O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/210
Sana23.12.2022
Hajmi2,76 Mb.
#895261
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   210
Bog'liq
Uzmu-15-2022(3-bolim)

O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2022 
- 245 - 
Turkiston) dan topilgan. Ularda Samarqandda yashagan ona 
va Dunxuanda turadigan qiz o‗rtasidagi yozishmalar 
ifodalangan. Yozishmalar oilaviy turmush, O‗rta Osiyo 
xalqlarining yuqori madaniy saviyasi haqida ma‘lumot beradi 
[5].
Mahmud Qoshg‗ariyning «Devonu lug‗otit turk» 
asarida har turli harakatlarda qo‗llanuvchi af‘al shaklidagi 
so‗zlar bo‗limida xabar etkazuvchi (arqish) so‗zini 
izohlaganda « bu so‗z maktub, noma ma‘nosida qo‗llanadi 
deyilgan.
Xat sharqda siyosiy publitsistikaning eng qadimgi 
janrlaridan sanaladi. Maktub (noma) ning rivojlanishi jarayoni 
Oromiy (yaramey), Avesto, Uyg‗ur, O‗rxun-Enisey kabi 
qadimiy yozuv yodgorliklari namunalarining taraqqiyot tarixi 
bilan chambarchas bog‗liq. Qadimgi Chin manbalarida Davan‘ 
(Farg‗ona) davlatining xoni tomonidan eramizdan avvalgi 192 
yilda Chin malikasi Gao-Xouga «noma» yozilgani tilga 
olinadi. Mazkur fikr o‗zbek xalqining yozma adabiyoti 
durdonalaridan biri hisoblangan A.Yugnakiyning «Hibbatul-
haqoyiq» asarining so‗zboshisida ham tasdiqlanadi. Bu 
kitobda: «Chin muarrixlari turklarning milod Isodan cho‗q 
avval yozilari o‗ldig‗ini xabar verarlar. Az jumla milloddan 
taqriban 192 yil avval Chin muarrixlari Teng li-Ko-to-tan-jou 
unvonni hoiz o‗lan (me-the)odli turk hukmdorining Chin 
imperatorichasi Tajheoup noma go‗ndirdigini yozarlar» 
deyiladi.
Sharqda «noma» janrining qadimdan mavjudligini 
isbotlash uchun Beruniy zamondoshi, xon, inshonavis 
«Qobusnoma»ning muallifi Qobus ibn Vashimgirni tilga olish 
mumkin. U katta martabali kishilarga yuboradigan siyosiy-
ijtimoiy mazmundagi xatlarni o‗zi yozgan. U davrlarda davlat 
arboblariga yoki biror munosabat bilan yoziladigan xat uchun 
maxsus lavozim bo‗lgan. Bu lavozimda har tomonlama 
ma‘lumotli kishi tanlangan. Qobus ibn Vashimgir ana shunday 
shaxslardan edi[6]. 
Adabiyotimiz tarixida esa badiiy-adabiy janr sifatida 
«noma» qadimdan bor. M. Qoshg‗ariyning yuqorida 
keltirganimiz asarida berilgan bir she‘riy to‗rtlikda esa lirik 
qahramon Turkan xotun degan ayolga she‘riy noma yo‗llab, 
uning har bir xizmatiga tayyor ekanligi xabarini yuboradi. 
«Noma qadimiy fors-tojik bo‗lib, u avvaldan namak, 
nomak shakllarida, keyinchalik esa hozir qo‗llaniladigan 
formada (noma) ishlatilgan. Noma so‗zining lug‗aviy ma‘nosi 
keng bo‗lib, u xat, yorliq, kitob va asar ma‘nolarini anglatadi». 
Yuqoridagilardan ko‗rinadiki, noma keng ma‘nodagi 
adabiy atama bo‗lib, uning to‗g‗risida umumiy fikr yuritish 
mumkin emas. Shuning uchun ham «noma so‗zi bilan kelgan 
har bir asarni chuqur tekshirgandan, uning xususiyatlarini 
o‗rgangandan so‗nggina uni ma‘lum nomalar guruhidan biriga 
mansubligini aniqlash mumkin» (B. Valixo‗jaev). Bu esa 
badiiy, ilmiy, adabiy qimmatga ega nomalar, xatlarning janriy 
ildizi juda qadimiy ekanligini ko‗rsatadi. [7]
Xulosa.
Demak, o‗zbek adabiyotida, yuqorida qayd 
etganimizdek, xat, noma shaklidagi asarlar, shuningdek, 
publitsistik xatlarning paydo bo‗lishi, shakllanishi va 
rivojlanishi uzoq tarixga ega. Uning tarixiy ildizi «Avesto» va 
«O‗rxun-Enasoy» obidalariga borib taqalishini kuzatish 
mumkin. Sharq allomalari maktubot janriga e‘tibor berganlar. 
Abdurahmon 
Jomiyning 
maktublarini 
o‗rgangan olim 
A.O‗rinboev XIV-XVI asrlarda bu janrning taraqqiy 
etganligini to‗g‗ri ta‘kidlab o‗tadi.
Yozuvchi yoki shoirning xati hikoya, qissa, roman 
shaklida bo‗lsa, u badiiy ijod hosilasi hisoblanadi. Yozuvchi 
biror munosabat bilan hamkasbiga, tanqidchiga, kitobxonga 
qarata yozilgan bo‗lsa, u holda ular adabiy-tanqidiy maktublar 
hisoblanadi. Shuning uchun yozuvchi xatini Sh.Axmedova 
mavzusi, yo‗nalishi va shakl xususiyatiga ko‗ra ikki xil deb 
ko‗rsatadi. 
1. Ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, adabiy mavzularda 
yozilgan maktublar. L. Tolstoy, V.G. Korolenko, M. 
Gorkiyning («Serafimovichga xat») yuqorida tilga olingan 
maktublari, shuningdek, Alisher Navoiy, Oybek, Fitrat, 
Cho‗lpon, Sadriddin Ayniy, G‗afur G‗ulom va boshqalarning 
yozuvchilarga, munaqqidlarga yozgan xatlarini shu guruhga 
kiritish mumkin. 
2. Yozuvchining muayyan shaxslarga qarata yozgan 
shaxsiy xatlari. (Shaxsiy xatlarning o‗zini ham mavzusiga, 
mazmuniga, kimga yo‗llanganiga qarab guruhlarga ajratish 
mumkin)[8.] 
Bu 
janr, 
ayniqsa, 
Alisher 
Navoiy 
ijodida 
rivojlanishning yangi bosqichiga ko‗tarildi. Buyuk Navoiy 
xatdan shakl sifatida ham foydalangan. Uning Sayid Hasan 
Ardasherga yo‗llangan she‘riy maktubi masnaviyda bitilgan. 
«Farhod va Shirin» dagi Farhodning Shiringa, Shirinning 
Farhodga yo‗llagan ishqiy maktublari bu janrning go‗zal 
namunalari hisoblanadi. 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish