Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/208
Sana02.01.2023
Hajmi2,3 Mb.
#897395
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   208
Bog'liq
psixologik trener asoslari

Nazorat uchun savollar: 
1.
Ыzbekistonda treninglarni tayyorlash muammosi. 
2.
Trenerning shaxsiy fazilatlari. 
3.
Trenerning trening jarayonidagi vazifasi. 
4.
Boshlovchi roli. 
5.
Samarali muloqot shartlari. 
6.
Ijtimoiy psixologiktreningni smaradorligining omillari. 
 
16 mavzu Trening jarayonida kichik guruhlar bilan ishlash.
(
2 soat

Reja : 
1.
Guruh tushunchasi. Guruhdagi qonuniyatlar. 
2.
Guruhlarda ishlashning o‘ziga xosligi. Kichik guruhlar bilan ishlash tarixi. Kichik guruhlar bilan 
ishlash qoidalari.
3.
Trening guruhida yuz beradigan liderlik jarayoni va uni hisobga olish.
4.
Kichik guruhchalarning yuzaga kelishi bilan bog`liq bo‘lgan muammoli holatlar va ularni hal qilish. 
 
Trener shaxsiga qo’yiladigan talablar quyidagilar: 1) u avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan psixologik 
xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bunda inglizlar aytganidek "O’zgalar psixologiyasini bilish - ular ustidan 
hukmronlikning bir shaklidir", degan naqlni esdan chikarmaslikdir; lekin bunda psixologik altruizm, ya'ni 
o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun qo’yish xislati mavjud bo’lishi kerak; 2) o’zining shaxsiy fazilatlari va 
psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur; 3) har qanday chigal 
yoki ziddiyatli vaziyatlardan chikib ketishgina emas, balki uning oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri kelganda esa 
uni bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslahat bera olish; 4) empatiya, ya'ni o’zgalar holatlarini chuqur xis 
qila olish qobiliyatining mavjudligi; 5) o’zgaruvchan, moslanuvchan aql soxibi bo’lish, kutilmagan holatlarga 
o’zini oldindan tayyorlash, o’zini yo’qotmaslik; 6) o’z xatti-harakatlarini doimo ma'lum maromda ushlash va 
kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlantira olish; 7) o’zgalar nutqi, reaktsiyalarini aniq tushunish va tinglash, 
mimika va harakatlar mohiyatini to’g’ri talqin etish va tushunish; 8) tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining 
extiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormaslik; 9) rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, bunda oldinda kutilayotgan 
jarayonning barcha muhim va nomuhim jixatlarini oldindan taxminan bo’lsa ham, tasavvur qilib, aniq reja to’za 
olish; 10) o’ziga ishonch, e'tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi. 
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo’yiladigan talablardan bevosita kelib 
chiqadi. Ya'ni, u avvalo ta'lim dasturiga ega bo’lishi kerak Dasturga mos senariylar tanlay bilishi, ularni kerak 
bo’lsa, har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirishi, mashg’ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga 
e'tibor qaratishi shart. qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyati darajasi va extiyojlariga mos 
ravishda dastur va senariylarga o’z vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg’ulotlar shakli, 
vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta'sir ko’rsatadi. 
Imkoniyat boricha, tinglovchilarni mashg’ulotlar boshlanishidan avval mavzu bo’yicha yozma matnlar bilan 
ta'minlashi va ma’ruzalarni iloji boricha, o’zi o’qib, amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani 
ma'qul. Chunki bu erda "nimaga o’rgatish" va "qanday o’rgatish" degan savollarga javobgar shaxs bir kishi 


36 
bo’lsa, harakatlarda uyg’unlik bo’lishi mumkin. Treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb etib 
bo’lmaydi. Chunki mashg’ulotlarni o’tkazuvchi maxsus tanlovlarda ishtirok etgan bo’lishi va unda uning 
kommunikativ mahorati, o’z-o’zini nazorat qila olish qobiliyati, bosiqligi, xissiyotlarning muqobilligi, ularga 
ma'lum ma'noda turg’unlik xos bo’lishi shart. Tanlovni umuman xolis ekspertlar o’tkazib, trenerlarni tayyorlash 
kurslari ham nisbatan uzoq muddatga mo’ljallangan mashg’ulotlar tizimidan iborat bo’ladi.Ishda samarali 
muloqotga erishish uchun quyidagi omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq: a) maqsadning aniq bo’lishi, 
uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushunilishi. Demak bu o’rinda guruxiy va 
individual maqsadlar o’rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudliligiga e'tibor haratilishi shart; 
b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligi ya'ni fikr va xissiy
kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo’ylik tamoyillariga e'tibor berish;v) faol ishtirok va 
guruxdagi liderlikning a'zolar o’rtasida teng taqsimlanishiga erihish, ya'ni guruxda yaqqol ko’zga tashlangan 
lider yoki doimo o’z xissiy-kechinmalarini va irodasini boshqalarga o’tkazishga harakat qilayotgan shaxsning 
bo’lmasligi;g) ta'sir ko’rsatish yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga 
asoslanishi, lekin bunda boshqalarning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik;d) haror qabul qilish va munozaralarni 
yakunlash bosqichlarida vaziyatga harab, boshlovchining tashabbusni o’z qo’liga olish huquqidan foydalanish;e) 
bahs va tortishuvlarga doimo to’g’ri, oqilona, odilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar 
tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi va ularda shakllanadigan sifatlarning mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi; 
j) gurux faoliyatining samaradorligi masalasi ham o’sha gurux a'zolari tomonidan baho lanishi o’yin yoki 
munozarani yana davom ettirish yoki tuxtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks xolda boshlovchi bu mas'uliyatni 
o’z bo’yniga olsa, unda gurux o’z faoliyatidan ko’nikmay qolishi mumkin.z) T-gurux a'zolarining maksimal 
tarzda o’zini ko’rsatish, xattoki, o’zidagi yashirish emotsiyalarni va yangiliklarni ro’yirost namoyon etishga 
undash lozimki, toki u har qanday sharoitda ham o’z individualligini ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lsin. 
Shunday qilib, treningning samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarning faol qatnashishlari va
o’zlarini erkin xis qilishlariga bogliq bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa, boshlovchi - trener shaxsining 
xususiyatlariga bevosita bogliqdir.
Katta guruxlarda ishlash. har bir shaxs o’z faoliyatini turli guruxlar sharoitida yoki turli guruxlar ta'sirida 
amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruxiga umuman qo’shilmaydigan individning 
o’zi yo’q. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o’zaro ta'sirda bo’ladi, bu 
muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruxida ro’y beradi. Shuning uchun ham guruxlar muammosi, uni 
o’rganish va guruxlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiharish ijtimoiy psixologiya va psixologiya asosiy 
mavzularidan va muammolaridan biridir. 
Psixologik ma'noda gurux — bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad 
asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Umuman odamlar guruxi tashkil topishi uchun albatta, qandaydir 
umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo’lishi shart. Masalan, talabalar guruxi uchun umumiy narsalar 
ko’p (o’quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o’spirin, yoshlar, ma'lum o’quv yurtida ta'lim olish 
istagi va qokazo). Ko’chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo’lgan 
narsa bor — bu qiziquvchanlik bo’lib o’tgan hodisaga guvoqlik, unga umumiy munosabatdir. 
Guruxni aloqida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir gurux psixologiyasi uni tashkil etuvchi aloqida 
shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish 
esa turli tipli guruxlarni boshqarish va ana shu guruxlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. 
Guruxlarning turlari ko’p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. 
V.M.Karimovaning ''Ijtimoiy psixologiya asoslari" o’quv qo’llanmasida guruxlarning asosiy turlari keltirilgan. 
Guruxlar avvalo shartli va real guruxlarga bo’linadi. 
Real guruxlar aniq tadqiqot maqsadlarda to’plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruxlarga 
bo’linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy eqtiyojlari asosida tashkil bo’ladigan bunday tabiiy 
guruxlarning o’zi kishilarning soniga harab katta, kichik guruxlarga bo’linadi. Katta guruxlar uni tashkil 
etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlarnga harab uyushgan va uyushmagan 
turlarga, kichiklari esa o’z navbatida, endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog’onasiga 
ko’tarila olgan jamoa turlariga bo’linadi. Guruxlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa, muqim hisoblangan 
turlariga ta'rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni maqsad qilib qo’ygan qolda, bevosita 
katta guruxlarning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini o’rganishga o’tamiz. 
Kichik guruxlarda ishlash talabalarning darsda faolligini ta'minlaydi, har biri uchun
munozarada qatnashish xaq huquqini beradi. 
bir - biridan sinfda o`rganishga imkoni tug`ildi, bolalar fikrini qadrlashga o`rgatadi. 
1. Faoliyatni tanlash. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada talabalar uni o`rganish 


37 
(bajarish) uchun ijodiy faoliyat ko`rsatishlari zarur bo`ladi va vazifalar belgilab olinadi. 
2. Zaruriy asos yaratish. Talabalar kichik gurux ishida qatnashishlari uchun tanlangan 
faoliyat bo`yicha ba'zi bilim ko`nikma va malakalarni oldindan egallagan bo`lishlari kerak. 
3. Guruxlarni shakllantirish. Odatda har bir guruxda 3-5 talaba bo`ladi, (ehtimol, kam yoki ko`p bo`lishi 
mumkin). Agar guruxda ishlash u yoki bu yozma xujjat tayyorlashni talab etsa yaxshisi 2 — 3 kishili gurux 
tuzilgani ma'qul. Gurux o`lchovi masalaning muhimligi, auditoriyadagi talabalar soni, talabalarning bir —biri 
bilan konstruktiv holatda o`zaro harakat bog`liq holda o`zgaradi. Eng yaxshisi, gitrogen gurux tashkil etishdir. 
(jinsi, o`zlashtirish darajasi va boshqa belgilar asosida). Guruxda ishlash talabalar o`rtasida vazifalarni aniq 
taqsimlashga tayanadi. (Misol uchun, bir talaba munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi 
spiker (sardor) rolini o`taydi va hokazo). Auditoriyani guruxlarga ajratish, hoxish bo`yicha yoki hisob bo`yicha 
amalga oshiriladi. 
4. Aniq yo`l-yo`riqlar ko`rsatish: talabalarga faoliyatni bajarish bo`yicha aniq va xajm jixatdan ko`p 
bo`lmagan tushuntirish beriladi. O`qituvchi guruxlarining ishlash tezligi turlicha bo`lishini inobatga olgan holda 
vaqt chegarasini aytadi. Guruxlar kerakli materiallar va axborotlar bilan ta'minlanadi. Talabalar guruxda ishni 
boshlashlari uchun vazifalarini aniq tushunib yetganligi tekshirib ko`riladi. 
5. Qo`llab-quvvatlash va yo`naltirish: O`qituvchi zarur tug`ilsa guruxlar yoniga navbatma — navbat kelib 
to`g`ri yo`nalishda ishlayotganligini qayd etadi yoki ularga yordam beradi, gurhlarga taziyq o`tkazilmaydi. 
6. Muhokama qilish va baholash: Guruxlarda ish yakunlangach, ular natijalari bo`yicha axborot
beradilar. Buning uchun har bir gurux o`z sardorini belgilaydi. Zarurat tug`ilsa, faoliyat natijalari
bo`yicha bildirilgan fikrlar bo`yicha o`qituvchi tomonidan yozib boriladi. Muhimi guruxning o`z yechimini 
asoslanishini aniqlashtirib olishdir. Agar vaqt yetarlicha bo`lsa u yoki bu fikrni argumentlashda guruxlar bir-
biriga savol ham berishlari mumkin. Kichik guruxlarda ishlash natijalari o`qituvchi tomonidan baholanadi. 
Bunda faoliyatni to`g`ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish