Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Timusning yoshga qarab va ba’zi hollarda o’zgarishi



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Timusning yoshga qarab va ba’zi hollarda o’zgarishi. 
Ayrisimon bez yosh bolalarda 
juda taraqqiy etgan bo’ladi. Tug’ilgandan to balog’at yoshiga yetguncha uning kattaligi va 
og’irligi ma’lum bir darajada saqlanib turadi. Jinsiy balog’at yoshiga kelib timusning og’irligi 
o’rtacha hisobda 37–40 g atrofida bo’ladi. 25–30 yoshdan keyin timusda aks taraqqiyot davri, 
ya’ni yoshga nisbatan kechadigan involutsiya boshlanadi. Bu jarayon ayniqsa timusning po’stloq 
zonasida yaqqol ifodalanadi. Bu zonada timotsitlar sononing kamayib borishi, retikuloepitelial 
hujayralar o’rnida yog’ hujayralarining paydo bo’lishi va makrofaglar sonining ko’payishi 
kuzatiladi. Involutsiya jarayoni mag’iz zonada ham sodir bo’ladi. Bu zonada ham yuqoridagidek 
timotsitlarning kamayishi, retikuloepitelial hujayralarning o’rnini yog’ to’qimasi eg’allashi 
ko’rinadi. Gassal tanachalari esa ancha paytgacha saqlanib qoladi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’ta 
qarigan, ammo sog’ organizmda timusning faoliyati nisbatan sust saqlanib qoladi. 70–75 
yoshlarga kelib timusning og’irligi faqat 5–6 g atrofida bo’ladi. Bunda bez parenximasining 
asosiy qismini yog’ to’qimasi tashkil etib, uning orasida juda kam miqdorda timotsitlar va 
retikuloepitelial hujayralar uchrashi mumkin. Kamdan-kam holatlardagina timusning yoshga 
nisbatan involutsiyasi bo’lmasligi mumkin. Bu holat “status thymicolymphaticus” deb atalib, 
timusda va boshqa periferik immun-himoya organlarida limfotsitlar sonining oshb ketishi bilan 
ifodaladi. Ko’pincha bu holat buyrak usti bezining po’stloq moddasi ishlaydigan glyukokortikoid 
gormonlarning yetishmovchiligi bilan birga kechadi. Garchi timusda limfotsitlar ko’p bo’lsada, 
ularning faoliyati to’liq bo’lmaydi, shuning uchun ham bunday odamlar mikroblar va zaharli 
moddalar ta’siriga juda chidamsiz bo’ladi. 


242 
Timusning yoshga nisbatan, asta-sekin kechadigan aks taraqqiyotidan tashqari, ba’zi bir 
holatlarda uning tez sodir bo’ladigan involusiyasi ham uchraydi. Bu jarayon aksidental 
(accidental – tasodifiy) involusiya deb atalib, turli xil o’ta kuchli salbiy ta’surotlar (og’ir 
jarohatlar, zaharlanish, haddan tashqari ochlik, radiatsiya, SPID virusi va hokazolar) natijasida 
ro’y berishi mumkin. Bunda timusda, ayniqsa uning po’stloq zonasida, timotsitlarning birdaniga 
ko’p miqdorda halok bo’lishi (timotsitoliz yoki limfotsitoliz) va ularning makrofaglar tomonidan 
fagotsitoz qilinishi kuzatiladi. Natijada, po’stloq va mag’iz zonalar orasida chegarani ajratib 
bo’lmaydi. Aksidental involutsiya davomida retikuloepitelial hujayralarda ham o’zgarishlar sodir 
bo’ladi. Ularning sitoplazmasi shishadi va yirik pufaklar bilan to’ladi. Aksidental involyutsiya 
jarayonida yuqorida qayd etilgan glyukokortikoid gormonlarning ahamiyati kattadir. Chunki bu 
jarayon doimiy ravishda shu gormonlar miqdorining keskin oshishi bilan birga kuzatiladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, aksidental involutsiya o’zining qayta tiklanish imkoniyati bilan 
yoshga nisbatan kechadigan involutsiyadan keskin farqlanadi. Agar organizmga ko’rsatilgan 
salbiy ta’sirlar to’xtatilsa, timus o’zining oldingi holatiga qaytishi mumkin. Shu tufayli timusda 
bo’ladigan aksidental involutsiyani ko’ra bilish va uning oldini olish tibbiyot fani uchun muhim 
nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. 
Shunday qilib, timus (ayrisimon yoki buqoq bezi) qizil suyak ko’migi bilan birgalikda 
qon yaratuvchi va immun-himoya organlarining markaziy qismini tashkil qilib, u T-limfotsitlar 
ishlab chiqarishi bilan bir qatorda immunitet jarayonlarini boshqarishda ham ishtirok etadi. 
Bundan tashqari, timusda qator biologik aktiv moddalarning ishlanib chiqishi uning endokrin 
faoliyati ancha taraqqiy etganligidan dalolat beradi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish