3.Kamoliddin Behzod - Buyuk miniatyurachi musavvir
15
O‘zbekistonda san’at va madaniyatning rivojlanishi o‘zining qadimiy tarixiga
ega. U bir necha asr davomida va turli bosqichda san’at, madaniy merosimizni
boyitdi.
Buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori -
Kamoliddin Behzod - Hirot miniatyura maktabi asoschisi, muzahhiblarning
yetakchisi va ustozi bol'gan.
Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning
maʼlumotlariga koʻra, Kamoliddinn Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak
Naqqoshoʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan
oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom
ettirib, unirivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez
shakllangan ekan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi
ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk
sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz
Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad kabi xattotlar ijod bilan band
boʻlganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy
Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Behzod ijodining mavzu doirasi,
qahramonlari shu yerda — Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol
topgan.
Kamoliddind Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga
chaqirilgan. 1487- yil Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga
rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy oʻz davrining badiiy akademyyasiga
aylangan. Uni mutaxassislar "Nigorxonayi Behzod" yoki "Behzod akademiyasi" deb
ataganlar. Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizgʻin ijod
bilan band boʻdgn, koʻplab moʻtabar qoʻlyozmalarni yaratishga rahnamolik qilgan,
maʼlum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator
zamondoshlarining — Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning chexrai
kushoylarini yaratdi, bir guruh yoshlarga rassomlik sirlarini oʻrgatdi. 1507—10
yillarda Behzod Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida boʻldi. Bu
davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yil
16
Hirot shahri safaviylar qoʻliga oʻtadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda
Tahmosibga rasm oʻrgatishi uchun Behzodni oʻz saltanati poytaxti Tabriz shahriga
taklif etadi, 1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni oʻz kutubxonasidagi kitobat
axli (kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarkoʻb, lojuvardshoʻy va
boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh
Tahmosib davrida ham Behzod katta obru va eʼtiborga ega boʻlgan. Tabrizda
Behzod Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan
hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning maʼlumotiga koʻra, Behzod hayotining
oxirida ona shaxri - Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri
Koʻhi Muxtorning (hozirgi Afg'oniston hududida) xushmanzara joyida joylashgan.
Oʻrta Sharqda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yoʻnalishini belgilab
bergan Behzod ijodi uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. Behzod
oʻzidan oldingi rassomlar anʼanalarini davom ettirdi va boyitdi. Asarlarining tarxi
murakkab, erkin harakatlarga boy, yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan boʻlib, ular
oʻzaro uygʻun. Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, ishonarli va
taʼsirchan tasvirlangan. Chiziqlar nihoyatda nozik, ranglar nafis ishlangan.
Portretlarida inson maʼnaviy qiyofasi, ruhi, his-tuygʻulari, xulq-atvorini aks
ettirishga ahamiyat bergan.
Saʼdiyning "Boʻston" asari qoʻlyozmasi (1478, Dublindagi Chester Bitti
kutubxonasida) rasmlari, Attorning "Mantiq-ut-tayr" asari qoʻlyozmasiga (1483,
Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida) 1487-yil chizilgan rasmlar, Navoiyning
"Hamsa" qoʻlyozmasiga (1485, Oksforddagi Bodli kutubxonasi va Manchesterdagi
Jon Reylands kutubxonasida) ishlangan 13 rasmning "Paygʻambar oʻz
sahobalaribilan", "Xoja Abdulloh Ansoriy darvishlar bilan suhbatda", "Moniy
Baxromga Diloromning rasmini koʻrsatmoqda" va boshqa miniatyuralar Behzodga
nisbat beriladi. Saʼdiyning "Boʻston" asarining Misr nusxasi (1488, Qohiradagi
Milliy kutubxonada) rasmlari (qoʻlyozmani xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan,
naqshlarni Yoriy Muzahqib yaratgan) —12 rasmdan 6 tasida Behzodning imzosi
bor: "Sulton Husayn saroyida ziyofat" (qoʻsh rasm), "Doro va otboqarlar",
"Masjiddagi bahs", "Olimlar suhbati", "Zulayhoning Yusufga iltijosi" nomli rasmlar
17
Behzod tomonidan yaratilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari
qoʻlyozmasining (1467, AQSH, Baltimordagi Jon Xopkins universitetida) xattot
Sherali koʻchirgan nusxasidagi 12 miniatyuraning 8tasi (15-asr 90-yillari) Behzod
asaridir. Rasmlarda rasmiy qabul, jang lavhalari, qalʼa qamali bilan bir qatorda
Samarqanddagi Bibixonim masjidi qurilishini tasvirlovchi qoʻshaloq rasm ham
mavjud. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining xattot Sulton
Muhammad Nur koʻchirgan nusxasiga (1528, Hirot, Tehrondagi Saltanat
kutubxonasida) Behzod rasmlar chizgan. Nizomiyning "Hamsa" asari nusxasiga
(1442, Londondagi Britaniya muzeyida) 1493—1535 yillar davomida ishlangan 19
miniatyuradan 3 tasi Behzod ijodi mahsuli. "Layli va Majnun qabilalari jangi",
"Suvoriylar jangi" va "Bahrom Goʻrning ajdar bilan olishuvi". Bularda "Savarraxu
alabd Behzod" degan yozuv bor. Nizomiyning"Hamsa" asari nusxasidagi (1494,
Londondagi Britaniya muzeyida) 22 rasmdan 7 tasida Behzod nomi qayd etilgan.
Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostoni qoʻlyozmasiga (1495, Sankt
Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi xalq kutubxonasida) Behzod "Layli va
Majnun maktabda", "Doʻstlari va otasi Majnunga nasihat qilmoqsalar" nomli
rasmlarni chizgan. Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostonining
Sulton Muhammad Hiraviy koʻchirgan qoʻlyozmasi (Sankt Peterburg)da Behzodga
nisbat berilgan "Madrasadagi bahs", "Layli va Majnun maktabda", "Layli va Majnun
sahroda", "Majnun Laylining iti bilan" va "Majnunning elchisi Layli huzurida"
nomli miniatyuralar bor; Saʼdiyning "Guliston" asari qoʻlyozmasining
(1486,Garvarddagi Fogg sanʼat muzeyida, sobiq Rotshild majmuasidan) xattot
Sultonali Mashhadiy koʻchirgan nusxasiga Behzod 2 rasm ishlagan. Amir Xusrav
Dexlaviyning "Hamsa" asari qoʻlyozmasidagi (1495, Dublindagi Chester Bitti
kutubxonasida) 13 rasmning 4 tasida Behzod asarlariga xos xususiyatlar mavjud.
"Sulton Husayn bogʻda" qoʻshaloq rasm (1485—90, Tehrondagi Guliston muzeyi,
muraqqada). "Chol va yigit" rasmi (Nyu Yorkdagi Kevorkyan majmuasida).
"Tuyalar olishuvi" rasmi (Tehrondagi Guliston muzeyida), Sulton Husayn portreti
(Shvesiyadagi F. Martin majmuasida), Muhammad Shayboniyxon portreti (Timken
Burnet majmuasida), Abdurahmon Jomiy portreti (Erondagi Rizo kutubxonasida),
18
"Sulton Husayn va Alisher Navoiy" qoʻshaloq rasm (Sankt Peterburgda). Bulardan
tashqari, Behzod asarlari al-Xavarnaq qasrining qurilishi (Nizomiyning "Hamsa"
asariga Behzod ishlagan miniatyura) kutubxonalari, qoʻlyozma fondlari, muzeylari
va shaxsiy majmualarda ham mavjud. Ustod sanʼatkor sifatida Behzod Hirot va
Tabrizda qator shogirdlarni tarbiyalab yetkazdi. Uning shogirdlari Behzod
anʼanalarini butun Oʻrta Sharqqa yoydilar. Behzod anʼanalari keyingi davr
rassomlari ijodiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Mahmud Muzahhib (Muzahhib oltinbilan
bezovchini anglatadi) o‘z ustozidan eng yaxshi fazilatlarini tasviriyvositalarda yaxlit
ifoda etishni o‘rgandi.
Bizgacha yetib kelib, hozirda Parijdagi milliy kutubxonada saqlanayotgan, XIV-
asrga mansub Rashid-ad-Dinning"Maqolalar to‘plami" ga ishlangan miniatyura
(mo‘j’az san’at) portretlari O‘rta Osiyoda qadimgi tasviriy san’at asarlari
hisoblanadi.
XIV-asrga kelib Samarqandda Amir Temurning "Bog‘i Shamol", "Bog‘i Dilkusho"
saroylari devorlariga, harbiy yurish, jang va ov marosimlarida Temurni o‘z
kanizaklari, Amir, shaxzodalari bilan o‘z davrining miniatyurachi rassomi Axmad
Bog‘i-Shamol tomonidan tasvirlangan.
O‘rta Osiyo miniatyura san’atini gullab rivojlanishi XV-asrda boshlanadi. XV-asrni
ikkinchi yarmida Hirot Husayn Bayqaro saltanatida buyuk o‘zbek shoiri Alisher
Navoiy rahnamoligida taraqqiy etgan madaniyat o‘chog‘iga aylanadi.
Hirot adabiyot va san’at namoyondalari ichida Kamoliddin Behzod yorqin yulduz
bo‘lib yarqiradi.
Ulug‘ miniatyurachi musavvir o‘z zamondoshlari: Sulton Husayn Boyqaro,
Shayboniyxon, shoirlar Jomiy, Xatefiy kabilarni ajoyib portretlarini chizib bizlarga
meros qilib qoldirgan.
Portretlar chuqur ruhiy holatlari bilan ajralib turadi. Sulton Husayn Boyqaro portreti
tashqi qiyofasi xarakterihaqida Bobur o‘z xotiralarida shunday ta’riflaydi: u ma’noli
qarab turgan, mahobatli gavdasi kelishgan bamisoli sher, belidan pasti ingichka. U
sergap, xushchaqchaq Xurosonda 40 yil davomida davlatpanoh bo‘lgan, Behzod
o‘zbek xoni Shayboniyxon portretini 1507- yili Xirot olingandan keyin yaratdi. U
19
ulug‘sarkarda davlat arbobi, ilmli olim, adabiyot va san’atni nihoyatda
ulug‘laydigan shaxs edi.
Xon kalta yengil oddiy xirot halatboshida salla, chordana qurib o‘tiribdi. Og‘ir
vaznli, to‘g‘ri nigohli qo‘li tizzasida yuz qiyofasida matonatli katta qalb egasi
siymosida tasvirlangan .
Behzod portretlari yaxlit ranglar bilan tasvirlangan. Chiziqlarni aniq va plastik
tuzilish xususiyatlari Shaybonixonni barvasta qudrati yelka gavda qiyofasini
ifodalab beradi.
Shayboniyxonni portretida inter’erdagi siyohdon kitob, qamchin, katta o‘ng
barmog‘idagi uzuk kabi buyumlar tomoshabinga ulug‘ sarkarda qiyofasini ochib
berishda boyitadi .
Kamoliddin Behzod o‘z asarlarida o‘sha davrda portret miniatyura san’atini
cho‘qqisiga erishdi. Xusayn Boyqaro qarorgohida miniatyura san’atida boshqa
rassomlar ham ijod qilgan. Tarixchi Xondamir 1498- yil o‘zining "Xulosat Al’-
Akbar " risolasida rassom Qosim Alini asrimiz nozik asar mualliflarining sardori,
deb baholagan edi.
U san’at sir asrorining Xusayn Boyqaro kutubxonasida uning raxnamoligida
egallagan edi.
Shayboniyxon saroyida Behzodning qobiliyatli shogirdlaridan biri Mahmud
Muzahhib (Muzahhib oltin bilan bezovchini anglatadi) o‘z ustozidan eng yaxshi
fazilatlarini tasviriy vositalarda yaxlit ifoda etishni o‘rgandi.
Uning dastlabki hammaga ma’lum Alisher Navoiyning portreti (XVI-asr) misol
bo‘lishi mumkin .
Mo‘ysafid yoshlardagi shoir, hassaga tayanib turgan holda tasvirlangan.
Quvg‘inlikda, amirlik, davlatni boshqarish ishlarida sochlari oqarib irodasi sayqal
topgan edi.
"Men keksaysam ham tanam tetik, mening so‘zlarim xanuz qilich kabi o‘tkir" -
degan edi Alisher Navoiy.
Mahmud Muzahhibni miniatyura asarida ulug‘ Alisher qiyofasida, soch, soqollari
oqargan, biroz gavdasi engashgan, tugalmas hayotiy kuch, o‘tkir nigoh,
20
labdagiyengil tabassum, shoirning xalqparvar, "gumanist", mutafakkir inson
ekanidan dalolat beradi.
Kompozisiya jihatidan bu portret miniatyura san’atida o‘ziga xos xususiyatga ega,
uning nozik qiyofasi hayotiyligi, ko‘z-qoshlari harakatlarida ifoda etilgan.
XVII-asrda bir xil O‘rta Osiyo rassomlari o‘z vatanidan uzoqda miniatyura san’atida
an’analarni davom ettirdilar .
Rassom Davlat Muxammad Hindistonda Boburiylar saroyida sulton va ularni
oilalarini, saroy amirlarini, shoirlarning portletlarini yaratdi.
Shu davrda Hindistonda Muhammad-Murod Samarqandiy Bobur saroyida ijod qilib,
portret ustasi nomini oldi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston xalqlarini o‘tmishda
qoldirgan boy madaniy va estetik merosiga qaramay, tarixiy ob'yektiv sharoitlar
sababli realistik tasvir san’ati o‘z shaklini topmay qolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |