Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

YAltirotc qavat 
terining ayrim sohalarida (kaftda, tovonda) yaxshi ko’rinadi va yadro tutmagan, 
tcitoplazmasi oqsil modda -• eleidin bilan to’lgan 3-4 qavat yassi hujayralardan iborat. Eleidin 
yaxshi bo’yalmaydi, lekin kuchli nur sindirish xususiyati-ta ega. SHuning uchun hujayralar 
chegarasi aniq bilinmaydi va bu qavat preparatda rangsiz yaltiroq tasma holida ko’rinadi. Zleidin 
tonofibrillalar va keratogialin oqsillaridan, ular-ning sul’fgidril gruppalarining oksidlanishi 
natijasida ho-sil bo’ladi, deb taxmin qilinadi. Uz navbatida eleidin muguz pmodda - keratin hosil 
bo’lishida bir bosqich hisoblanadi. 
Epidermisning tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo’lgan eng yuza qavati 
muguz qavat 
bo’lib, 
uning qalinligi terining turli sohalarida har xil bo’ladi. Kaft, tovon terilarida bu qavat qalin 
bo’lsa, tananing yon sathida, ayniqsa qovoqlar va erkaklar tashqi jinsiy a’zolari terilarida 
anchagina yupqadir. Bu qavat yadrosiz, bir necha o’n qavat muguz tangachalardan tash-kil 
topgan. Bu tangachalar muguz modda (keratin) va havo pufak-•chalari tutadi. Keratin 
oltingugurtga boy, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli oqsil moddasi hisoblanadi. Muguz 
tangacha-lari bir-biriga zich va mahkam birikib turadi. Terining tashqi yuzasidagina ular zich 
joylashmay, bir-biridan ajralib ayrim muguz tangachalar holida turadi. Terining ustki sathidagi 
muguz tangachalar fiziologik tarzda ko’chib tushib turadi va terining 
tushib turuvchi 
qavatini 
hosil qiladi. Muguz tangachalarining tushib ketishi jarayonida keratinosomalar muhim rol’ 
o’ynaydi. Ular hujayralardan chiqib, hujayralararo bo’shliqda to’planadi. Buning natijasida 
desmosomalarning erishi (lizisi) va muguz tangachalarining bir-biridan ajrashi kuzatiladi. Muguz 
qava-tining ahamiyati shundaki, u o’zidan issiqlikni yomon o’tkazadi va katta elastikli 
xususiyatiga ega. 
Kaft va tovon terisiga nisbatan terining boshqa joylarida epidermis ancha yupqa bo’ladi. 
Masalan, boshning sochli qismida uning qalinligi 170 mkm dan oshmaydi. Bu erda yaltiroq 
qavat yo’q, muguz qavat esa faqat 2-3 qavat muguzlangan hujayralar-dan - tangachalardan 
iborat. Terining ko’pchilik qismida epider-mis asosan o’suvchi, donador va muguz qavatlardan 
tashkil topgan. Har bir qavat o’z navbatida kaft va tovon terisi epidermisi-ning tegishli qavatiga 
nisbatan ancha yupqa bo’ladi. Ba’zi tashqi va ichki omillar ta’sirida, masalan, kuchli mexanik 
ta’sirlar-da, A vitamin etishmaganda va gidrokortizon ta’sirida muguz-lanish jarayoni kuchayadi. 
Derma yoki xususiy teri o’z navbatida bir-biridan aniq ajralma-gan qavatlar: so’rg’ichli qavatlar 
(stratum papillare) va zich yokn to’r qavat (stratum compactum seu reticulare) lapra*bo’linady. 
So’rg’ichli qavat 
bevosita epidermis ostida joylashib, siy-rak tolali shakllanmagan biriktiruvchi 
to’qimadan tashkil top- 
gan. SHu biriktiruvchi to’qima epidermisga botib kirib, so’rg’ich-lar hosil qiladi. So’rg’ichlar 


259 
shakli va kattaligi terining tur-li zonalarida har xil bo’ladi.Kaftda va tovonda bu so’rg’ichlar 
yaxshi rivojlangan. Epidermis yupqa bo’lgan joylarda esa so’r-g’ichlar ancha kalta bo’ladi. YUz 
terisida so’rg’ichlar sust rivoj-lanib, yosh ulg’ayishi bilan yo’qolib ketishi ham mumkin. Teri-
ning so’rg’ichli qavati barmoqlar terisi sathida har bir shaxsga xos bo’lgan individual 
ko’rinishlarni belgilab beradi. Terining bu ko’rinishi har bir odamning o’ziga xos bo’lganligidan 
sud me-ditcinasida va kriminalistika amaliyotida barmoq izlariga qarab shaxsni aniqlashda - 
daktiloskopiyada 
keng qo’llaniladi. 
So’rg’ichli qavat to’qimasida kollagen, elastik va retikulin tolalar bilan birga fibroblast, 
makrofag, melanofor, plazma-tik va semiz hujayralar mavjuddir. Bu erda mushak hujayra-
larining alohida tutamlari uchraydi. Bu mushaklarning ayrim-lari sochni tiklovchi mushak bo’lib, 
ular soch ildizi bilan uzviy bog’liqdir. Dermaning so’rg’ich qavatida qon, limfa tomirlari, nerv 
tolalari va erkin, hamda kapsulali nerv oxirlari ko’p uch-raydi. So’rg’ichli qavat qon tomirlari 
hisobiga terining epider-mis qismi oziqlanadi. 
So’rg’ichli qavatda o’simtalari ko’p, tcitoplazmasida va o’sim-talarida melanin pigmentini 
tutuvchi melanofor hujayralar joylashadi. Melanofor hujayralar epidermis melanotcitidan 
farqlanib, DOFA-oksidaza reaktciyasini bermaydi va melaninni sintez qilmaydi. Melanoforga 
pigment epidermis melanotcitla-ridan kiradi deb taxmin qilinadi. Melanofor hujayralar te-rining 
ayrim joylarida, ayniqsa, anal teshik, sut bezi so’rg’ich-lari atrofida ko’p bo’ladi. 
Dermaning 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish