to’r dermaning chuqur qatlamida, u ch i n-chi venalar to’riyog’ osti
kletchatkasida joylashadi. YUz-da, ayniqsa burun va lunj terilarida yirik venoz tomirlar teri
so’rg’ichlarida ko’ndalang yotadi. Bu tomirlar bir qancha
nozik venalardan hosil bo’lib, ularning uzunligi va diametri turg’un emas. Vena tomirlari
burchak hosil qilib egilib, derma-ning chuqur vena to’ri bilan tutashadi. Terida, ayniqsa, qo’l va
oyoq barmoqlari uchida, tirnoq o’rnida ko’plab arteriolo-venulyar anastomozlar mavjud. Ular
issiqlik almashinuviga bevosita aloqadordirlar.
Limfa tomirlari terida yuza va chuqur to’rlar hosil qiladi. So’rg’ich limfa sinuslaridan tarqalgan
limfa tomirlarining to’ri ba’zi so’rg’ichlarning yarmiga qadar davom etadi. Terida chuqur
joylashgan limfa tomirlari to’rlaridan olib ketuvchi limfa tomirlari teri osti yog’ kletchatkasiga
botib kiradi. Bu tomirlar o’zaro anastomozlar orqali birlashib yirik chigal ho-sil qiladi.
Terining innervatciyasi. Terida sezuvchi nerv oxirlari juda ko’p bo’lib, u yirik retceptor maydon
hisoblanadi. Terining nerv apparati ko’pgina nerv tolalaridan va kapsulali nerv oxirla-ridan
iborat. Terining innervatciyasi bosh va orqa miyaning ve-getativ (simpatik) nervlari bilan
ta’minlanadi. Teri nerv tolalari teri osti yog’ kletchatkasining chuqur qatlamlarida joy-lashgan
asosiy nerv chigallaridan boshlanadi. Bu nerv tolalari derma tomon yo’nalib, yog’ va ter
bezlarini, soch piyozchalarini va teri tomirlarini ta’minlovchi tolalar beradi. Teri so’rg’ichi-ning
pastki qismida hosil bo’lgan nerv chigalidan so’rg’ich va epi-dermisga qarab tolalar tarqaladi.
Nerv oxirlari ayniqsa lab-ning pushti qismida, barmoq uchlarida va jinsiy a’zolarda mo’l bo’ladi.
Epidermisga kirgan nozik nerv tolalari o’zining mie-lin pardalarini yo’qotadi. YAlang’och nerv
o’qi tcilindrlari epi-dermisning tikanaksimon hujayralari atrofida Merkel’ disk-lari sifatida, bazal
qavat hujayralari orasida, har xil balandlikda ingichkalashib yoki tugun hosil qilib tarqaladi.
Dermada erkin nerv oxirlari va kapsulali nerv tanachalari joylashadi. Qapsulali nerv oxirlari
plastinkasimon nerv ta-nachasi (Fater-Pachini tanachasi), oxirgi kolbalar (Krauze kolbalari),
Ruffini tanachalari, sezuvchi (Meysner tanachala-ri) va jinsiy tanachalardan iborat.
Og’riq sezgisi epidermisning donador qavatiga qadar tar-qalgan erkin nerv oxirlari va dermaning
so’rg’ichsimon qavati-dagi nerv oxirlari orqali qabul qilinadi. Sezuv tuyg’usi esz teri so’rg’ich
qavatida joylashgan sezuvchi tanacha, epidermisning o’suvchi qavatidagi sezuvchi disklar
(Merkel’ disklari) va soch ildizi sohasidagi chigallari orqali yuzaga chiqadi. Bosim sezgi-si teri
osti yog’ kletchatkasida joylashgan plastinkasimon tana-chalar bilan, issiqlik sezgisi so’rg’ichli
barmoqchalar (Ruffini tanachalari) orqali, sovuqlik sezgisi esa so’rg’ichsimon qavat-dagi Krauze
kolbalari orqali qabul qilinadi.
Teri regeneratciyasi. Terida regeneratciya yaxshi boradi. Epi-dermis yuqorida aytib o’tilganidek,
o’suvchi qavat hisobiga tik-lanadi. Epidermis va derma shikastlanganda jarohat o’rni bi-
riktiruvchi to’qima tolalarini va asosiy moddalarni hosil qi-
luvchi hujayralar-limfotcit, monotcit va fibroblastlardan iborat yosh biriktiruvchi to’qima -
granulyatcion to’qima bilan yopiladi. SHu bilan birga epidermisning o’suvchi qavati hosil
qilayotgan hujayralar dermaning yosh biriktiruvchi to’qimasi ustiga siljib jarohat ustini qoplaydi.
So’ngra epiteliy va dermaning tarkibiy qismi differentciallashib, jarohat o’rni tamomila oldingi
ko’rinishga ega bo’ladi.
SOCHLAR
Sochlar (pili) terining hosilasi bo’lib, badanning deyarli 95% yuzasida uchraydi. Odatda
badanning sochlari zich joylash-.gan qismi boshning sochli yuzasi hisoblanib, bu erda ularning
umumiy soni 100000 ga etadi. Kaft va tovonda, labning pushti qismida, jinsiy olat boshchasi,
263
katta va kichik uyatli lablar yuzasida sochlar bo’lmaydi. Uzun (bosh sochi, mo’ylov, soqol, ham-
da qovuq, qo’ltiq osti va chov sohasidagi sochlar), qattiq yoki mo’ysimon (qosh, kiprik, burun
teshiklari va tashqi eshituv yo’l-larida joylashgan sochlar) hamda mayin (badanning ko’pgina
yuzasini qoplovchi sochlar - tuklar) sochlar tafovut qilinadi.
Sochning taraqqiyoti. Soch embrion taraqqiyotining 3-oyidan boshlab epidermisdan taraqqiy
etadi. Epidermisdan bazal hu-jayralari ko’payib, epiteliy tizimchalar holida mezenxima to-mon
botib kiradi. Epitelial tizimchalarning oxiri esa yo’g’on-lashib, bo’lajak soch piyozchasining
asosini hosil qiladi. Mezen-xima shu tizimchaning tag qismidan o’sib kirib soch so’rg’ichini
hosil qiladi. So’ngra epitelial tizimchalarning ichki hujayra-lari muguzlanib emiriladi-da,
ularning o’rnida markaziy ka-nalcha hosil bo’ladi. Soch piyozchasining uch qismidan o’sib
chiqqan soch konusi epitelial tizimchaning markaziy kanali tomon yo’na-lib, teri tashqarisiga
teshib chiqadi. SHu soch konusi hisobiga sochning o’qi va ichki epitelial qini yuzaga keladi.
Epitelial tizimchalarning qolgan qismi sochning tashqi epitelial qinini, atrof mezenxima esa soch
xaltasini hosil qilaDi.
SOCHNING TUZILISHI
Soch 2 qismdan: teridan chiqib turgan s o ch o’ qi va terida joylashgan soch ildizidan iborat.
Soch o’qi soch voronkasi-dan chiqib, teri ustida yotadi. Soch voronkasiga yog’ bezlari o’z
mahsulotini chiqaradi. Soch ildizi dermaning chuqur qatlamida teri osti yog’ kletchatkasi
chegarasiga qadar davom etadi va u erda soch piyozchasi bilan tugaydi (152-rasm). YAxshi
rivojlangan sochlar ildizida sochning kutikulasi, po’stloq va mag’iz qismlari tafovut qilinadi.
Soch kutikulasi soch ildizining pastki va yuqori qismlarida bir xil tuzilishga ega emas. Soch
so’g’oni - piyozchasi sohasining .kutikulasi bo’ychan (tcilindrsimon) x,ujayralardan iborat. Il-
152-rasm. Soch ildyzining bo’ylama kesimi. Ge-
matoksilin-eezin bilan bo’yalgan. Ob. 3,5,
ok. 10.
1 _ soch o’qi; 2 -pchki vpitel1:al qgn; 3 - tashqi
zpitelial qnn; 4 - soch xaltasi; 5 - soch piszchasn;
6 - soch so’rg’pchi; 7 - yog’ to’qimasn.
dizning yuqori tomoniga siljigan sari bu hujay-ralar qiyshayib, yassila-nadi va muguzlanadi. Mu-
guzlangan epiteliy hujay-ralari yupqalashib bir-bi-rining ustiga yotadi.
264
Do'stlaringiz bilan baham: |