Shayboniylar davrida tasviriy san’AT. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Shayboniylar davrida minyatura san’ati



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi0,49 Mb.
#895512
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SHAYBONIYLAR DAVRIDA TASVIRIY SAN’AT.

2.Shayboniylar davrida minyatura san’ati. 


11 
Shayboniylar davlatining dastlabkipoytaxti Samarqand, so’ngra Buxoro (1560)
bo’lgan va Sirdaryodan markaziy Afg’onistongacha bo’lgan joylarni, Xuroson
va Turkistondagi barcha xalqlarni o’z qo’li ostida (qaramog’iga) 
olgan.Shayboniylardavrida Buxoro, Samarqand, Toshkent, Balx, Xisorda uning eng
yirik mulklardan bo’lgan. Shayboniyxon o’ldirilgandan (1510) so’ng davlat 
parchalanib, ko’p qismi Savafiylar (Ismoil) qo’liga o’tadi. Bu davrda yagona 
Movarounnaxrgina Shayboniylar qo’lida qoladi.Shayboniylardavrida Samarqandda
diniy akademiya qurilgan. Bunda madrasa va kutubxona bo’lib, u madaniyat 
rivojiga ham hissa qo’shgan.Shayboniyxon davrida yaratilgan ishlar sirasiga
«Fatxnoma» bo’lib hisoblanadi. Bu tarixchi Mulla Muxammad Shodi tomonidan
yozilgan 
bo’lib, 
Shayboniyxon 
g’alabalari 
solnomasiga 
rasmlar 
ishlangan.Shayboniyxon barcha temuriylar kabi madaniyat va sanoat xomiysi
bo’lgan: u davrda Samarqandda madrasa va kutubxonalar qurilishi boshlanadi. 
Adabiy kechalar, baxslar o’tkazilar edi. Tarix uchun nodir yodgorlik bo’lib qolgan
Temuriylarkiyimidagi Shayboniyxonning portreti buyuk musavvir Bexzod
mo’yqalamiga mansubdir. Shunday qilib, Shayboniyxon davrida Movarounnaxr 
miniatyura maktabi o’zining an’anasi: Xuroson va Movarounnaxrning madaniy
meroslari umumiyligidan kelib chiqqan holda xarakterlanadi. Bu
davr miniatyuralarining xususiyati –inson bilan tabiatning birligi yo’sinida 
izohlanadi. Shayboniyxon o’limidan so’ng davlat poytaxti Buxoro va Samarqand 
O’rtasida bo’ldi. 1533 yilgacha poytaxt Samarqandda edi, 1533-39 yillarda 
Buxoroda, 1540-1551 yillarda Buxoro va Samarqand deyarli teng ravishda 
poytaxtlik 
vazifasini 
bajardilar.XVIasrning 
ikkinchi 
yarmidan 
boshlab, 
tadqiqotchilarning bayon qilishlaricha,Movarounnaxrga Buxoro hokimlik qilgan, 
uning zamondoshi Mirza Muxammad Xaydarning yozib qoldirilishicha Buxoro
ham, xuddi Mirzo Sulton Husayn davridagi hukmronlik Hirot singari ilm-fan 
va san’at XVIasr boshlariga kelib Ubaydullaxon hukmronligi ostida Buxoroda
Hirot madaniy hayoti an’anali ancha jonlanadi: majlis yigilishlari, tarixiy
anjumanlar, adabiy to’garaklar tuziladi. Tarixga «Taxtda darvish» nomi bilan 
kirgan Ubaydullaxon ma’rifatli, adabiy-diniy ma’lumotga ega kishi edi. Buxoro 


12 
rangtasvir san’ati ustalari ishiga Hirot maktabining kompozitsion vosita va usullari 
mustahkam o’rnashib qolgan.Hirotning o’ziga xos mahalliy uslubi XVIasrning 
birinchi yarmigasaqlanib qolgan. Oldin aytib o’tganimizdek, poytaxt
Tabrizgako’chishi munosabati bilan ustalar poytaxtga ko’chadilar. Bu holat Hirotni 
Ubaydilloxon egallashi va (1529 y) ko’pgina mohir qo’li kitob san’ati ustalarini 
Movarounnaxrga olib ketishigacha davom etdi.Hirotda bu davrda yaratilgan
Muxammad al-Xusayn al Viraminiyning «Axson al-kibar» kitobi qo’lyozmasiga
ishlangan 39 miniatyurani misol sifatida keltirish mumkin. (B.P.Denike, 
M.Dyakonov va boshqalar).Miniatyura san’atining Samarqand guruhi haqida so’z 
yuritganda, shuni aytish joizki, bu erda Movarounnaxr rangtasviridagi obrazlar va 
ideallar o’ziga xos uslubga ega. Buxoro miniatyura san’ati Samarqand rangtasvir
maktabidan bu davrda o’zining an’anaviyligi va klassik yo’nalishda bo’lganligi 
bilan farq qiladi. Ularga Abdulazizxon (1540-1549) va ularning vorislari 
Yormuxammad va Navro’z Axmad davrida poytaxt badiiy maktabining katta ta’siri 
ko’rinadi. Bunda adabiyotning yuksak namoyondalari Sa’diy, Jomiy,
Navoiylarga ixlos bilan qarash kuzatiladi. Shu bilan bir qatorda Buxoro maktabi 
o’ziga xos badiiy xususiyatlarga ega bo’lgan. Abdullaxon (1557-1598) hokimligi
davri o’zining bir qadar adabiyot va san’atning rivojlanganligi, ko’pgina
mamlakatlar Hindiston, Turkiya, Moskva davlatlari bilan madaniy 
aloqalaro’rnatilishi bilan xarakterlanadi. Bu O’rta Osiyoning bir qancha hududlari 
birlashgandan so’ng yuz berdi.Shayboniylarsulolasining vakili Abdullaxon portreti 
1572 yilda noma’lum musavvir tomondan bajarilgan. U o’z hukmronlik davrida 
Buxoroda savdo aloqalarini jonlantirgan. Abdullaxon bu davrda qator katta 
me’moriyishnoatlar bunyod ettirdi. Madrasa va xonaqoxlar, karvon saroy va 
sardobalar, ko’prik va savdo rastalari shular jumlasidandir. Portret eski uslubda 
bajarilgan. SHox uy sharoitida yerga o’tirgan holda tasvirlangan. Shox qo’lidagi
qovunni kesishga tayyorlanmoqda. Oldinda turgan borkashga qovun va non 
qo’yilgan. Miniatyurada xon nisbatan kattaroq tasvirlangan. Yuz ifodalari, milliy 
kiyim va o’tirish holatlari O’rta Osiyoliklarga xos. Asar mayda detallardan holi,
ortiqcha, bezaksiz. Portret bir qarashda bizga Bexzod ishlagan Shayboniyxon


13 
portretini eslatadi. Unda ham shox tasviri kata planda tasvirlangan, uy 
sharoitidagi xalatda o’tirishi va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Biz sharq miniatyurasining rivojlanishida, -deb yozadi u, ikkita yirik «Orta
Osiyo» va «Hirot» yo’nalishlari aniq ko’rinadi. Uzviy aloqada bo’lganbu ikki 
yo’nalishda O’rta Osiyo rangtasvirining umumiy uslubini shakllantirishga 
erishilgan. San’atshunoslikda O’rta Osiyo miniatyura maktabini ba’zida 
«Moravounnaxr maktabi» deb ham ataydilar. To’gri, lekin biz hisoblaymizki, «O’rta 
Osiyo maktabi» degan so’z jug’rofiy jihatdan va «Movarounnaxr» ga nisbatan
tarixiy davrni ko’proq kechirgani sababli to’g’riroq bo’lsa kerak.
«Movarounnaxr» so’zi ma’lum bir tarixiy davrnigina o’z ichiga oladi. Bu ilmiy 
aniqlik isboti, XV-XVIIasr xronologik diapozonida miniatyuraning yirik
markazlaridan Buxoro va Samarqanddan tashqari Toshkent (SHaxruxiya) ham 
bo’lgan. Bular «O’rta Osiyo» rangtasvir maktabi» degan tushunchani 
mustahkamlaydi.Samarqand miniatyura maktabiga mansub Go’zal ishlardan biri
«Sirdaryo qirg’og’ida o’z ‘g’illarini qabul qilayotgan Chingizxon» deb nomlanadi 
va u 1540 yillar atrofida bajarilgan. Miniatyura mavzusi Maxsud ibn Usman 
Kuxistoniyning «Tarixi Abduxayrxon»idan olingan. Chingizxon O’rta taxtda 
o’tirgan holda tasvirlangan. Oldida o’gillari. Yon tomonda Saroy ahli 
ko’rpachalarda o’tiribdilar. Shox oldida stolchalar mevalar solingan barkashlar,
sharobli idishlar...Birinchi planda tasvirlangan otlar chiroyli «kiyintirilgan». 
Movarounnaxr maktabiga xos tabiat manzarasi jigar oltin rangda. Gullar navbat 
bilan saralangan. Kiyimlar qizil, ko’k, yashil rangda, bosh kiyimlari mo’g’ullarga 
xos.Shoxruxiya (Toshkent)miniatyura maktabiga mansub ishlardan biri «Shox 
Baxrom g’orga o’zi chizgan rasmni taqdim etayotgan musavvir Moniy» Alisher 
Navoiy asarlari misolida ishlangan. Miniatyura 1521-1522 yillarga mansub.Baxrom 
g’or haqida ko’plab afsonalar mavjud. Bulardan birda musavvir moniy chizgan
Xitoy go’zaliga shoxning oshiq bo’lganligi hikoya qilinadi. Ish kompozitsiyasi 
oddiy Shayboniylar davri uslubiga xos. Erkin bo’lmagan koloritda ishlangan 
miniatyura sariq oltin rangda tovlanadi. Sharqqa xos bo’lgan holatni ya’ni shoxning
qabulga keluvchilarni markazda qabul qilishi, ikki tomondan mulozim va 


14 
ko’riqchilar qarab turishi va boshqalardan bilamiz. Bulutlar tasvirlanishi 
«epingalaksion». Sa’diyning «Bo’ston» iga ishlangan «O’zi o’tirgan shoxni 
kesayotgan kishi» miniatyurasi Buxoro miniatyura maktabiga mansub bo’lib, u 
1502-23 yillarda ishlangan.Miniatyurada o’zi o’tirgan daraxt shoxini arralayotgan 
kishi tasvirlangan. Atrofdagilar hayron bo’lib qarab turibdi. «Bo’ston» muallifi, 
Ushbu hikoyasida bu kishini aqlsiz shoxga qiyos qiladi va bu erda shox zulmi uning 
qudratini emirilishini nazarda tutgan.Miniatyura kompozitsiyasi haqida
gapiradigan bo’lsak, bunda bir qator aniq geometrik tuzilishlar, simmetriya va
aniqliklar Ushbu ish Movarounnaxr uslubiga xosligini ta’kidlaydi. Asar 
markazida katta daraxt, ustida esa arra ushlagan kishi. Pastda bog’bon hayrat 
barmog’ini tishlab turibdi. katta daraxt atrofida ikkita kichkina daraxt o’sgan.
Daraxt ostida darvesh va o’smirlar tasvirlangan. Miniatyura kompozitsiya asosini
uchburchak tashkil etadi. Tevarak atrofda gullar, orqa fonda baland qirliklar,
kiyimlar, yuz ifodalari Buxoro miniatyura musavvirlari uslubidan darak 
beradi.O’rta Osiyo markazlaridan biri Buxoro miniatyura maktabi ham shu davrda 
(XIV XVIIasr) tarkib topgan. XIV asroxiri XV asr boshlarida bitilgan ustaxonaning 
rangtasvir ishlari bo’yicha ustasi risolasida bu davrgacha ma’lum bo’lgan 190 
musavvir ichidan 12 ta mashhur usta nomlari keltirilgan. Bu erda Buxorolik usta
Ubayd nomi ham tilga olingan. (ad.Mastera iskusstva ob iskusstve t) Alisher
Navoiy xomiyligida yuksak mahorat cho’qqisini egallagan Kamoliddin
Bexzodning ustozi Pir Said Axmad Bog’ishamoliy bo’lgani, Said Axmadning ustozi 
esa Buxoro miniatyura maktabining yirik namoyondasi «Umdam ul musavvir»
Ustoz Jaxongir bo’lganligi Buxoro miniatyura maktabida yuqori malakali ustalar 
bo’lganligidan dalolat beradi. Bu Hirot mumtoz miniatyura san’ati tashkil topishi va 
rivojlanishiga ta’sir etganini ko’rsatadi. Hirot va Buxoro miniatyura maktabining
an’ana va ijodiy yutuqlarini mujassamlashtirgan. Bexzod Buxorodaligida 1515-
1520 yillarda ishlangan asarlaridan Shayboniyxon portreti, Sa’diyning 
«Bo’ston» iga ishlangan rasmlari bizgacha yetib kelgan.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish